O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 115,69 Kb.
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü115,69 Kb.
#123665
  1   2   3   4   5
Ma\'muriy huquq mustaqil ish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika


Universiteti
“Tarix” fakulteti
“Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi

MA’MURIY HUQUQ FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Mavzu: NODAVLAT TASHKILOTLARI - MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA


Bajardi:Eshpo‘latov.X


Guruh: MG‘I-202
Tekshirdi:__________

Toshkent – 2023


Mavzu. NODAVLAT TASHKILOTLARI - MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA
Kirish
1.Nodavlat notijorat tashkilotlari
2.Jamoat birlashmalari
3.Siyosiy partiyalar
4.Kasaba uyushmalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Annotatsiya: Mazkur ishda nodavlat tashkilotlari tushunchasi,turlari va ularning huquqiy maqomi,davlat boshqaruv jarayonida ma’lum huquq va majburiyatlarga ega ekanligi va ma’muriy-huquqiy munosabatlaming ishtirokchilari sifatida namoyon bo'lishlari haqida tushunchalar berilgan.

Kirish qism : Men bu mustaqil ishimda ,, MA’MURIY HUQUQ " fanining dolzarb mavzularidan biri bo'lmish ,, Nodavlat tashkilotlari" mavzusini yoritdim. Uning dolzarbligi shundaki – nodavlat tashkilotlari ijtimoiy munosabatlarda fuqarolarning davlat boshqaruv jarayonida faol ishtiroklari ta’minlash,ularning huquq va erkinliklarini himoyalash hamda jamiyat hayotini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Shunga asosan nodavlat tashkilotlarining o‘rni sezilarli hisoblanadi. Nodavlat tashkilotlarini muvofiqlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish dolzarb vazifa. Bu muammolarni topish va hal etish uchun ko'proq izlanish va o'rganish kerak.
Начало формы


КонNodavlat notijorat tashkilotlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari — davlat boshqaruvi jarayonida ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, ma’muriy-huquqiy munosabatlaming ishtirokchilari sifatida namoyon bo'lishlari mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi 0‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi Qonun'iga binoan tartibga solinadi. Ushbu Qonun nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlami (foydani) o'z qatnashchilari (a’zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini-o'zi boshqarish tashkilotidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko'rinib turibdiki, nodavlat notijorat tashkilotlari boshqa jamoat birlashmalaridan farq qilgan holda, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga egadir:
a) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladi;
b) o'zini-o'zi boshqaradi;
d) daromad (foyda) olish faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanmaydi. «Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g‘risida»gi Qonunga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi maqsadlarda tashkil etilishi mumkin:
1) jismoniy va yuridik shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
2) demokratik qadriyatlarni himoya qilish;
3) ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish;
4) ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;
5) xayriya faoliyatini amalga oshirish.

«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi Qonunga binoan nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:


1) o'z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
2) ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv oiganlariga takliflar kiritish;
3) davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
4) o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
5) ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
6) ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
7) o'z ramziy belgilarini ta’sis etish;
8) o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o'tkazish;
9) qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Nodavlat notijorat tashkiloti:
1) qonun hujjatlariga rioya etishi;
2) o‘z mol-mulki va pul mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlashi;
3) nodavlat notijorat tashkilotini ro'yxatdan o'tkazuvchi organga o'zi o'tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi;
4) ro'yxatdan o'tkazuvchi soliq va statistika organlariga o'z faoliyati to'g'risida hisobotlar taqdim etishi shart.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo'ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi — u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo'linma bo'lib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.


Nodavlat notijorat tashkilotining filiali — u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo'linma bo'lib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan, vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi mumkin. Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.
Nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi shakllarda tashkil etilishi mumkin:
a) jamoat birlashmasi — ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolaming ixtiyoriy birlashmasi. Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur 'birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan, a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari boyicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o‘z a’zolarining majburiyatlari boyicha javob bermaydi;
b) ijtimoiy (jamoat) fond — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifly yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi boimagan nodavlat notijorat tashkiloti. Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o'tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boyicha javob bermaydi;
d) muassasa — ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
e) qonunlarda nazarda tutilgan boshqa shakllarda.

Yüklə 115,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə