O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 178,84 Kb.
səhifə1/5
tarix21.09.2023
ölçüsü178,84 Kb.
#122775
  1   2   3   4   5
FOTOKIMYO




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI




TASDIQLAYMAN”
Termiz davlat universiteti
rektori___________A.R.Maraximov “ ____” _____________ 2023-yil



FOTOKIMYO
FANINING O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi: 500 000 – Tabiiy fanlar, matematika va statistika


Ta’lim sohasi: 530 000 – Fizika va tabiiy fanlar
Ta’lim yoʻnalishi: 60530100 – Kimyo (turlar boʻyicha)
Termiz – 2023


Fan/modul kodi
FTKB306

Oʻquv yili
2023-2024

Semestr
5

Kreditlar
6

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
Oʻzbek

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)




Fotokimyo

90

90

180

2



I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.
“Fotokimyo” fanidan fotokimyoning nazariy tushunchalari umumlashtiriladi, elektron qo‘zg‘atilgan holatlarning tabiati va xossalari, fotokimyoviy reaksiyalarning asosiy turlari, fotokimyoviy reaksiyalar kinetikasi, fotokimyoviy tajribalar texnikasi, fotokimyoviy reaksiyalarning kvant unumini o‘lchash masalalari ko‘rib chiqiladi.
“Fotokimyo” tanlov fani hisoblanib, nur ta’sirida boradigan jarayonlarni chuqurroq o‘rganishga dastlabki asos va ulardagi umumiy qonuniyatlarni tushunishga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi.
“Fotokimyo” fanining maqsadi - Kimyo yo'nalishi talabalariga fotokimyoning nazariy tushunchalari umumlashtiriladi, elektron qo‘zg‘atilgan holatlarning tabiati va xossalari, fotokimyoviy reaksiyalarning asosiy turlari, fotokimyoviy reaksiyalar kinetikasi, fotokimyoviy tajribalar texnikasi bilan chuqur tanishtirishdan iborat. Fanning vazifasi talabalarni fotokimyoviy jarayonlarning nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar, xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari).
1-Mavzu. Kirish. Fotokimyoviy jarayonlarning nazariy asosi.
Yorug'likning materiya bilan o'zaro ta'siri. Energiya birliklari. Kvant chiqishi.
2-Mavzu. Elektron qo'zg'atilgan holatlarning tabiati va xususiyatlari
Fotokimyo qonunlari. Yablonskiy diagrammasi. Frank-Kondon printsipi. Nurlanish va doimiy yashash davri. Elektron o'tishlarning intensivligi. Osilator kuchi. O'tish momenti. Tanlov qoidalari.

Yüklə 178,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə