O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə1/6
tarix17.06.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#117564
  1   2   3   4   5   6
XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Sirtqi” bo‘lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ikkinchi mutaxassilik” yo‘nalishi
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Fanidan
Qayta o‘zlashtirish
Mavzu: XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)
BAJARDI:556-22 guruh talabasi Zokirov J.

QABUL QILDI: Arzikulov O.





Jizzax_2023

XVII- XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar ingrozi va ikkinchi ilmiy- texnik inqilobi ( XIX asr oxiri- XX asr boshi)


Reja:
1.1. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji
1.2. XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti
1.3. Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining xususiyatlari
2.1. Mustamlakachilikning tarixiy shakllari
2.2. XVI-XVII asrlarda mustamlakachilik
2.3. Sanoat kapitalizmi davrida mustamlakachilik
2.4. Mustamlakalar iqtisodiyotining rivojlanishi

1.1. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji


XVIII asrda Yaponiya agrar mamlakat edi. Uning aholisi asosan dehqonlardan (aholining 80%) va samuraylardan tashkil topgan edi. Asta-sekin hunarmandlar va savdogarlar paydo bo‘ldi. Davlat va harbiy apparat, hamda ziyolilar hukmron sinf – samuraylardan shakllandi.
Dehqonlarning ahvoli juda og‘ir bo‘lib, ular yerni feodallardan “umrbod” ijara sharti bilan olar edilar.
Bu davrda dehqonlar natural obrok berar edilar. Undan tashqari dehqonlar yo‘llar, ko‘priklar, kanallarni ta’mirlashga jalb etilardi.
XVI asrda Ieyasuning qishloq xo‘jaligi sohasida takror ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan agrar islohoti dehqonlarga yerlarni biriktirishga va dehqonlardan soliqlar yig‘imini maksimal darajaga yetkazishga imkon berdi.1
Yerva undan olinadiganmahsulotlargabog‘liqbo‘lgan samuray va dehqonlarni tovar munosabatlariga jalb etilishi ularni qashshoqlanishiga olib keldi. Ko‘pgina knyazliklar kambag‘allashib bordi. Zarur moddiy qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘layotganligi sababli samuraylik instituti sekin-asta yo‘qolib bora boshladi. Dehqonlar shaharga ketishga majbur bo‘ldilar. XVIII asrda Yaponiyada 90 ta manufaktura tashkil etildi, shu jumladan paxtani qayta ishlash va shoyi to‘qish bo‘yicha
Shaharning o‘rni
Savdo kapitaliga ega bo‘lgan savdogarlarning roli oshib bordi. Bu davrda yapon qishloqlarida “yangi pomeshchiklar” deb nomlanuvchi qatlam savdogarlar, boy dehqonlar va samuraylardan shakllandi. Shu tariqa kapitalistik uklad shakllana boshladi. Astasekin shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy o‘rni oshib bordi. Ularning aholisi ko‘paydi. XVIII asrning boshida Edo shahrining aholisi 500 ming kishidan oshdi.
Shahar aholisining turmush darajasini o‘sib borishi qurilish tarmog‘ini rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Syogunlar islohoti
1716 y.da sakkizinchi syogun Tokugava feodal tizimni kuchaytirish maqsadida islohotlar boshladi, keyinchalik 1767 yilda bu islohotlar o‘ninchi syogun Iexaru tomonidan davom ettirildi.
Bu islohotlar rivojlanib borayotgan tovar munosabatlarini feodal hukumatning ehtiyojlariga moslashtirishga harakat qildi.

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə