О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə4/52
tarix05.10.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#125558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari.

Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi.
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.
Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga aytarlik ta`sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi mumkin.
Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qanchalik ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz farqlansada, ma`nosini tushunib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba`zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb nomlangan bo'lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida "o'qish", "yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa xam, deyarli bir xil ma`noni va aynan bir xil vazifani bajaradi.
WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida yengilgina tashrif qog'ozlaridan tortib, gazetalaming asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin.
Harf o'lchamlari, ularning ko‘rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash, rasm va fotosuratlami joylashtirish, matnlarni ro'yxat va jadval ko'rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish bularning hammasi foydalanuvchiga yengillik yaratadi.
Bundan tashqari, video va audioyozuvlar ishni yanada ko'rkamroq qilish, imlo xatolarini avtomatik tarzda tuzatish imkonini beradi. Kompyuter uchun tuzilgan dasturlarda, odatda, darchalardan foydalaniladi. Darchalar majmuyi «panel» deb ataladi. Dastur menyusi esa ro‘yxatda ko‘rsatilgan buyruqlar ishini ta’minlaydi.



Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə