O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Turizmning turlari va ko’rinishlari



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə7/12
tarix24.06.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#118744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
asila hisobot (2)

3.Turizmning turlari va ko’rinishlari
Zamonaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida, uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jumladan, geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha, safar maqsadi, harakatlaiiish usuli, turistlarni joylashtirish vositalari va ishtirokchilari soni bo‘yicha tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha turizmning turlari quyidagi tavsifiy xususiyatlarga ega:
Xalqaro turizm - mamlakat fuqarosining chet davlatlarga turistik maqsadlarda chiqishi va chet davlat fuqarolarining turistik maqsadlar bilan ushbu davlatga tashrif buyurishi hisoblanadi. Xalqaro turist tushunchasiga ko‘ra, tashrif buyurgan xorijiy davlatga 24 soatdan kam bo’lmagan muddatga kelgan va malakaviy faoliyatiga haq to‘ lanmaydigan vaqtinchalik tashrif buyurgan turistlar kiradi. Turistik oqimlaming yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «kiruvchi» va «chiquvchi» toifalariga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm turlari uyg‘un holatda rivojlanadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi. Turizm xizmatlar bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha quyidagi nisbat tavsiya qilinadi: 1 ta kiruvchi turist - 1 ta chiquvchi turist -4 ta ichki turist. Ushbu nisbatning O‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har bitta kiruvchi turistga 1, 4 nafar chiquvchi turist to‘g‘ri kelib, shularga nisbatan ichki turistlar soni 3, 5 nafar turistni tashkil etmoqda. 1 ta kiruvchi turist - 1, 4 ta chiquvchi turist - 3, 5 ta ichkturist. BTT tavsiyalari asosida O‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chiquvchi turistlar sonining kiruvchi turistlarga nisbatan 0,4 kishiga ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Bu vaziyat O‘zbekiston fuqarolarining oilaviy budjetidan bevosita turistik maqsadlarga ajratilgan qismi ortib borayotganligini ifodalaydi. Bu, o‘z navbatida, ijobiy ko‘rsatkich bo‘lishi bilan birgalikda, uning salbiy oqibatlari ham mavjud bo‘lib, respublikadan chet el valyutasining chiqib ketishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagi BTTning nisbatiga ko'ra, ichki turizm 4 kishiga ega bo‘lishi kerak edi, demak, O‘zbekiston sharoitida ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanish yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Ichki turizm - O‘zbekiston Respubiikasida doimiy yashaydigan fuqarolaming O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valyuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlaming 80-9Ofoizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga qilinadigan xarajatlar xalqaro turizm xarajatlaridart 5-7 barobar kam bo‘ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi AQSH, Fransiya, Angliya mamlakatlarida omrnabop hisoblanadi. Kiruvchi turizm - O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan fuqarolaming O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Chiquvchi turizm - O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqarolaming o‘zga mamlakatlarga qilgan sayohati. Tarixiy obidalar turizmi - Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent shaharlaridagi va respublikamiz tumanlaridagi tarixiy obidalami ko‘rishga qiziqish. Arxeologik turizm - Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa shaharlaming qoldiqiari, qadimiy qal’alar harobalari, ko‘hna qadimiy Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi arxeologik topilmalami o‘rganish. Rekreatsion turizm - “rekreatsiya” atamasi lotincha “recreation” - “tiklanish” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, dastiabki mazmuni uning hozirgi zamonaviy tushunchasiga to‘iiq mos tushadi. U, odatda, “dam olish, mehnat qilish jarayonida inson tomonidan sarflangan ishchi kuchini tiklash” ma’nosida talqin qilinadi. Dastiabki talqindan farqli ravishda, zamonaviy talqini ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega.1 Rekreatsion turizm qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli boMib hisoblanadi. Sag‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm - health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa - sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar, sog‘lomlashtiruvchi - davoiovchi tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli kurortlarda) olib boriladi. Turistik sohaga ixtisoslashtirilgan sog‘ lomlashtirish maqsadlariga qarab, dam olish maskanlarida mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingugurt-vodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlari belgilanadi. Bunga misol tariqasida chet el shifobaxsh suvli kurortlaridan - Rossiyadagi Kavkazda joylashgan Kislovodsk, Jeleznovodsk, Pyategorsk, Yesentuki; Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); Bad-Naukeym, Visbaden va Baden- Baden (Germaniya); Karlavi-Vari (Chexiya); Spa (Belgiya); Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya);
Atami (Yaponiya) termal buloqlarining kattagina qismini keltirish mumkin. O‘zbekiston tabiati boy va rang-barang bo‘lib, mamlakatning turli hududlarida 200 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suvi va balchiq manbalari aniqlangan. Ushbu yer osti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy-biologik va boshqa xususiyatlariga ko‘ra turlitumandir. Ushbu manbalar asosida fizioterapevtik shifoxonalar, sanatoriy-kurortlar va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari tashkil etilgan. Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob», «Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Abu Ali ibn Sino», Buxorodagi «Sitorai Mohi-Xosa» va Toshkent shahrida joylashgan «Chinobod» hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud. Bugungi kunda mamlakatimizda 57318 dan ziyod kishiga mo‘ljallangan maxsus sanatoriy, profilaktoriy, dam olish uylari ishlab turibdi.2
Malakaviy ish turizmi. Turizmning mazkur turiga ish maqsadlari bilan amalga oshirilgan safarlar kiradi. Hozirgi iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlaming faoliyati xorijiy hamkorlar bilan ishlashni taqozo qilmoqda, shu tufayli mahalliy tadbirkorlaming xalqaro munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ish turizmining afzalligi shundan iboratki, uni turizm sohasi uchun nomavsumiy paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi. Turizmni mazkur turining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari mamlakat bo‘ylab qilingan sayohat paytida oddiy turistga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlami va shunga o‘xshash tadbirlami o‘z mamlakatida o‘tkazishga harakat qiladilar (masalan, turli forum, festival, qishki va yozgi sport musobaqalari va h.k.). Ilmiy turizm. O‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesning yangi segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu safarlaming ommabop bo’lib borayotgan turi-bu xorijiy til o‘rganish maqsadida Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlami amalga oshirish. Hozirgi vaqtda katta qiziqish uyg‘otayotgan sport turizmining asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini: turli inventarlami, maxsus trassalami, arqon yo‘llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalami talab etadi. Sport turizmi bo‘yicha sayohatlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri - bu dam oluvchilaming xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Sport turizmining sayohatlari safarlaming maqsadiga bog‘liq ravishda 2 turga bo‘linadi: aktiv va passiv ravishda bo‘lishi mumkin. Shop-turlar Rossiya va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari uchun xos bo‘lgan, xorijga tashrifhing asosiy maqsadi ushbu mamlakatda tanqis bo‘lgan xalq iste’mol tovarlarini xarid qilish va uni o‘z mamlakatida sotish hisoblanadi (poyafzal, trikotaj, yozgi va qishki kiyimlar va boshqa mahsulotlar - Xitoy, Turkiya, Italiya, Portugaliyadan; mebel va jihozlar - Dubay, Xitoy va Italiyadan; tele-radio mahsulotlari - Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Xitoydan; avtomashinalar - Germaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklaridan. Diniy turizm (religious or piligrim tour) ziyorat qilish maqsadidagi sayohat sifatida hozirgi kunda juda yuqori talabga ega boiib, ommaviy tus olmoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan har yili ko‘plab vatandoshlarimiz Makkai Madinaga Haj va Umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Dunyodagi ko‘pgina odamlar Makka-yu Mukarrama, muqaddas yer boigan Vatikan ibodatxonalari va lx»shqa joylami ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam Daxbitiy, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom ziyoratgohlari diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa ega bo‘lmoqda.
Qo‘msash, sog’inish turizmi - bu, asosan, qarindosh yoki do;stlarini ko‘rishga moijallangan boiib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bogiiqdir. Qo‘msash turizmiga yaqqol misol bo’lib, O‘zbekistonda sobiq Ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh-urugiari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan qrim-tatar, kavkaz xalqlari, nemislar va boshqa millatga mansub boigan aholini ko‘rsatishimiz mumkin. Ekoturizm - nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlami ko‘zlagan holda betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalami amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarni hal qilish bilan birbiriga bogiiq majmuaiar yigindisini tushunamiz. Ovchilik turizmi - respublikamizda ov qilishning huquqiyqonuniy me’yorlari yaratilgan boiib, ovchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha katta salohiyatga ega, tabiiy-hududiy mintaqalari boigan daryolaming suv havzalari, tog‘ oldi zonalari, ch oi va adir hududlarining mavjudligi. Bunga misol qilib, Nurota, Forij, Birchmulla, Baxmal, Zomin tog‘ zonalari, Amasoy, Haydarkoi, To‘dakoi, Sho‘rko‘l suv havzalari; Ustyurt platasi, Qizilqum, Konimehchoi zonalarini keltirsak boiadi. Gastronomiya turizmi — bu mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko‘rishga imkon yaratadi. Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo’lib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega boigan masalliqlardan tarkib topgan, maium bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib ko‘rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi. Safari turizmi - qo‘riqxonaga hayvonlami tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, foto-ovchilik, tabiatda ajoyib hayvonlami erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylami ko‘rish, balki togii hududda avtomobil boshqarish, to‘siqlami yengib oiish, lager hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilami o‘rgatadi.
Speleoturizm3 — g‘orlami o‘rganish yoki sport maqsadlarida kirish. Speleoturistlar g‘orlardagi turli to‘siqlami maxsus asbobuskunalar yordamida bosib o'tadi. Ushbu to‘siqlarga devordan tirmashib chiqish, yer osti suvlarini kechish yoki akvalang yordamida suzib o‘tish, tor yo‘laklardan yurish kabilarni kiritish mumkin. Speleoturist toqqa chiqish ko‘nikmalariga ega boiishi, dayver va usta suzuvchi boiishi kerak. Hattoki, eng oddiy speleoturga ham yakka holda emas, balki guruh bilan borish maqsadga muvofiq.
Ekstremal turizm 4- xatarli tusdagi turizm - sport turizmining turli xil ko‘rimshi, turist uchun ancha xatarliligi bilan ajralib turadi. Ekstremal turizm ishqibozlari o‘rtasida tog‘dan baland obyektdan parashyutda sakrash, baland obyektlardan rezina arqon bilan ko‘pincha ko‘priklardan sakrash va h.k.lar ommalashgan. Etnografik turizm - turli xalqlar, elatlar va hududlaming urfodatlari, madaniyati va turmush tarzini o‘rganishga boigan harakat, intilishlar insonlami sayohat qilishga undaydi. Masalan, turli xalqlaming urf-odatiari, turmush tarzi, milliy taomlari, kiyim-kechaklari, ro‘zg‘or buyumlari, madaniy-tarixiy obidalari turizm sohasida eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turlari sifatida namoyon boiib kelmoqda. Madaniy-tanishuv turizmi. Turistning madaniy dunyoqarashini kengaytirishga boigan ehtiyoji ushbu turizm turining asosini tashkil etadi. Bu turizm madaniy qadriyatlar bilan tanishib, turist o‘z xohishi asosida bilim olish imkoniyatiga ega boiadi. Sport turizmi. Sport turizmining 2 ta turi mavjud: aktiv va passiv. Aktiv sport turizmining asosini sportning ixtiyoriy turi bilan shug‘ullanish ehtiyoji tashkil etadi. Passiv sport turizmida esa - sport turiga qiziqish, asosan kuzatuv tashkil etadi. Sport turizmi oxirgi vaqtlarda ancha faollashib borib, uning tarkibiga quyidagi sport faoliyati kiritilmoqda: Suv turizmi - suv resurslariga ega boigan mamlakatlarda qadim zamonlardan ma’lum boigan faol harakatlanish faoliyati hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda yangi zamonaviy shakllarining yaratilishi ushbu turizm turining o‘sishiga olib keldi. Bunga, asosan, turistlar tomonidan xarid qilinadigan yoki ijaraga olinadigan turli hajmdagi yoki ko‘rinishdagi suv transportidan foydaianishning kengayshi katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu turizm turi infratuzilmasining asosini sport bandargohi tasjikil etadi. Qishqi sport. Qishgi sport amaliyoti an’anaviy turistik faoliyatlardan biri hisoblanadi. U turli ko‘rinishlarga egadir: alp chang‘ilari, tog‘ changilari va boshqalar. Odatda, qishgi turizm tog‘dagi qishgi stansiyalarda tashkil etiladi. Ovchilik va baliq ovi. Bu turizm ham an’anaviy turizm turlaridan biri boiib, maium belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi, ya’ni unda ishtirok etish uchun maxsus ruxsatnoma va litsenziyalar talab etiladi. Ovchilik va baliq ovi geografik joylashuv, fasl va hayvonlar hamda baliqlaming ba’zi turlarini saqlash maqsadida joriy qilingan cheklovlar va ruxsatlarga bogiiq holda tashkil etiladi. Ovchilikning bir turi sifatida Afrikaning qo‘riqxonalarida tashkil etiladigan safarilami kiritish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, sport turizmining bu turi ixtisoslashgan hisoblanib, о‘zining tarafdor lariga egadir. Golf sport turizmining bir turi hisoblanib, Buyuk Britaniyada vujudga kelgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga keng tarqalgandir. Shuni ta’kidlash kerakki, sport turizmi keng infrastrukturaga ega boiishi kerak. Uning tarkibiga sport uskunalarini ijaraga berish joylari, xizmat ko‘rsatish hududlari, kiyim almashtirish xonalari, texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari, maxsus inshootlar (maydonlar, kortlar, basseynlar va boshqalar) kiritiladi. Katta xavf-xatar va jarohat olish ehtimolining yuqoriligi tibbiyot punktlarining mavjudligini talab etadi. Bundan tashqari, joylashuv, ovqatlanish obyektlari, do‘koniar, diskotekalar va shu kabilami o‘z ichiga oladigan qo‘shimcha xizmatlar uchun hududlar ham boiishi kerak. Sotsial turizm - kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari hamda chegirmali yoilanmalami xarid qiluvchi shaxslar tomonidan iste’mol qilinadigan, lekin davlat budjeti, davlat va nodavlat jamg‘armalari, homiylar, turizmda faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslaming ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan mablagiari hisobidan qisman yoki to’liq moliyalashtiriladigan turistik sayohatlaming barcha turlariga aytiladi.




Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə