О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə11/52
tarix05.10.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#125558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari.

Настройка времени buyrug`i orqali taqdimotni aniq bir vaqt davomida namoyish qilish imkoniyati mavjud.
Смена слайдов buyrug`i orqali taqdimot varaqlarining kelish parametrlarini, ya`ni varaqlarning paydo bo`lish holati, slaydlar orasidagi vaqt, avtomatik yoki foydalalanuvchi xohlaganda kelishi kabilarni o`rnatish mumkin. Taqdimot yaratib bo`lingandan so`ng Показ слайдов menyusining Начать показ buyrug`i orqali taqdimotni namoyish etish mumkin.
Prezi dasturi yordamida taqdimot tayyorlash
Prezi.com - bu Web-xizmat bo'lib, u orqali interaktiv multimediya taqdimotlarni (презентации) yaratish mumkin. Prezi.com Prezi ning asosiy sayti hisoblanadi va bu yerda interaktiv multimediya taqdimotlari yaratiladi
Prezi.com da ishlash uchun avval ushbu saytdan ro'yxatdan o'tiladi. Uning Public free, Enjoy va Pro kabi tariflari mavjud.
Basic - bepul tarif hisoblanib, bunda taqdimotlarni online tartibda yaratib, yaratilgan taqdimotlarni o'z kompyuterimizga saqlab olishimiz mumkin va fayllarni saqlash uchun serverda 100 MB joy ajratiladi.
Prezi.com taqdimot yaratishda va taqdimotni vizuallashtirishda keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, videomateriallar, rasmlar, musiqalar joylashtirish mumkin. Taqimot vaqtida fonga musiqa qo'shish mumkin
Prezi.com da tayyor shablonlardan foydalanish mumkin. Har bir shablon foydalanuvchi uchun kerakli imkoniylarni bera oladi. Tayyor shablonlardagi slayd ketma-ketligi avtomatik tarzda belgilab chiqilgan bo'ladi.
Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish. Prezi dasturida yangi taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’ektlarni joylashtirish
Flesh taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri bu - Prezidasturidir. Prezidasturining o`ziga xosligi shundan iborat-ki, bu dasturda taqdimotlar ketma-ket namoyish etiladi. Power Point bilan Prezi dasturlari orasidagi eng katta farq shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg’u beradi. Prezi g’oya, fikr va rejalar tarmog’ini qurush uchun ishlatiladi.
ZUI – (zooming user interface) ob’yektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko’rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o’zaro, to’gridan to’g’ri ko’rib, o’rganib chiqishga imkon beradi.
Umuman olganda, Prezi Windows operatsion tizimida ishlash uchun mo’ljallangan dastur. Prezi murakkab taqdimot yaratishda Adobe Flashning oxirgi versiyalaridan foydalanadi. Prezi dasturining uchta shakli mavjud:
 Prezi public  Prezi enjoy  Prezi pro.
Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo’lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma’lum bir to’lovlarni talab qiladi.
Canvas – (“mustahkam va dag’al mato” ma’nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya’ni maydon ko’rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo’ladi. ZUI texnologiyasi foydalanuvchilarga maydon bo’ylab erkin harakatlanish va ma’lumot qo’shish imkonyatlarini beradi.
Prezi dasturi kompyuter kabiplanshet, mobil telefonlarda ham ishlaydi. Dasturni oson va qulay shaklda o’rganish mumkin. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma-slayd ko’chmaydi, balki yangi joyga izma-iz keladigan yo’lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiriladi.
Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli bo`lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmentni kattalashtirish va kichiklashtirish mumkin.
Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis ishga tushirilgan.
Dasturda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini ko’rib chiqish mumkin. //prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo dastur versiyasi tanlanadi, so`ng ro`yxat shakli to`ldiriladi. Shaklni to’ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlanadi. Shundan so’ng bir necha shablonlardan iborat yangi oyna paydo bo’ladi. Toza varaqda ish boshlash uchun Start blank prezi varianti tanlanadi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə