O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi guruh talabasi Shavkatova Sarvinozning



Yüklə 246,95 Kb.
səhifə5/7
tarix10.06.2023
ölçüsü246,95 Kb.
#116573
1   2   3   4   5   6   7
Shavkatova Sarvinoz

II BOB Ertak o‘qitish metodikasi.
2.1 Boshlang‘ich sinfda ertak o‘qitish metodikasi.
Barchamizga ma’lumki, insonni boshqa jonzotlardan ustun sanalishiga asosiy sabab aql, ilm, tafakkur va nutqdir. Shuning uchun ham inson hayotning oliy xilqati sanaladi. Biroq inson o‘z vazifalarini bekamu-koʻst amalga oshirishi uchun maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi, oʻz umrining asl mohiyatni anglashi lozim boʻladi. Buning uchun esa insonga yaxshi taʼlim va ma’naviy tarbiya olish zarur sanaladi. Xo‘sh, maʼnaviy tarbiya nima? Inson tarbiyasida maʼnaviy tarbiya juda muhim. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda insonning maʼnaviy tarbiyasi juda koʻp narsani belgilaydi. Maʼnaviy tarbiyaning asosida qalb tozaligi yotadi. Shuning uchun ham yosh avlodga maʼnaviy tarbiya zarur. Inson qaysi jamiyatda yashashidan, qaysi kasb bilan shug‘ullanishidan qatʼi nazar, u o‘z insoniy burchi sifatida oilasini moddiy jihatdan to‘kis etib ta’minlashi uchun dunyoviy ishlar bilan shugʻullanishga majbur. Chunki, insonning moddiy ehtiyojlari doimiy ravishda o‘sib boradi. Ota-bobolarimiz bolalarini halol-pokiza turmush kechirishlari uchun ularga yoshlikdan kasb va hunar sirlarini o‘rgatish bilan birga ularga odob va tarbiya berishgan. Chunki insonning iymon va maʼnaviyati mukammal boʻlsa, u nopok yo‘lga yurmaydi. Shu bilan birga topilgan mablag‘ va molu dunyosi halol boʻladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar badiiy asar mutolaasi va matni ustida ishlash orqali o‘zlariga hayotiy saboqlarni oladilar. Badiiy asar matni tahlili jarayonida ular asar qahramonlarining hatti harakatlarini tahlil qilib, ularning qilmishlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini anglaydilar, shu bilan birga asardagi voqealardan ta sirlanadilar. Buning uchun o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslarini interfaol, qiziqarli, sifatli va munozaralarga boy tarzda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchi badiiy asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa badiiy asardan ta sirlanishga yordam berib, uning tafakkurini peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma noni chuqurroq anglash va o‘rganishga yordam beradi.
O‘qish faoliyatida o‘qituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonining quyidagi masalalarini hal qilishi muhimdir. Bular asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishdan boshlanadi. Sinfda o‘quvchilarning ruhiy holati, sinf o‘quvchilari orasidagi holat va vaziyatlardan kelib chiqqan holatda asar ustida ishlashning mazmuni belgilanadi. Keyingi vazifa asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olish vazifasidir. Bu vazifa o‘qituvchining dars jarayoniga metodik tayyorgarligi, dars jarayonini qanday metodlar asosida tashkil etishi va boshqarishiga bog liq bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi muhim o‘rin tutadi.
Keyingi masala o‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olish vazifasidir. Bunda badiiy asar ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning tafakkuri, o‘z fikrini nutqida bayon qila olishi, badiiy asar ustida ishlashning qaysi bosqichida bo‘lmasin o‘zini namoyon eta olishiga e tibor qaratadi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi:
1. Birinchi sintez bosqichi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Bunda avvalambor asarni yaxlit holatda o‘quvchilar e tiboriga havola qilish maqsadida o‘qituvchi o‘ziga qulay bo‘lgan usulni tanlaydi. Masalan, o‘qituvchi hikoyasi, asar matnining audio‘shakli, film namoyishi, asarning bir necha o‘quvchilar tomonidan rollarga bo‘linib o‘qilishi va hokazo. Bunda ish turi badiiy asarning xususiyatlari va qaysi sinfda o‘qitilishiga mos ravishda tanlanadi. Bu bosqichni boshlashda o‘qituvchi asar muallifi haqida ham ma lumot berishi lozim.
2. Analiz bosqichi. Bu bosqichning vazifasi badiiy asarda voqealar rivojining bog‘lanishini aniqlash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori (O‘zini qanday tutdi? Nima uchun bunday qildi?) va ularning asosiy xususiyatlarini ochib berish (qahramonlarning ijobiy va salbiy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish ya’ni, badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg`u va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi badiiy tasvir va ifoda vositalari, obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi elementlarga e’tibor qaratish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Birinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi. Masalan: “Ekspertlar guruhi” amaliy ishini taklif qilamiz. Bu usul quyidagi ģtartibda tashkil etilishi mumkin.
Badiiy asarni analiz qilish uchun o‘quvchilar asar qahramonlari sonidan kelib chiqib bir necha kichik guruhlarga bo‘linadilar. Masalan: 4-sinf O‘qish kitobida keltirilgan “Eng ulug fazilat” ertagini “Ekspertlar guruhi” usulidan foydalanib analiz qilish quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin
Avval ertak matni birinchi sintez bosqichi asosida o‘quvchilar e tiboriga havola etiladi, ya ni ertak matni boshidan oxirigacha mutolaa qilinadi.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi.
Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlar bo‘ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g‘alaba
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo‘y bola» (1-sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan shaylanib, ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so‘zlarining ma’nosi so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hok.
2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini tushuntirish);
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);



Yüklə 246,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə