O’zbekiston respublikasi oliy Ta’lim Fan va Inovatsiya Vazirligi



Yüklə 86,49 Kb.
tarix10.11.2023
ölçüsü86,49 Kb.
#132804
11 mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


Oliy Ta’lim Fan va Inovatsiya Vazirligi

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi (sirtqi )
221- guruh talabasi
Mavlonova Fazilatning
“Matematika” fanidan
“Fakultativ darsni tashkil etish” mavzusida
Konspekt


Fakultativ mashg‘ulot jarayonlari esa bunday qiyinchiliklarning oldini olib o‘quvchilarda hosil bo‘lgan savollarga javob berishga va tushunchalarni bir-biridan farqlashga imkon yaratadi. Mashg‘ulot davomida ulush kasrning xususiy holi ekanligi, bir necha teng qismga ajratilgan obyektdan faqat bittasi olinganini ifodalashi, kasr tushunchasi esa teng bo‘laklarga ajratilgan obyektdan bir necha bo‘lakning olinganini ifodalay olishi tushuntirib o‘tiladi. Kasrlarni taqqoslashda maxraji bir xil kasrlarlarning surati kattasi katta bo‘lishi, surati kichigi esa kichik bo‘lishi, kasrlarni qo‘shish va ayirishda faqatgina suratlari qo‘shib- ayirilishi maxrajlari esa o‘zgarishsiz qolishi turli misollar yordamida qayta tushuntiriladi, mustahkamlanadi. Bu kabi mavzular yuzasidan fakultativ mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida quyidagi kabi masalalardan foydalanish ham yaxshi samara beradi: Nonvoyxonada 100 ta non yopildi. Bu hamma buyurtmaning 2/4 qismiga teng bo’lsa, jami nechta non buyurtma qilingan? Buyurtma- ? ta non Yopildi – 100 ta non– 2/4 qismi Yechish : 100*4 :2=200 (ta) Javob: Nonvoyxonaga jami 200 ta non buyurtma qilingan.  O’nli kasr mavzusida o‘quvchilar o‘nli kasrning mohiyatini anglashlari murakkablikka sabab bo‘ladi. Bu jarayonda o‘qituvchi fakultativ mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida o‘lchov birliklaridan foydalanib tushuntirishi maqsadga muvofiq. Masalan: 1 cm = 10 mm ekanligi o‘quvchilarga ma‘lum. Agar 1 millimetrni Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 122 santimetrda ifodalamoqchi bo‘lsak qanday yo‘l tutamiz? degan muammoli savollarni o‘quvchilar oldiga qo‘yib, tushunchani anglashlariga zamin hozirlash mumkin. 1 millimetrimiz santimetrni hosil qilishi uchun bunday millimetrlardan 10 ta kerak bo‘ladi. Demak, 1 millimetrimiz 1 santimetrning o‘ndan bir qismini ifodalar ekan. 1mm=0.1 cm Mashg‘ulot davomida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish yaxshi samaraga ega: Oddiy kasr ko’rinishida yozing. a) surati 5, maxraji 6 c) maxraji 10, surati 8 b) surati 2, maxrzji 4 d) maxraji 12, surati 5  Yuza o’lchov birliklari mavzusini o‘rganish davomida o‘quvchilar cm kv, dm kv, m kv tushunchalaridagi kvadrat so‘zi qanday hosil bo‘lgani va bir yuza o‘lchov birligidan ikkinchi yuza o‘lchov birligiga o‘tishga qiynalishadi. O‘quvchilar bilan mashg‘ulot davomida hal qilinadigan birinchi masala o‘lchov birligi ortidan qo‘llanilayotgan kvadrat tushunchasining mohiyatini ochib berish hisoblanadi. Bunda ikkita uzunlik o‘lchov birligi misol sifatida olinadi: 6 cm va 3 cm endi ularni ko‘paytiramiz.6 cm × 3 cm= bunda 6 × 3 sonlarining ko‘paytirilishidan 18, cm × cm uzunlik o‘lchovlarining ko‘paytirilishidan santimetr kvadrat tushunchasi hosil bo‘lishi aytib o‘tiladi. Ikkita bir xil sonning ko‘paytirilishidan kvadrat hosil bo‘lishi aytilmasa ham, bu kabi tushunchalarni mavzuning mohiyatini ochib berish uchun amaliy jihatdan o‘rgatish foydadan xoli emas. Ikkinci masala esa bir yuza o‘lchov birligidan ikkinchi yuza birligiga o‘tish. Bunda quyidagicha ish ko‘rish maqsadga muvofiq: 1 detsimetr kvadrat necha santimetr kvadrat ekanligini topish uchun 1 dm=10cm ga teng ekanligini ifodalab olamiz. Tenglikning chap tomonida 1 dm kv hosil bo‘lishi uchun 1 dm kv ga 1 dm kvni ko‘paytiramiz. Endi tenglik ishorasi o‘rinli bo‘lishi uchun tenglikning chap tomonida bajargan amalimizni tenglikning o‘ng tomonida ham bajaramiz, ya‘ni 10 cmni o‘z-o‘ziga bir marotaba ko‘paytiramiz. 100 cm kv hosil bo‘ldi. Demak, 1dm kv=100 cm kv Bu kabi mavzuga oid mashg‘ulotlarda darslikdan tashqari quyidagi masalalardan foydalanish mumkin: Oshxona devorining bo’yi 5 dm, eni 3 dm bo’lgan qismiga kafel plitkasini yopishtirish kerak. Agar har bir plitka yuzi 1 dm2 bo’lsa, nechta plita kerak?  Vaqt o’lchov birliklari mavzusi o‘quvchilar uchun kundalik hayot bilan bog‘liqligi bilan ahamiyatli bo‘lsa, ular orasidagi bog‘lanishni anglash jihatidan muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Mavzu davomida o‘quvchilar duch kelishi kuzatiladigan muammoli vaziyatlardan biri mexanik soatdagi strelkalar, ular orasidagi bog‘lanish, ular ifodalayotgan vaqt o‘lchov birligining mohiyatini anglash bo‘lsa, yana biri bir vaqt o‘lchov birligidan ikkinchi bir vaqt o‘lchov birligiga Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 123 o‘tishda yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar sanaladi. Bunday muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda o‘qituvchi fakultativ mashg‘ulot o‘tkazishi va bu mashg‘ulotga ijodkorlik bilan va amaliy tarzda yondashishi muammoning yechim topishiga yordam beradi. Mashg‘lot davomida qo‘llaniladigan topshiriqlar ham mashg‘ulotning qay darajada samarali bo‘lishini belgilab beradi: Anvar 3 ta dorini qabul qilish oralig’i 30 daqiqadan bo’lgan vaqt oralig’ida ichishi kerak. U dorilarni qabul qilishni 11: 30 da boshlasa, soat nechada yakunlaydi? Xulosa qilib aytganda, 3- sinf matematika darslarida fakultativ mashg’ulotlarni o’tkazish o’quvchilarga bilimlarni samarali berishda,ularga tanqidiy fikrlashni o‘rgatishda, bir masala yoxud muammoni turli xil yo‘llar bilan yechishda, shu bilan birgalikda o’rganayotgan tushunchalariga oid malaka hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1.Burxonov S., Xudoyorov O’., Norqulova Q.,Ruzikulova N. 3-sinf uchun darslik.T:”Sharq” nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,2019 2.Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G`.,,Boshlang`ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi”. Toshkent. TDPU, 2005 yil. 3.Jumayev M.E.,,Matematika o`qitish metodikasi” (KHK uchun ) Toshkent. Ilm Ziyo, 2011 yil. 4.Jumayev M. E.,,Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. (KHK uchun ) Toshkent. Ilm Ziyo, 2009 yil. 5.Jumayev E.E.,,Boshlang`ich matematika nazariyasi va metodikasi”. (KHK uchun) Toshkent. Turon-iqbol, 2011 yil
Yüklə 86,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə