O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti



Yüklə 94,83 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü94,83 Kb.
#182353
  1   2
Ro\'za (1) (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
О‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

Sirtqi bo‘lim “O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim” yo‘nalishi


13 - D - guruh talabasi To’liyeva Ro’zajonning
O'zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi


K U R S I SH I

Ilmiy rahbar:Ziyotova S


TOSHKENT – 2023

Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan.

Ilmiy rahbar: Ziyotova S


Himoya 2023-yil _______ oyining ____ kuni soat_____ da
Toshkent amaliy fanlar universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasida kurs
ishlari himoyasi yig‘ilishida o‘tkaziladi.
Manzil: ______________________________

Kurs ishi 2023-yil ___ oyining ___ kunida kafedraga topshirildi.


Kurs ishi bilan Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida tanishish mumkin.
Manzil: ______________________________

Yig‘ilish kotibi: ______________


KURS ISHIGA XULOSA

Toshkent amaliy fanlar universiteti 2-kurs 13-D-guruh To’liyva Ro’zajonning “O'zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi’’


mavzusida yozilgan kurs ishiga
X U L O S A
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasining aniqlanganligi_
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Kurs ishining maqsad va vazifalari, tadqiq usullarining to‘g‘ri belgilanganligi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________

Kurs ishi mavzusiga oid daliliy materiallarning to‘planganligi, mavjud


ilmiy manbalarning qay darajada tahlil qilinganligi____________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________

Kurs ishi mavzusi yuzasidan talabaning o‘z nuqtayi nazarini haqqoniy


aks ettira olganligi, ko‘tarilgan muammoni hal etishga ijodiy yondashuvi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Talabaning kurs ishi mavzusini yozma madaniy nutq talablari asosida
chuqur ilmiy mushohada bilan izchillikida yoritib berganligi darajasi_____________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________

Talabaning kurs ishida ko‘rarilgan muammo yuzasidan umumlashma


ilmiy-nazariy xulosalar chiqara olganligi _________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Talabaning kurs ishini rasmiylashtirishi va ochiq himoya qilshi. Himoya vaqtida talabaning mavzuni ilmiy nutq malakasi asosida izchil yorita berish mahorati, uning axborot texnologiyalaridan to‘giri va samarali foydalanganlik darajasi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________

Ilmiy rahbar


_____________________________________________________________
Kafеdra mudiri
_____________________________________________________________

REJA:


  1. KIRISH.

  2. FONEMA .

  3. TOVUSH (TILSHUNOSLIK).

  4. FONETIK O‘ZGARISHLAR.

  5. O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FONEMA VA TOVUSH MUNOSABATI TASNIFI.

  6. XULOSA.


Kirish
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg‘or mezonlar bilan o‘lchanishi lozim”1 , - degan edilar. Bu fikr o‘zbek tilshunosligi uchun ham bevosita dahldordir. Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar yosh avlodning har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishini talab etadi. Shu maqsadda darslik va qo‘llanmalar yangidan yaratilmoqda, zamon talablariga hamda o‘quvchilarning bilim darajasiga muvofiqlashtirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning o‘zbek tili hamda xorijiy tillar yuzasidan egallagan bilim ko‘nikmalarini mukammallashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, har qanday chet tilini o‘rganish ona tilining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. Hozirgi o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo‘lga kiritgan eng yangi yutuqlarni e’tiborga olmog‘i lozim. Shu sababli qo‘llanmada hozirgi o‘zbek tili fonetikasining nazariy masalalari, jumladan, fonologik sath birliklarida umumiylik va xususiylik dialektikasining aks etishi, jahon tilshunosligi maktablarida fonema nazariyasi, o‘zbek tilshunosligida fonologik qarashlar, o‘zbek tilining unlilar va undoshlar sistemasi, ularning farqlovchi va qo‘shimcha belgilari, paradigmatik tavsifi hamda sintagmatik munosabatlari kabi masalalar haqida fikr yuritilgan. Qo‘llanma amaldagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari talablariga mos tarzda tuzilgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasining nazariy masalalariga bag‘ishlangan. Har bir mavzu chuqur yoritilgan bo‘lib, bu mavzular yuzasidan tayanch so‘z va iboralar, topshiriq va savollar berilgan. Nazariy fonetikaning tayanch terminlari lug‘ati (glossariy) tuzilgan. Bu esa talabalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanma bilan ishlashini osonlashtiradi. Albatta, ushbu qo‘llanmada ayrim munozarali o‘rinlar ham bo‘lishi mumkin. Mualliflar fikr va mulohazalaringizni ushbu manzilda kutib qoladilar:
Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik bo‘linishi, tovushlarining kommunikativ roli hamda prosodika kabi hodisalar o‘rganiladi. Demak, fonetika – (gr. Phone - tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi. U tovushlar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisalarni tekshiradi. Shu sababli unga tilning faqat tovush tizimini tekshiruvchi bo’lim sifatida qarash noto’g’ri. Har bir til o’z fonetikasiga ega. U shu tildagi tovushlarning hosil bo’lishi va talaffuzining o’ziga xos xususiyatlarini, uning tasnifi bilan bog’liq masalalarni o’rganadi, talaffuz va yozuv munosabatlarini hamda urg’u va bo’g’in xususiyatlarini tekshiradi. Fonetika tilning tovushlar sistemasi va shu tovushlar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday hodisalarni o‘rganar ekan, u tilning barcha sathlari bilan, ayniqsa, leksika va grammatika bilan bog‘lanadi. Fonetika tovushlarning almashinishi va o‘zgarishi, adabiy talaffuz me’yorlari, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, bo’g’in va urg‘u, uning turlari kabi muammolarni ham o‘rganadi. Demak, fonetika haqida zaruriy ma’lumotga ega bo‘lmay turib, to‘g‘ri talaffuz qilish bilan aloqador bo‘lgan orfografiya va grammatika (morfologiya va sintaksis) qoidalari ustida ham muvaffaqiyatli ish olib borish mumkin emas. Shu bilan birga, fonetikani o‘rganish orfografiya (to‘g‘ri yozish), orfoepiya (to‘g‘ri talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar talaffuzi o‘rtasidagi farqni aniqlashga katta yordam beradi. Demak, fonetika tilshunoslikning orfografiya, orfoepiya, leksikologiya, grammatika, dialektologiya kabi bo‘limlari bilan bevosita aloqadordir. Fonetika fizika (akustika qismi) va fiziologiya fanlari bilan ham yaqin munosabatdadir. Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o‘rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil qilinish tomonlarini o‘rganishda fiziologiyaga tayanib ish ko‘radi. Bundan tashqari, u adabiyotshunoslik (hijolar, o‘lchov metrika va ta’sirli o‘qish kabi) va ijtimoiy fanlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Nutq tovushlarini turli tomondan o‘rganish mumkin: tarixiy nuqtai nazardan, qiyosiy tomondan, hozirgi o‘zbek tili va mahalliy dialektlarning nutq tovushlarini taqqoslash jihatidan, nutq tovushlarini turli asboblar yordamida eksperiment qilish yo‘li bilan va boshqalar.
Hozirgi kunda fonema tushunchasi barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsada, lekin uning maqomi masalasida bir xillik yo‘q. Tilshunoslikda fonema haqidagi ta’limotning asoschisi sanalgan Boduen de Kurtenening o‘zi ham fonema maqomi masalasida turli xil yo‘nalishlarning kelib chiqishiga zamin yaratib qo‘ygan. U fonemaning quyidagi ikki farqli tomoni borligini ko‘rsatadi: 1) antropofonik (ya’ni akustik-artikulyatsion) xususiyatlarining oddiy umumlashmasi; 2) morfemaning harakatlantiruvchi komponenti va ma’lum morfologik kategoriya belgisi. Boduen de Kurtenening fonemaning bu ikki xil tomoni haqidagi fikri keyinchalik fonema maqomini belgilashda ikki xil yo‘nalishning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. N.S.Trubetskoy asos solgan fonologik yo‘nalish, L.V.Shcherba asos solgan Leningrad fonologik maktabi, A.A.Reformatskiy, Avanesov, Sidorov, Dmitrievlar tomonidan asos solingan Moskva fonologik maktablari ko‘pchilik tomonidan e’tirof etiladi. Fonologiya sohasida yaratilgan keyingi barcha asarlar yuqorida sanab ko‘rsatilgan u yoki bu fonologik maktabning g‘oyalari bilan bog‘lanadi. 12 Har uch maktab kelib chiqish ildiziga ko‘ra bir manbaga - Boduen de Kurtenega borib taqaladi. Lekin Boduenning fonema haqidagi ikki xil qarashidan qaysi biriga asoslanishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bu nuqtai nazardan N.S.Trubetskoyning fonologik konsepsiyasi bilan Leningrad fonologik maktabining qarashlari bir-biriga ancha yaqin keladi. Har ikkisi fonemani qurshovdan ajralgan va unga bog‘liq bo‘lmagan potensial umumiy birlik, farqlovchi belgilar umumlashmasi sifatida talqin qiladi. Shuning uchun ham har ikki yo‘nalish ijtimoiy-ruhiy, imkoniyat tarzidagi fonemani nutq zanjirida sezgi a’zolarimizga ta’sir etadigan real akustik elementlarga, boshqacha aytganda, umumiyliklarni xususiyliklarga qarama-qarshi qo‘yadi. Garchi xususiyliklar bu ikki yo‘nalishda ikki xil atamalari bilan – Praga lingvistik maktabida variant, Leningrad fonologik maktabida ottenka atamalari bilan nomlansa ham, lekin ular aslida bir narsa haqida fikr yuritadilar. Shuning uchun Praga lingvistik maktabi qarashlarini hamda Leningrad fonologik maktabi qarashlarini bir guruhga birlashtirgan holda, ularni Moskva fonologik maktabiga qiyoslagan holda fonema maqomini belgilash mezonlari haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. L.V.Shcherba fonemani ajratish uchun tovushning artikulyatsion-akustik xususiyati emas, balki ma’no farqlash xususiyati muhim ekanligini ta’kidlaydi. Akustik-artikulyatsion jihatdan turlicha tovushlar bir umumiy belgisi bilan boshqa shunday tovush tiplaridan ajralib turadi. Ana shunday umumiy belgi ma’no farqlash xususiyati sanaladi.1 L.V.Shcherba fonologik sathda umumiylik va xususiylik dialektikasining fonema va uning ottenkalarida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, umumiyning (fonemaning) talaffuz qilingan real ko‘rinishlari ottenkalardir. Bevosita kuzatishda berilgan, muayyan makon va zamonga bog‘liq real talaffuz qilinuvchi barcha akustik - artikulyatsion birliklar ottenkalar sanaladi. Anglashiladiki, fonema va uning ottenkalari o‘rtasidagi munosabat ikki bosqich munosabatidir: abstrakt bosqich (fonema), konkret bosqich (ottenka). L.V.Shcherbaning fikricha, fonemaning ottenkalari ichida bittasi turli sabablarga ko‘ra tipik bo‘ladi. Alohida talaffuz qilingan ottenka ana shunday tipik ottenka hisoblanadi, faqat shu ottenka real nutqiy element sifatida tilga olinadi. Boshqa ottenkalar esa tipik ottenkalarga nisbatan turli o‘zgarishlar bilan talaffuz qilinadi. Bu vaqtda ularni birlashtirib turuvchi belgi nima? Bu belgini L.V.Shcherba bir fonetik sharoitda biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaslik belgisi sanaydi. Ma’lum bir sharoitda biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘lgan ottenkalar bir fonemaning emas, turli fonemaning ottenkalari sanaladi. Bir fonemaning ottenkalari esa hech qachon bir sharoitda biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaydi. Shunday qilib, fonema - bu, bir tomondan, barcha ottenkalarning umumlashmasi, ikkinchi tomondan, har qaysi ottenka konkret hollarda shu fonemaning vakili hisoblanadi. Fonema ottenkalari bir fonema doirasida bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ottenkalar umumlashmasi (fonema) boshqa ottenkalar umum-lashmasiga (fonemaga) qarama-qarshi qo‘yiladi. Shuning uchun ham L.V.Shcherba fonemani qisqa qilib “konkret vaziyatda ottenkalar sifatida namoyon bo‘ladigan umumlashmadir” deb izohlaydi.1 Anglashiladiki, Leningrad fonologik maktabida fonemalar bir-biriga qaramaqarshi qo‘yish asosida belgilanadi. O‘zaro qarama-qarshi munosabatda bo‘luvchi ikki minimal birlik qarama-qarshi a’zolar sanaladi. qarama-qarshi munosabatdagi a’zolar bir qator belgilarga ega bo‘lib, shulardan bittasi farqlovchi, qolganlari farqlanmaydigan (nodifferensial, irrelevant) belgilar hisoblanadi. Shuning uchun ham fonema farqlovchi belgilar umumlashmasi sifatida tavsiflanadi.2 Praga lingvistik maktabida ham zidlanishlar asosiy mezon sanaladi. Zidlanishlar oppozitsiyalar atamasi bilan nomlanadi. Xususan, N.S.Trubetskoy fonologik sistemani leksik va grammatik ma’nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar majmuasi sifatida talqin qiladi. U fonologiyada asosiy rolni farqlovchi belgilar o‘ynashini ta’kidlaydi.3 Fonema xuddi Leningrad fonologik maktabidagi kabi abstrakt birlik sanaladi. Fonema nutq jarayonida turlicha o‘zgarishlar bilan moddiylashishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Nutq jarayonida turlicha akustik-artikulyatsion xususiyatga ega bo‘lgan real tovushlar muayyan fonemaning variantlari hisoblanadi. Ko‘rinadiki, Leningrad fonologik maktabidagi ottenka Praga fonologik maktabidagi variant atamasi bilan nomlanadi. L.V.Shcherba ottenkalarni turli belgilariga ko‘ra tasnif etgani kabi, N.S.Trubetskoy ham variantlarni guruhlab, uch sinfga ajratadi: 1) majburiy variantlar; 2) fakultativ variantlar (dialektal variantlar); 3) individual variantlar. Majburiy variantlarning o‘zi yana uch guruhga bo‘linadi: a) pozitsion variantlar; b) kombinator variantlar; v) uslubiy variantlar. Ko‘rinib turibdiki, Leningrad fonologik maktabi bilan Praga lingvistik to‘garagining fonologik konsepsiyasi bir-biriga juda yaqin. Har ikkalasi ham fonemani abstrakt birlik sifatida, farqlovchi belgilar umumlashmasi sifatida talqin etadi. Har ikkalasi ham abstrakt xususiyatga ega bo‘lgan fonemani nutq jarayonida real qo‘llanuvchi variantlar yoki ottenkalarga qarama-qarshi qo‘yadi. Fonemaning bunday talqini umumiylik-xususiylik, imkoniyat-voqelik, mohiyat-hodisa dialektikasini fonologik sathda namoyon qiladi. Moskva fonologik maktabida esa fonemaga boshqacharoq yondashiladi. Ularning fikricha, fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va morfemalarning tarkibiy elementi hisoblanadi. Moskva fonologik maktabi vakillari ham, Leningrad fonologik maktabi vakillari ham fonema haqidagi asosiy tayanch bazani Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlariga tayanadi.Ma’lumki, Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlari vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgarib borgan. Ilmiy faoliyatining birinchi davrida fonemani inson ongidagi psixik iz, (PUChOK),majmua,psixologik hodisa, deb atasa, ilmiy faoliyatining ikkinchi davrida fonemaning yashash tarzi morfemaning tarkibida bo‘lar ekan, morfemasiz fonemaning bo‘lishi mumkin emas, fonema morfologik hodisa deb ataydi. Keyinchalik tilshunoslar Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlarini ikkiga B.Kurtenening fonema haqidagi psixologik nazariyasi, B.Kurtenening fonema haqidagi morfologik nazariyasi deb atay boshladilar. Leningrad fonologik maktabi vakillari Boduen de Kurtenening birinchi davriga, ya’ni psixologik nazariyasini asos deb biladilar. Masalan, i fonemasi majmua, invariant, uning bir nechta variant ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Iroda so‘zida o‘rta I, musi:qa so‘zida cho‘ziq I, b’r so‘zida qisqa I, lekin yozuvda bir yoziladi, qыshloq, ыqbol so‘zlarida chuqur til orqa va hakozo, lekin bir I fonemasining variantlari hisoblanadi. Moskva fonologik maktabi vakilari esa fonema haqidagi asosiy tayanch bazani Boduenning ilmiy faoliyatining fonema haqidagi ikkinchi davriga asoslanadilar, ya’ni morfologik nazariyaga tayanadilar. Bir fonema turli so‘zlarning tarkibida turli pozitsiyada va turli variantda kelsa, mustaqil fonema bo‘la oladi. Masalan, opera so‘zidagi O bilan orfografiya so‘zidagi O ning farqi bor, opera so‘zida O, urg‘u osti bo‘g‘in, orfografiya so‘zida O, urg‘u osti bo‘g‘in emas. Fonemaga bunday ikki xil qarash bir fonetik qurshovdagi ayrim tovush birliklarini ikki xil talqin qilishga olib keldi. Masalan, o‘zbek tilidagi arra so‘zining birinchi tovushi yuqoridagi ikki fonologik yo‘nalish bo‘yicha ikki xil fonemaning vakili sanaladi. Praga va Leningrad fonologik konsepsiyasiga ko‘ra bu tovush – keng, lablanmagan unli fonemaning varianti. Chunki o‘zak tarkibidagi bu fonetik birlik kuchli pozitsiyada keng, lablanmagan unli fonemaning vakili ekanligini bildirib turibdi. Moskva fonologik maktabida fonemalarni ajratishda fonetik birlikning morfema va so‘z tarkibida qanday fonetik qurshovda va qanday vaziyatda kelishi belgisi tayanch nuqta bo‘lganligidan, fonemalar pozitsiyasiga kuchli e’tibor beriladi. Shuning uchun pozitsiyalar muayyan guruhlarga bo‘linadi. So‘z shaklining tovush tomonini farqlash pozitsiyasi – kuchli pozitsiya va minimal farqlash pozitsiyasi – kuchsiz pozitsiya sifatida ikki pozitsiya darajasiga ko‘ra ajratiladi. Shunday qilib, Moskva fonologik maktabida fonemalar so‘z va morfemalardan ajratilmagan holda, ularning tarkibiy qismi sifatida qaraladi va ularni ajratishda pozitsiya tushunchasi eng muhim belgi sanaladi. Anglashiladiki, umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasi Praga lingvistik to‘garagi bilan Leningrad fonologik maktabida fonema va uning variantlari (ottenkalari) zidlanishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham biz fonologik sathda invariant va variantlarni belgilashda ko‘proq Praga va Leningrad fonologik maktabi mezonlariga asoslanamiz. Fonologik sathda umumiylik-xususiylik dialektikasi fonologik birliklarning tasnif va tahlilida ham aks etadi. Fonologik tasnif va tahlilda fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi. Fonemalar paradigmatik jihatdan o‘rganilganda, har bir fonemaning muayyan tilning fonologik sistemasidagi boshqa fonema bilan assotsiativ munosabati, ularning bir-biri bilan ongdagi qiyosi tushuniladi. Fonemalarni paradigmatik planda o‘rganish orqali qiyoslanayotgan fonemalarning 15 farqlovchi (differensial) va farqlanmaydigan (nodifferensial) belgilari aniqlanadi.1 Shunday qilib, paradigmatik munosabat orqali fonemalarning qanday belgilardan tashkil topgan umumlashma ekanligi belgilanadi. Sintagmatik jihatdan esa ularning nutq jarayonidagi turli xil artikulyatsion-akustik o‘zgarishlari o‘rganiladi

Fonema
Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farqlash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy qismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mas, oʻzbek tilida k Fonemasi yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b Fonemalaridan farqlanadi. Fonema qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.
Fonemaning belgilari farqlovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farqlovchi belgilariga koʻra, fonemalar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. Fonemalar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, fonema farqlanmaydigan, boshqa bir fonema bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada fonema morfema va soʻzlarni farqlash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kuchsiz pozitsiyada esa fonema bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz fonemalar kuchsiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kuchsiz pozitsiyada fonemaning variantlari yuzaga chiqadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farqlovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina fonemaga tayangan morfema va soʻzlar juftida fonema ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl).Fonemaning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon—armon, uni—unni).
Fonemaning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Masalan, rus tilida undoshlarning qattiqlik— yumshoqlik belgisi farqlovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farqlovchi belgi emas. Muayyan bir fonemani roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va ...fon) deyiladi. Ular fonemaning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.
Hozirgi termin maʼnosidagi "Fonema" tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-asrning 70—80 yillarida ruspolyak til shunosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. Fonemafonologiya va morfonologiyaning oʻrganish obʼyektidir. Fonema tovushlarni farqlashga xizmat qiladigan jihatlar
tililshumoslik haqidagi mustaqil va aniq fan bo'lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy laraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o'rganadi. Mikrolingvistika tilning faqat ichki, ya’nifonetik, leksik va grammatik tuzilishini, makrolingvislika csa lilni boshqa fanlar bilan qo‘shib o‘rganadi. « Tilshunoslik asoslari» kursi til haqidagi fanlarining asosiy masalalarini o'rganadi, shu bois, bunday bilimlarga ega bo‘lmasdan uning ayrim bo‘limlarini aniq tasawur qilish mumkin emas. Tilshunoslik fani tekshiradigan muammolardan eng asosiylari «Tilshunoslik asoslari» fanida o‘rganiladi. Til va jamiyat taraqqiyoti bog‘liqligi tufayli tilni sotsiologlar ham o'rganadilar. Tilshunoslar ham tarix, etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika kabi fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar. Tilshunoslik fani eng uzoq tarixga ega bo‘lgan fanlar sirasiga kiradi. U cramizdan bir necha yuz yillar awal Qadimgi Hindiston va Qadimgi Yunonislon (Gretsiya)da taraqqiy eta boshlagan. Qadimgi Yunoniston olim va faylasuflari o‘rtasida so‘z va uning tushuncha mohiyati o‘rtasidagi bog'lanishning mavjudligi masalasi ancha munozaralarga sabab bo’ldi. XIX asrrfing birinchi yarmida tilshunoslik sohasida juda katta marralarga chiqarildi. Xususan, bu davrda tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod shakllandi va unga hamohang tarzda til haqidagi fan ham qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fani deb yurit ila boshlandi. Bu davrda Yevropa tillarining sanskrit (qadimgi hind) tili bilan uzviy bog‘lanishi borligini sezgan holda bu tillarning o‘zaro aloqadorlik, bog'liqlik taraflari jiddiy o‘rganila boshlandi. Ayniqsa, tillami qiyosiy-tarixiy o‘rganish borasida nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867), 4 Y;ikob Grimm (1785-1863), daniyalik olim Rasmus Rask (1787-1832), ms olimi Aleksandr Vostokov (1781-1864), chex olimi Dobrovskiy (1753- 1829) kabilarning xizmatlari katta bo‘ldi. Qiziqarli tarafi shuki, mazkur olimlar bir-birlariga bog‘liq bo‘lmagan holatda va bir davming o‘zida tillami qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish metodi, g‘oyasi va tamoyillarini ishlab chiqish borasida bir nuqtada uchrashdilar. 1818-yilda F.Boppning «Sanskrit tilining yunon, lotin, fors va nemis I illariga qiyosan tuslanish sistemasi haqida» nomli asari chop etildi. Unda Ilio p p mazkur tillarning morfologik tuzilishini ko‘rsatib bergan. Qolaversa, и hind-yevropa tillarining ko‘p jihatdan mushtaraklikka ega bo‘lganligini, \tisusan, grammatik qurilishini bir xilda ckanligini, bu tillarning bir o‘zak I ildan kelib chiqqanligini asoslab bergan. Xuddi shu yili R.Raskning «Qadimgi shimoliy til yoki island tilining kelib chiqishiga oid tadqiqotlar» nomli ilmiy ishi e ’lon qilindi. R.Rask ham o‘z. asarida tillarning yaqinligini va o‘xshashligini aniqlashda ularning grammat ik qurilishi, tovushlarning hir-birigamoskelishi kabi holatlar asos bo'lishini ta ’kidlaydi. 1819-yilda Y.Grimmning «Nemis granimatikasi» nomli asa lining birinchi jildi dunyo ynzini ko‘rdi. 1920-yilda A.Vostokov qalamiga mansub «Slavyan tili haqida mulohazalar» nomli ilmiy asar chop etildi. E’lon qilingan bu ishlarda insoniyat tillarini yangi usul — tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganish metodi boshlab berildi. Umuman, tilshunoslik fanining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgari olimlar — bu Ferdinand de Sossyur, Grosse, Boduen de Kurtene, N.V.Krashevskiy, eramizdan oldingi IV asrda yashagan hind olimi Panini, grek lilshunoslari Demokrit, Epikur, Geraklit, o ‘zbek tilshunoslari Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabilardir. Ular til haqidagi fanning yaratilishida o'zlarining salmoqli ilmiy g‘oyalari, izlanishlari bilan ishtirok etganlar. Tilshunoslik umumiy tilshunoslikning muammolarini tushunishga tayyorlaydi va, shu bilan birga, til haqidagi dastlabki ma’lumotlarni beradi.


Yüklə 94,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə