O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining xususiyatlari



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə3/6
tarix17.06.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#117564
1   2   3   4   5   6
XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)

1.3. Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining xususiyatlari


Sanoat inqilobi. “Davlat kapitalizmi”.
O‘ta qisqa muddatda Yaponiya sanoat inqilobini amalga oshirdi. Yapon hukumati subsidiyalar berish, soliqlardan ozod etish, davlat buyurtmalarini bajarayotgan firmalarga qurilgan zavodlarni haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etish orqali xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatladi.
1872 y.da davlat tomonidan birinchi telegraf va temiryo‘l liniyalari qurildi, ya’ni infratuzilma yaratilishi boshlandi.
Davlat mamlakatni geologik o‘rganilishini amalga oshirdi – ko‘mir, temir rudasi, oltin konlari ochildi.
Kapitalning yetishmasligi xorijiy kapitalni jalb qilinishini taqazo etdi, uning ishtirokida fabrika tipidagi yirik korxonalar qurildi.
Yaponiyada xorijiy zayomlar hisobiga temiryo‘l qurilishi boshlandi. Ingliz kapitali ko‘mir qazib olishga konsessiya oldi. Yapon hukumati xorijiy mutaxassislarni ham jalb etishar edi.
XIX asr 80-yy.dagi iqtisodiy siyosat
XIX asr 80-yy. boshlarida yapon hukumati “davlat kapitalizmi”dan voz kechib iqtisodiy siyosatni o‘zgartirdi. Sanoat departamenti qisqartirildi. 1881 y.da zavodlarni xususiy shaxslarga berish to‘g‘risida farmon qabul qilindi. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan korxonalar o‘z qiymatidan 2-4 barobar arzon sotilardi, yoki hukumat qarzlarini qoplash hisobiga berilar edi.
Davlat mulkini talon-taroj qilishda hukumatning quyidagi kreditorlari ishtirok etishdi - Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda.
O‘sha davrdan xususiy tadbirkorlik faollashib yirik kapital muomala sohasidan ishlab chiqarishga ko‘chib o‘tishini taqazo etdi. Yaponiya pul islohotini amalga oshirdi va oltin standart joriy etildi.
Milliy xom ashyo bazasi mavjud tarmoqlar tez rivojlandi. 18801911 yy.da ko‘mir qazib olish 20 marotabaga, mis qazib olish 13 marotabaga o‘sdi. Yaponiyada temir rudasi bo‘lmasa ham qora metallurgiya rivojlandi.
Industirlashtirishning ikkinchi yo‘nalishi – temir yo‘l qurilishi: 1882-1890 yy.da temir yo‘llarning uzunligi 10 marotaba ko‘payib mamlakatda yagona transport aloqa tarmog‘i yaratildi.
Iqtisodiyotni harbiylashtirilishi
XIX asrning 90-yy. boshida Yaponiya harbiylashtirish yo‘liga o‘tdi. Yaponiyada harbiy xarajatlarning darajasi eng yuqori edi (budjetning 36%). Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi Koreya yarimorolini nazorat qilish bo‘yicha tortishuvlar 1894 yilda yapon-xitoy urushiga olib keldi. Yaponiya Xitoyga xujum qilib g‘alaba qozondi. Shunday qilib og‘ir sanoat rivojlanishga rag‘bat oldi. Xitoy bilan shartnomaga binoan Yaponiya Koreyani ekspansiya qilish huquqiga, katta kontributsiyaga, yapon fuqarolarini Xitoyda sanoat korxonalarini ochish huquqiga ega bo‘ldi.


2- MUSTAMLAKACHILIK DAVRIDA SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə