О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasasi


O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab quyidagicha tavsiflanadi



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə3/52
tarix05.10.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#125558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari.

O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab quyidagicha tavsiflanadi:

  • o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik o’qitish tizimlari;
    mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar;

  • laboratoriya mashg`ulotlari;

  • trenajyorlar;

  • ma’lumotnoma tizimlar;

  • kompyuterli o’yinlar.

Mavzu: Matn muharrirlari va protsessorlari. Matnli hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlash


Reja


1. Matn muharrirlari
2. Microsoft word protsessori bilan tanishish
3. Matnli hujjatni formatlash

Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo.




Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi:
 ma'lumotlarni kiritish;
 xatolarni tuzatish;
 belgilar, so`zlar, satrlar, abzatslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash;
 matnni biror "qolipga solish", ya'ni chap va o`ng tomonlarini to'g'rilash, satrlar orasidagi masofani o`zgartirish;
 matnni diskda saqlash;
 matnni diskdan o'qish;
 chop etish.
Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi.
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi
Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi xam katta axamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta`sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va xokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi xaqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o'zida saqlaydi. Bular maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga xar doim ham erishib bo'lmaydi.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o'rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o'zlashtirib olasiz.
Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə