O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim



Yüklə 235,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.10.2023
ölçüsü235,86 Kb.
#125189
Biznesni boshqarish ATRABOTKA-2



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI
“IQTISOD” yo’nalishi 2-bosqich 22-01 guruhi talabasi
POZILOV SHOKIRJONNING
BIZNESNI BOSHQARISH 
fanidan yozgan
QAYTA TOPSHIRISH
ISHI
Mavzu: Biznesni boshqarish madaniyati
Topshirdi:
___________________
Qabul qildi:
____________________
____________________
Namangan 2023


REJA:
1. Madaniyat va biznes boshqaruvi.
2. Biznesni boshqarish madaniyatining asosiy unsurlari.
3. Raxbarlik uslubi tushunchasi.
4. Biznesni boshqarishda qo’llaniladigan uslublar.
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi
ko’rsatkichi bo’lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati,
ayrim shaxs madaniyati, va nixoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati
xaqida so’z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar
yaratuvchi turlarga bo’linadi. Shu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat fark
qilinadi. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi
ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi.
Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi,
san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar
rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam
madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi
yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat
bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. 
Insoniyat madaniyati usuvchan, o’zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalni
avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada
rivojlanishi mumkin. O’zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida
shakllanib, uni saklash, rivojlantirish ko’p millatli respublikaning yuqori
ma’lumotli insonlari fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir. Inson xayoti
faoliyatining muxim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy
boylikka ega bo’lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini egallashdir. Biznes
boshqaruvi madjaniyati juda muximdir. Insoniyat o’z rivojlanish jarayonida juda
katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv
samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va
rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuqsalishi bilan bog’liqdir.
chunki, menejment yo’llari, usullari, vosita va uslublariga tankidiy baxo berish
yo’li bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida kulanishi uchun ajratib olindi.
1. Madaniyat va biznes boshqaruvi. Biznes Boshqaruvida xuquqiy meyorlar
davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy meyoriy xujjatlarda aks etadi. Uning
jumlasiga daslvt korxonasi to’g’risida qonun, tadbirkorlik xaqida, mulk to’g’risida
qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini
xisobga ololmaydi. Shu sababli, xar bir korxona, qonunga asoslangan xolda,
korxonada ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi meyoriy
koidalar o’rnatiladi. Iqtisodiy meyorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi 


lozim bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit
meyorlari, ssudalar olish tartibi, amortizasiya meyorlari, maxsulotning xisoblangan
baxosi, foyda meyori, rentabellik meyori, fondlar uchun tulovlar, byudjetga
tulovlar, iqtisodiy ragbatlantirish meyorlari kiradi. 
Tashkiliy meyorlar tashkilot tarkibini, aloxida bo’linma va shaxslar faoliyati
tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni
qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi. Texnikaviy meyorlar
korxonaning va uning bo’linmalarining boshqaruv uchun zarur uskuna, texnika va
transport vositalari, asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi. Estetik
talablar va meyorlar xam boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan texnika vositalari
va uskunalari, xam boshqaruv xodimlarini urab turuvchi tashqi muxit uchun
belgilanadi. 
2. Biznes boshqaruvi madaniyatining asosiy unsurlari. Biznes boshqaruvi
madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlari
madaniyati, mexnat sharoiti madaniyati va xujjatlar yuritish madaniyati kiradi.
Biznes boshqaruvi madaniyatining barcha unsurlari o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir
etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshqaruv xodimlari madaniyati yetakchi
ahamiyatiiyatga ega. Biznes bosharuv jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga
erishish va o’z mexnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak. Xar bir
korxona va tashkilot menejeri o’z vazifasini bajarish jarayonida jamoaning boshqa
a’zolari bilan munosabatda bular ekan ishbilarmonkishilar urtasida mavjud axloqiy
koidalarga buysunadi. Xar bir jamoada xayrixoxlik, insonga xurmat muxiti mavjud
bo’lishi kerak. Boshqaruv madaniyati sansalorlik, mansabparastlik, shavkatsizlik,
ko’pollikka ziddir. Boshqaruv tizimida, shuningdek, davlat meyorlariga rioya
kilmaslik, va’dabozlik, faoliyatga noto’g’ri baxo berish va boshqa xususiyatlarga
yo’l quyib bulmaydi. Amaliy faoliyatda fandan foydalanish. Mexnatga ijodiy
yondashish, tadbirkorlik, javobgarlik, tashabbus va mustaqillik, xo’jasizlikka,
byuroqtatizm, qonun bo’zuvchilikka, murosasizlik, vijdoniylik, kamtarlik va
oddiylik boshqaruv xodimlari madaniyatini ifodalaydi.
Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta’minlashning asosiy yo’llari -
boshqaruv ilmini chukur egallash, umumiy madaniy darajasi va malakasini
muntazam oshirib borish, o’z faoliyati natijalarini taxlil etish va tushunish, ijobiy
shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdan iborat. Boshqaruv madaniyati uchun boshqaruv
jarayonini tashkil etish madaniyati darajasi muxim ahamiyatiiyatga ega. Boshqaruv
jarayoni madaniyatiga rioya qilish korxonada zamonaviy boshqaruv jarayoni
qo’llanilishini bildiradi. Boshqaruv jarayoni madaniyati shuningdek, boshqaruv
mexnatini (boshqaruv mexnatini maqbul taksimlash, kooperasiya qilish va
chegaralash, ishchilar sonini meyorlash, qadrlarni to’g’ri joylashtirish va ulardan
foydalanish) va ishlovchi ish joyini (ish joyi va binoning kulayligi, ularning
sanitariya-tozalik talablariga javob berishi), maqbullashtirishsh, majlislarni,
suxbatlarni, tashrifchilarni qabul qilish, uchrashuv, telefon orqali surash,
mexnatkashlar xatlari bilan tanishishni to’g’ri tashkil etish va rasmiylashtirishni
xam kamrab oladi. 


Boshqaruv jarayonida turli-tuman texnika - oddiy kalkulyatordan tortib
murakkab EXMlargacha qo’llaniladi. Biznes boshqaruvlar bu texnika
imkoniyatlari va maqbul foydalanish soxalarini bilishlari lozim bo’lib, bu
boshqaruv madaniyati darajasini bildiradi. Boshqaruv madaniyatining ajralmas
unsuri - xujjatlar yuritish madaniyatidir. Xujjatlarning boshqaruv jarayonidagi
ahamiyatiiyati juda katta, chunki boshqaruvning biror-bir vazifasini xujjalar
asosida yetkazilib beriluvchi axborotsiz amalga oshirib bulmaydi. Xujjatlardagi
axborot korxona tashqi va ichki faoliyatining xamma tomonini kamrab oladi.
Boshqaruv jarayonining barcha operasiyalari amalda xujjatlardan boshlanib,
xo’jatlar bilan tugaydi. Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish - uning bara
unsurlarini takomillashtirish demakdir. 
3. Raxbarlik uslubi tushunchasi. Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir
raxbarning boshqaruv jarayonida kullovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va
xarakatlari yigindisidir. Mutlako uxshash kishilar bulmagani kabi vazifalar ko’pligi
sababli mutlako bir xil boshqaruv uslubi xam bulmaydi. Raxbar fakat o’ziga xos
xususiyat va sifatlar vositasida fakat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu
ma’noda uslub raxbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati
xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, raxbar jamoaning natijaviy
maksadin kura biladi va uni shu maksad sari yunaltiradi. Raxbar ishning
moxiyatiga tushungan va uni chukur urgangan xolda mutaxassislar faoliyatini
moxirona birlashtirish va yunaltirishi kerak. 
Tashlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha raxbar va
mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi. Boshqaruvning xar bir
vazifasi o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu sababli unga som usullarni talab
etadi. Nazariy jixatdan boshqaruv apparatining umumiy uslubi aloxida boshqaruv
tashkilotlari uslublari yigindisidan iborat bo’lishi kerak. Lekin amalda aloxida
tashkilotlarning turli uslublari o’zaro birlashib, bir-birini boyitadi va natijada,
butun boshqaruv apparatiga xos bo’lgan o’ziga xos boshqaruv uslubi vujudga
keladi. Xisobchining yuqsak darajadagi aniqligi, mexaniqning extiyotkorligi,
iqtisodchining rejaliligi va x.k.bilimlarni boshqarish uslubini belgilovchi
majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bo’ladi jamoaning xar bir a’zosi o’z
uslubini kiritadi, va shu yo’l bilan ushbu jamoa boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Ko’pincha jamoadan biror xodim ketib, urniga yangi kishi kealdi. U, odatda
jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin. U mavjud
uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga to’g’ri keluvchi uslub yaratishi
lozim. Albatta uning ishlash uslubi mexnat jamoasi uslubiga xam ta’sir ko’rsatadi. 
Obruga ega bulmay muvaffaqiyatli raxbarlik qilish mumkin emas, lekin
obruga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni o’z misolida ko’rsatish bilan,
uni qanday bajarish xaqida so’zlash bilan, fakat talabchanlik va kat’iylik bilan
emas, bilim va kunikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv san’atiga ega
bulmagan raxbar qabul qilingan qarorlar samarali bo’lishini ta’minlay olmaydi.
Lekin inson raxbar bo’lib tugilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi. Raxbar ish
uslubi korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish 


vazifalari vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning xar biri boshqa vazifalar bilan uzviy
bog’liq xolda ta’sir kiladi va uslubning foyda xamda korxona faoliyatini
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga
kiruvchi boglovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish
natijalari o’zaro aloqasi tizimi raxbarlar bilim va kunikmalari, boshqaruv jarayoni
texnologiyasi, mexnat intizomi vositasida amalga oshadi va raxbar tomonidan
qo’llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog’liq bo’ladi.
4. Biznes boshqaruvida qo’llaniladigan uslublar. Biznes boshqaruvida uchta
asosiy uslub ajratib ko’rsatiladi: avtoritar (yoki buyruq, avtokrat); demokratik
(yoki kollegial), liberal. Avtoritar raxbar o’z kul ostidagilarni majburlash,
takdirlash yoki an’analarni rukach qilish yo’li bilan o’z irodasiga
buysundiradi.Duglas Mark Gregor (boshchilik soxasida mashxur amerikalik olim)
«X» nazariyasi deb atagan avtokrat faoliyati ijrochilar kobiliyatini xisobga
olmaydi. Mak Gregor uning usullarini «U» nazariyasi deb atovchi demoqratik
raxbar, o’z kul ostidagilar qaror qabul qilishda katnashuvga kul kuyadi, ularga
ishontirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatadi. Liberal raxbar o’z kul ostidagilarga tulik
erkinlik beradi. Michigan universiteti professori R. Laykert raxbarlarni ishga
yunalgan, xamda insonga yunalgan turlarga ajratadi. Ishga yunalgan raxbar
maksimal unumdorlik va yaxshi mexnatni ragbatlantirish tizimi mavjud bo’lishi
xaqida gamxurlik kiladi. insonga yunalgan raxbar insoniy munosabatlarni
yaxshilash yo’li bilan ta’sir ko’rsatishga intiladi. 
Biznes boshqaruvining avtoritar uslubida xodimlar fakat ularga buyurilgan
vazifani bajarishlari lozim, bunda ular fakat eng kam zarru axborotga ega
bo’lishlari kerak. Raxbarlikning avtoritar usuli armiya va flotda qo’llaniladi. U
rasmiy tizim, nizomda ko’rsatilgan xarbiylar xuquq va burchlariga tayanadi.
Avtoritar uslubning afzal tomoni buysunuvchilarga ta’sir etishning markazlashgan
bo’lishidir. Shu sababli, avtoritar uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul uslubda
ta’sirlar tezkor va maqbul bo’lishga oson erishiladi. Lekin bu uslub xodimlar
tashabbuskorligini ragbatlantirmaydi. Raxbar o’z xodimlari mexnati
samaradorligini oshirishda kiyinchilikka duch keladi. Bunday raxbarning eng katta
kamchiligi - tashabbusni bugish, kul ostidagilar ijodiy kuchlaridan
foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir. Raxbar tomonidan avtoritar uslub
qo’llanilishini saklovchi tashqi omillar - yomon intizom, tashkiliy ish yaxshi
tashkil etilmaganligi, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishga vaqt
yetishmaslikdir. Ba’zan jamoa murakkab sharoitga duch kelganda avtoritar uslub
zarur bo’ladi. Raxbarning shaxsiy sifatlaridan kelib chikuvchi ichki omillar xam
mavjud. Bunday raxbar ish uslubini o’zgartirishi uchun u o’z ustida doimo
ishlashi, shuningdek, yuqori tashkilot tomonidan ta’sir etish zarur. 
Raxbarlik qilishning demoqratik uslubi qarorlar qabul qilish va yechishda
jamoa a’zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning
muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan ko’prok foydalaniladi,
raxbar o’z vakolatiningbir qismini kul ostidagilarga topshiradi. Raxbarlik
qilishning demoqratik uslubida xodimlar o’z ishi istikboli xaqida tushunchaga ega


bo’lish uchun yetarli axborot oladilar. Demoqratik uslubning afzalligi - xodimlar
tashabbuskorligi va o’z ishidan mamnun bo’lishi uchun kulay sharoit yaratilishidir.
Demoqratik uslub «pastdan pastga» munozara qilish va tankid tamoyillariga
asosolanadi. Eng muxim qarorlar jamoa faollari tomonidan raxbar boshchiligida
qabul qilinadi. Ko’p xollarda qarorlar majlis va yigilishlarda qabul qilinadi. Lekin
bu uslub xam kamchiliklardan xoli emas. U manozara va muxokama uchun vaqt
bulmagan, boshqaruv qarorini tez qabul qilish zarur bo’lgan vaziyatlarda foyda
bermaydi. Demoqratik uslubni kullovchi raxbar o’z kul ostidagilarga shaxsiy
tashabbuskorlik, mustaqillikni namoyon qilishga imkon yaratadi, lekin ular izmida
bulmaydi. U odatda o’ziga buysunuvchilar ishi tavsilotlarini surishtirmaydi,
mayda-chuyda ishlarda yo’l-yurik ko’rsatmaydi va nazorat kilmaydi, lekin doimo
ular faoliyati natijasi bilan kizikadi, zarru bo’lgan xollarda maslaxat beradi.
Bunday raxbarlik ostidagi xodimlar ishdagi vaziyat xaqida tulik axborotga ega
bo’ladilar. Raxbar mutaxassis fikrini xisobga oladi, jamoada xamkorlik uchun
kulay vaziyat yaratish uchun xarakat kiladi. 
Raxbarlikning liberal uslubi raxbarning jamoa faoliyatiga minimal
aralashuvi bilan xaraqterlanadi. Raxbar bunday xolda mexnat jamoalariurtasida
vositachi vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan ta’minlaydi.
Liberal uslub maksad aniq va xodimlar ishi individual xususiyatga ega bo’lgan
xoldagina qo’llanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar o’z faoliyatini
rejalashtiradilar va tashkil etadilar, raxbarga esa fakat zarur xollardagina murojaat
kiladilar. Liberal uslub ko’prok ilmiy-tadkikot ishlariga raxbarlik qilishda
qo’llaniladi, chunki bu xolda ijodiy faollik va mustaqillik talab etiladi. Ishlab
chiqarish sharoitida liberal uslubni qo’llab bulmaydi. Amalda aniq bir uslub sof
xolda qo’llanilmaydi ko’p xollarda bir qancha uslublar kombinasiyasidan
foydalaniladi. Faol raxbar ongli ravishda u yoki bu uslubning ijobiy tomonlaridan
foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga xarakat kiladi. Lekin barcha
uslublar bir xil kuchga ega deb xisoblash noto’g’ri bo’ladi. Doimo raxbarlik
qilishning demoqratik usuli afzal quriladi. Xuddi mana shu uslub istikbolga ega,
uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur. 


XULOSA
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi
ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi.
Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi,
san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar
rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam
madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi
yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat
bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. Raxbar ish uslubi
korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari
vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning xar biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog’liq
xolda ta’sir kiladi va uslubning foyda xamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi
ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi boglovchi
bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o’zaro aloqasi
tizimi raxbarlar bilim va kunikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mexnat
intizomi vositasida amalga oshadi va raxbar tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv
usuli bilan bog’liq bo’ladi.


ADABIYOTLAR:
1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T: О‘zbekiston.
2. О‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Xususiy korxona
tо‘g‘risida”gi Qonuni.
3. О‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari tо‘plami. “Monopoliyaga
qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” : О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010 yil 26 fevraldagi PF-4191-son Farmoni
4. О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami – 9 son – 2010- 9
mart.
5. “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish
bо‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari tо‘g‘risida: О‘zR Prezidentining Farmoyishi.
6. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor
yо‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi”
Farmoni// Xalq sо‘zi, 2005, 15 iyun.
7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari
tomonidan taqdim etiladigan xisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy
talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida” Farmoni// Xalq sо‘zi,
2005, 15 iyun.

Yüklə 235,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə