O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə2/6
tarix17.06.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#117564
1   2   3   4   5   6
XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)

1.2. XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti


XIX asr boshi Yaponiyada qishloq xo‘jaligidagi inqirozlar natijasida yuzaga kelgan xalq qo‘zg‘olonlari davri edi.
Dehqonlardan keyin shaharliklar ham ko‘tarilishdi. Ammo segunlar mol-mulki o‘zgarmasdan qoldi, bunga konfutsiychilikni paydo bo‘lishi sababchi bo‘ldi.
1830-1840 yy.da o‘n ikkinchi segun Ieyosi boshqaruvi davrida Midzuno Tadakuni tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar feodal tizimni mustahkamlashning oxirgi urinishi edi. Savdogarlarga yuqori soliqlar qo‘yildi. Narxlar ustidan nazorat o‘rnatishga, qishloqlarga dehqonlarni qaytarishga harakat qilindi.
XIX asr birinchi yarmida Yaponiyada 181 ta manufaktura qurildi. Ba’zi texnik yangiliklar qo‘llanila boshlandi, ayniqsa tog‘konchilikda va metall eritishda. Manufakturalar tekstil sohasidan tashqari shakar, chinni buyumlar, sopol buyumlar ishlab chiqarish sohasida ham ochildi. Qurol ishlab chiqaradigan manufakturalar yirik feodallar va davlatga tegishli edi. Davlat manufakturalarida qochoq dehqonlar mehnatidan foydalanilar edi.
Feodal tizim inqirozi
XIX asr o‘rtalari – Yaponiya tarixida eng og‘ir davr hisoblanardi. Ikki yarim asr davomida mamlakatni feodal tartib iskanjasida ushlagan Tokugava segunlari idorasi tugatildi. Mamlakat aholisi uning tugatilishi bilan o‘z hayotini yaxshilanishni kutar edi, lekin hukmdorlarning rejalari boshqacha edi: ular qisqa muddatda harbiy va iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatni yaratishga harakat qilishdi.
Meydzi inqilobi (1867—1868 yy.)
1868 yilda imperatorlik hukmroligi tiklandi. Yaponiya tepasiga 16 yoshli imperator Mutsixito keldi. Uning hukmdorligi Meydzi nomini oldi (ma’rifatli hukmdorlik). Bu davr muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu sababdan Meydzi to‘ntarishi burjua inqilobi (1867-1868 yy.) deb hisoblanib, Yaponiyani jahondagi buyuk mamlakatlar darajasiga olib chiqdi. Yosh imperator atrofiga iqtidorli vazirlar va maslahatchilarni to‘pladi. Birinchi yilning o‘zida Yaponiya poytaxtini Kiotodan Edogo ko‘chirdi (keyinchalik Tokio deb nomlangan) va islohotlarni boshlab yubordi.
Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar:

  1. Mamlakatni birlashtirish jarayonini tugatilishi. Feodal knyazliklar yo‘q qilinib prefekturalar yaratildi; markazlashgan davlatni shakllantirish – Yaponiyani qudratli mamlakatga aylanishida muhim omildir;

  2. Feodal tuzum, knyaz va samuraylarning feodal huquqlari bekor qilindi; 1869 yildagi farmon feodallarni o‘z yerlarni imperatorga topshirishga majbur bo‘ldilar;

  3. Faoliyat va kasblarga davlat cheklovlari bekor qilindi, sex tizimi, gildiyalar va klanlar bekor qilindi;

  4. Xo‘jalik faoliyatida tabaqalashuv bekor qilindi, savdo va mamlakat ichida harakat erkinligi e’lon qilindi;

  5. Jamiyatni tabaqalashuvining yangi usuli ishlab chiqildi. Avval to‘rtta tabaqa bo‘lgan bo‘lsa, endi uchta bo‘ldi. Dvoryanlik yuqori tabaqani namoyon etdi (unga sobiq feodal knyazlar, saroy aristokratiyasi kirdi). Ikkinchi tabaqa – dvoryanlik (barcha sobiq samuraylar). Uchinchi – oddiy xalq tabaqasi. Unga aholining qolgan qatlamlari, shu jumladan savdo-sanoat burjuaziyasi kirardi;

  6. Barcha ichki bojxonalar olib tashlandi, yagona pul birligi (oltin bilan ta’minlangan) kiritildi.

1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an’anaviy tangasini ajdarho rasmi tushurilgan dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar iena deb nomlana boshlandi (dumaloq tanga), sent esa – sen.
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona umumyapon bozorini, yagona iqtisodiy makonni shakllanishiga olib keldi.
Agrar islohotlar
1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U feodal yer egaligini bekor qilinishi, yerning yangi egalarini shakllanishi masalalarini hal etishi zarur edi. Yer rasmiy ravishda uni taqsimlovchilarga tegishlidir. Dehqonlar, yerga meros sifatida erishganlar ularning egalariga aylandilar.
1873 y.da yer solig‘i joriy qilinib, u davlat budjetining asosiy manbasiga aylandi. U barcha yer egalariga tegishli bo‘lib, uning hajmi olingan hosilning 50%gacha belgilangan edi.
Shunday qilib Yaponiyada yerga xususiy mulkchilik qonuniylashtirildi; uni erkin sotish-sotib olishga ruxsat berildi, yer egalarining yangi kategoriyalari paydo bo‘ldi; yerning sobiq egalariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi ishlab chiqarishning kapitalistik shakllarini vujudga kelishiga asos bo‘ldi.

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə