O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


n – kanali qurilgan MDYA – tranzistor tuzilmasi



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə14/32
tarix10.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#132862
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
СЭҚ маруза А.П

n – kanali qurilgan MDYA – tranzistor tuzilmasi 3.6, a – rasmda va shartli grafik tasvirlanishi 3.6.b – rasmda keltirilgan.

a) b)


3.6 – rasmn – kanali qurilgan MDYA – tranzistor tuzilmasi (a) va
uning shartli belgilanishi (b).

Bunday tranzistorlarda istok va stok orasida joylashgan tok o‘tkazuvchi kanal tranzistorni tayyorlash jarayonida hosil qilinadi. SHuning uchun bunday tranzistor kanali “qurilgan” MT deb ataladi. Kanal ion legirlash usuli bilan yarimo‘tkazgich sirtiga yaqin sohalarda yupqa qatlam hosil qilish bilan amalga oshiriladi. Kanali qurilgan MDYA – tranzistorlar istokka nisbatan zatvorga ikki xil ishorali kuchlanishlar berilganda ham ishlay oladi.


Agar UZI= 0 bo‘lganda tranzistorga USI kuchlanish berilsa, kanal orqali elektronlar toki oqadi. Bu tok stokning boshlang‘ich toki IS.BOSHL deb ataladi. Zatvorga istokka nisbatan manfiy kuchlanish berilganda kanalda tok yo‘nalishiga ko‘ndalang elektr maydon hosil bo‘ladi. Bu maydon ta’sirida elektronlar kanaldan surib chiqariladi. Kanalda elektronlar soni kamayadi (kanal kambag‘allashadi), uning qarshiligi ortadi va stok toki qiymati kamayadi. Zatvordagi manfiy kuchlanish qiymati ortgan sari, tok qiymati kamayaveradi. Tranzistorning bu rejimi kambag‘allashgan rejimi deyiladi. Zatvorga berilgan manfiy kuchlanishning ma’lum qiymatida stok toki nolgacha kamayadi (berk rejim), ushbu kuchlanish berkitish kuchlanishiUZI.BERK deb ataladi.
Agar zatvorga musbat kuchlanish berilsa, ushbu kuchlanish hosil qilgan maydon ta’sirida istok, stok hamda kristall asosdan elektronlar kanalga kela boshlaydi, kanal o‘tkazuvchanligi va stok toki qiymati ortadi. Ushbu rejim kanali boyitilgan rejim deb ataladi.



3.7 – rasm. n – kanali qurilgan MDYA – tranzistor VAXlari.




MDYA tranzistorlarning asosiy parametrlari:
Xarakteristika tikligi
USI = const bo‘lgandagi ;
Ichki (differensial) qarshilik


UZI = const bo‘lgandagi ;
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti


IS = const bo‘lgandagi



Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə