O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi guruh talabasi Shavkatova Sarvinozning


Hikoya va masal o‘qish metodikasi



Yüklə 246,95 Kb.
səhifə6/7
tarix10.06.2023
ölçüsü246,95 Kb.
#116573
1   2   3   4   5   6   7
Shavkatova Sarvinoz

2.2 Hikoya va masal o‘qish metodikasi.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
«Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir»1.
Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo‘lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tortadi. Lekin, hikoya janri ham hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O‘quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf «O‘qish kitobi»dagi «Dadam qurgan dengiz» (Hakim Nazir), «Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar» (Nurmat Maqsudiy), «Xazonchinak» (O‘. Hoshimov), «Qo‘shterak» (A. Irisov), «Mehnatkash qiz» (Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Hikoya biror bir davr bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong‘i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la boshlaydilar. Ularda go‘zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida CHingizxon va uning qo‘shinlariga nisbatan nafrat uyg‘otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri orqali o‘z ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi. Undagi har bir so‘z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.
Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga xosligi, obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.
Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlab qolishda o‘quvchilarga yordam beradi.
Masalni o‘qish metodikasi
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi.
«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan»2.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o‘zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo‘lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o‘zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko‘pgina masallar yozganlar.
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o‘qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.
Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.
3-sinf “O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov) masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib qolgan, oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo‘linganni bo‘ri yer” hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
“CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
3-sinf “O‘qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O‘jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so‘radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya’ni ko‘ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o‘qishga yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
4-sinf “O‘qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o‘z aytganidan qaytmaydigan, o‘jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o‘zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o‘ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo‘lasan ... Sen taqa bilan yo‘rg‘alay olmaysan. Yo‘rg‘alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo‘lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bo‘lmaganda halok bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o‘quvchini o‘z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o‘z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, dars jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarni darslarga bo‘lgan qiziqishini, o‘zlashtirish darajasini ko‘taradi.
Milliy istiqlоl shаrоfаti bilаn оnа tili tа’limini tаkоmillаshtirish dаvоm etmоqdа. Оnа tili tа’limidаn ko‘zlаngаn аsоsiy mаqsаd o‘quvchilаrni nutqiy fаоliyatgа tаyyorlаsh ekаn, so‘z bоyligini оshirish birinchi gаldаgi vаzifа sаnаlаdi. Shu mаqsаddа biz “Har xil janrdagi asarlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish” yo‘llarini ishlab chiqdik va dars o‘tish namunalarini keltirdik. Ishimiz davomida quyidаgi to‘хtаmlаrgа kеldik:
1. Mаtn bаdiyatini tаhlil etish аsоsidа o‘quvchilаrning mustаqil fikrlаsh qоbiliyati o‘stirilаdi.
2. Dаrsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o‘quvchilаrning аdаbiyotgа bo‘gan qiziqishini оrttirаdi.
3. O‘qish darslarida ta’limning interfaol usullaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
4. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda ertak­lar ustida ishlash yaxshi vosita bo‘la oladi. Chunki bola tabiatga yaqin, uni yangi olamga olib kiradi. Ertak tinglab, bolalar fikran undagi hamma voqea va hodisalarni chuqur his etadilar, ertak qahramonlari bilan harakat qiladilar. Ertaklar orqali bolalar o‘zbek xalqining an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar.
5. Xalq yaratgan maqollarning ma’nosi, tuzilishi, vazifasini o‘quvchilarga tanishtirib borish ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirish bilan birga, biror voqea-hodisa haqida tez hukm chiqara olishga va teran fikrlashga undaydi.
6. O‘quvchilаrga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etilsa, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirishlari osonlashadi, fikrlashi kengayadi, dunyoqarashi shakllanadi, o‘z fikrini, his-tuyg‘usini оnа tilining imkоniyatlаri dоirаsidа ifоdаlаsh vаzifаlаrini bаjаrа оlаdigаn dаrаjаdаgi kеlаjаk kishisi bo‘lа оlаdi.
7.Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda хаlq оg‘zаki ijоdi ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi.
8.Har xil janrdagi asarlarni o‘rganishda undagi ayrim so‘z va iboralar bilan ishlash, bir tomondan, asar mazmunini oson hamda toliq o‘zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bolalar lug‘atini boyitish, til hodisalarini anglash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, so‘zlarni fonetik jihatdan o‘zlash­tirishga zamin bo‘ladi.
Ayni paytda, zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, metod va vositalarni xilma-xillash ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish–bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyiladi. Shunday bo‘lgach pedagogik texnologiyalar ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo‘lsa – shunchalik kamdek tuyulaveradi. O‘qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir.Tadqiqot ishimiz davomida biz metodist-olimlarning ta’lim vositalaridan foydalanish haqidagi barcha nazariy va amaliy qo‘llanmalarni o‘rganib chiqdik. ulardan ishimiz davomida foydalanishga harakat qildik.



Yüklə 246,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə