O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi guruh talabasi Shavkatova Sarvinozning


Ertak o‘qish texnologik ishlanmasi



Yüklə 246,95 Kb.
səhifə4/7
tarix10.06.2023
ölçüsü246,95 Kb.
#116573
1   2   3   4   5   6   7
Shavkatova Sarvinoz

1.2 Ertak o‘qish texnologik ishlanmasi.

Mavzu. Kumush qish.


O‘quv materiali. Rangin qorlar
Darsning maqsadi:



1. O‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish.


2. Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o‘rgatish.
3. O‘quvchilarning mustaqil frkrlash qobiliyatlarini o‘stirish, xotirasini mustahkamlash.
4. O‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘quvchilar lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, ertak o‘qish darsi.
Dars metodi: izohli o‘qish, mustaqil ish metodi, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: qog‘oz, flomaster, yelim, qisqich, qaychi, mikrotestlar, akvarium, baliqlar, rag‘batlantirish uchun jetonlar.
Sinf sharoiti. O‘qituvchi turli usullar bilan o‘quvchilarni guruhlarga ajratadi. Sinfdagi partalar doira shaklida qo‘yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linib o‘tiradilar. O‘qituvchi guruhlar bilimi teng bo‘lishi uchun qizil, ko‘k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o‘ziga nom tanlaydi. Buning uchun o‘quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim.
— Topishmoqning javobini toping: Elakdan un elandi
Supra unga belandi. (qor)
— Qor qaysi faslda yog‘adi?
— O‘ylang, bugun o‘rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo‘lim nomi — „Kumush qish" yoziladi. So‘ng guruhga qish fasli bilan bog‘liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-guruh „Qorparcha", 2-guruh „Ayozbobo", 3-guruh „Qorbobo", 4-guruh „Sumalak", 5-guruh „Qish" deb nomlanishi mumkin. Har bir guruh a'zolari o‘zlariga sardor saylaydi.
Darsning borishi
I. Chaqiruv bosqichi. Guruhlar taqdimoti.
Bunda har bir guruh o‘z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib ko‘rsatishi ham mumkin.
1-guruh - „Qorparcha": Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog‘u tosh, dala-dashtda uchib, o‘ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan o‘rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo‘ron o‘ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.
2-guruh — „Ayozbobo": Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo‘ladi. Bo­lalar yaxmalakda chang‘ida, chanada va konki uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo‘ladi.
3-guruh -,, Qorbobo ": Men qish faslida bolalarning eng sevimli bo-bosiman. Uzoq-uzoq o‘lkalardgan ularga yangi yil bayrami sovg‘alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning kuy-qo‘shiqlari, o‘yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg‘irin, sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag‘ishlayman. Hammangizni yangi qutlug‘ yilingiz bilan tabriklayman.
4-guruh - „Sumalak": Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. Tomlarning bo‘g‘otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan bolalarning o‘yin-kulgilarini tomosha qilaman. Borib bolalarga qo‘shilib o‘ynay olmaganimdan ko‘zlarimdan chak-chak yoshim oqadi. Shu ko‘z yoshlarim bilan yerning dardlariga malham bo‘laman.
5-guruh - „Qish": Yuqoridagi so‘zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari mening qo‘ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab berganman.
8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-dekabrda Yangi yil bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kuni bayram qilinadi.
9-fevralda ulug‘ bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning tavallud kuni nishonlanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni rag‘batlantiradi. Shu tarzda asarni o‘qishga tayyorgarlik yakunlanadi.
II. Anglash bosqichi. Bu bosqichda „Rangin qorlar" (Olloyor) ertagi (o‘qituvchi qismlarga bo‘lib kelgan bo‘ladi)ning har bir qismi guruhdagi yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilarga o‘qitiladi. „Ifodali o‘qish" musobaqasi uyushtiriladi. Eng yaxshi o‘qigan o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
Shundan so‘ng guruhlarga asar matni ichda o‘qishga topshiriladi. Guruh o‘quvchilariga quyidagi topshiriq beriladi:
- Har bir guruh o‘z qismini ichida o‘qiydi. Uning mazmuniga va qahramonlariga doir savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan savollar izohlanib, rag‘batlantirilib boriladi.
III. Fikrlash bosqichi. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. O‘quvchilar o‘zlari tuzgan savollarga javob beradilar:
— Qadimda qorbo‘ron qanday qorlar bilan o‘ynalgan? Nima uchun?
— Bo‘yoq bozori qancha yilda bir bo 'lar ekan ?
— Nega qorlar oq rangda yog‘ar ekan?
— Bahoroy qaysi bo‘yoqni xarid qilibdi?
— Kuz kelganda qozonlarda qaysi boyoqlar bor edi?
— Qish kelganda qozonda qaysi bo‘yoq qolgan edi?
— Yoz uyqudan uyg‘onib nimani o‘ylab ketibdi?
— Yoz qaysi bo 'yoqlarni olganini o 'ylab toping.
— Kuz qaysi bo yoqlarni o‘chirib, uning o‘rniga qaysi bo‘yoqlarni surtib chiqdi?
— Qish o‘z zahrini nimalarga sochadigan bo‘lib qolibdi?
2.Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlanadi. Bularni barcha guruh bajaradi. Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo‘yiladi.
3.O‘qituvchi „Kumush qish" va o‘qilgan asar yuzasidan tuzgan test topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi.
4.Qish fasli bilan bog‘liq maqol va topishmoqlar aytiladi:
Bahor, yoz, kuz qishlaydi, Qish paytida ishlaydi. (Pechka) Qishda yoping‘ichingni qo‘yma, Yoz o‘zing bilasan. (Maqol)
5.O‘qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan savol-topshi­riqlar tuzib keladi. Bu savol-topshiriqlar konvertlarga solinib, guruh­larga beriladi.
1-guruh uchun.
— Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi?
—„Qiyomiga kelib" birikmasining ma'nosini izohlab bering (ayni me'yoriga, maromiga yetgan holga kelgan).
2-gurufa uchun.
— Falak, libos so‘zini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin? (falak - osmon gumbazi, osmon, ko‘k; libos - kiyim, ust-bosh)
— Bahoroyning gullari nomini sanab bering.
3-guruh uchun.
—„Shitob" so‘zining ma'nosini izohlang (harakatning bajarilishidagi tezlik)
— Saraton qaysi payt ekanini ayting.

4-guruh uchun.


— Bahor tabiatida yuz beradigan hodisalarni ayting.
— Za’far, zarg‘aldoq ranglar qanday rang? Ranglar ichidan olib ko‘rsating. (zarg‘aldoq - to‘q sariq rang, za'far - sap-sariq, somon rang).
5-guruh uchun.
— Qish chillasi necha kun va unga qaysi vaqt kiradi?
— Ertakda badiiy vositalardan nima ko‘proq qoilanilgan? (jonlantirish)
Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish. Bunda quyidagicha savollar beriladi:
— Dars sizga yoqdimi? Nimasi yoqdi?
— Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar qilyapsiz?
So‘ngra o‘quvchilarning umumiy ballari e'lon qilinadi.
Uyga vazifa: ertak matnini ifodali qilib o‘qishga, unga reja tuzib, shu reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.



Yüklə 246,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə