О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi


Mavzu: Kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə2/52
tarix05.10.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#125558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari.

Mavzu: Kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Reja

  1. Kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

  2. O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti

Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy omillari EHM larning turli sohalarda tobora keng qo’llanib borayotganligidadadir.


Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya’ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda.
Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:

  • Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;

  • Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;

  • Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet -maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish

Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub o’zgarishlar bilan kechadi.
Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi. AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Informatika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo kompyuter dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur.
Bu esa kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy ko’nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi.
Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks etishi; tor ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat ixtiyoriy ma’lumotlardir. Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda-faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.
Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.
Axborot texnologiyalari-ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.
O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar-bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish.
Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakatlarida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan bo’ladi.



Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə