O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Sanoat kapitalizmi davrida mustamlakachilik



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə6/6
tarix17.06.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#117564
1   2   3   4   5   6
XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)

2.3. Sanoat kapitalizmi davrida mustamlakachilik


Sanoat inqilobi natijasida kapitalistik mamlakatlarda industrial sivilizatsiya shakllandi. Sanoat ishlab chiqarishi birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Metropoliyaning mustamlaka siyosatini o‘zgarishi.
Yangi turdagi tovarlarga (ayniqsa, xom ashyoga) ehtiyoj o‘sib bordi. Endi savdo kompaniyalardan ko‘ra yirik sanoat egalarining ahamiyati yuqori bo‘ldi.
Mustamlakachilik tovarlarining ahamiyati pasayib bordi, lekin oziq-ovqat, xom ashyo, bo‘yoqlar, qurilish xom ashyosi, jun, paxtaga, ya’ni rivojlanayotgan yevropa iqtisodiyoti uchun o‘ta zarur bo‘lgan mahsulotlarga zarurat oshdi.
Bu mustamlaka va metropoliya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgarishiga olib keldi. Mustamlakalarga tovarlarni eksport qilish zarurati tug‘ildi. Ingliz burjuaziyasi tashqi savdo va mustamlaka siyosatini qayta ko‘rib chiqdi.
Mustamlakalar metropoliyalarning agrar-xom ashyo bazasiga, sanoat uchun xom ashyo va qo‘shimcha materiallar, o‘sib borayotgan shahar aholisiga oziq-ovqat ta’minotchisiga aylandi. Mustamlakalarga matolar, metall buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa tovarlar yuborilardi. 1870 y.da Hindiston eksportining tarkibi 36% paxta xom ashyosidan, 21% qora doridan, 12% - don, 4% - jut1dan iborat edi. Hindiston eksportining bor yo‘g‘i 2% paxta matolari, 0,5% jutdan ishlangan mahsulotlar tashkil etardi. Shu vaqtning o‘zida mamlakat importining 45% - paxta matosi, 8% - yigirilgan ip, 13% - metall buyumlar, 2 % - mashina va uskunalardan iborat edi. Hindistonga 85% tovarlar metropoliyalardan olib kirilardi.

2.4. Mustamlakalar iqtisodiyotining rivojlanishi


Mustamlakalarda sanoatning rivojlanishi.
Kapitalning birlamchi jamg‘arilishi davrida mustamlakachilar Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibini o‘zgartirishmadi. Yevropadagi sanoat inqilobi holatni tubdan o‘zgartirdi.
Mustamlakalarda mamlakat ichkarisidan xom ashyo olib chiqishni osonlashtirish uchun temiryo‘llar qurish, ko‘mir va boshqa qazilma boyliklar (olmos, oltin, mis) qazib olish, vositachi kredit muassasalarini tashkil etish boshlandi.
Mustamlaka va yarimmustamlakalarda tovar-pul munosabatlari rivojlandi, feodal tartib inqirozi jadallashdi.
Xitoy – yirik yarimmustamlaka.
Osiyo va Afrika mamlakatlarida yarimmustamlakalar paydo bo‘la boshladi. Ular yetakchi kapitalistik mamlakatlar o‘rtasida katta bahs va tortishuvlar obyektiga aylandi.
Yarimmustamlakalar – bu o‘z hukumati va boshqaruv tizimiga ega formal jihatdan mustaqil davlatdir. Ular misol – Xitoy, Eron, Usmon imperiyasi.
Sharqning yirik mamlakatlarini (xususan, Xitoyni) yarimmustamlakalarga aylanishi xolatlari mavjud. Xitoyning 1756 y.da boshqa mamlakatlar bilan savdo uchun “yopilishi” (Makaodan tashqari), Yevropa mamlakatlari tomonidan Uzoq Sharq mamlakatlarini ekspansiyasiga qarshi munosabati edi.1 Lekin bu hol Xitoyning o‘zini iqtisodiy holatini og‘irlashtirdi. Xitoy Yevropaning fan va texnika yutuqlaridan
foydalanish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi, uning boshqa mamlakatlar bilan savdosi qisqarishi nati-jasida ishlab chiqarish inqirozga uchradi.

1 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н.

1 . Ieyasuning agrar islohotining xususiyatlari nimalardan iborat?

2 . Midzuno Tadakuni iqtisodiy islohotining asosiy maqsadi nimadan iborat edi?

1 . Yaponiyada “davlat kapitalizmi” va iqtisodiyotni harbiylashtirilishi xususiyatlari

1 Jut - Hindiston kanopi (tola beradigan o‘simlik).

1 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н.
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.398.


Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə