O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
tarix30.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#125089
O’TAGANOV ZARIF 1Simenar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TIL VA ADABIYOT YO’NALISHI
4-BOSQICH 427-GURUH TALABASI
O’TAGANOV ZARIFNING
YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu: Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari
Reja:
1, Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani
2,Gigiyena
3, Gigiyenaning asosiy maqsadi
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rеjasiga kiritildi
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi. Yosh fiziologiyasi fani- turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kеchadigan o`sish va rivojlanish jarayonlariniorganlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'еkt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada. Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat.
Gigiyena grеkcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mеhnat gigiyenasiovqatlanish gigiyenasi, epidеmologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.
Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish. Tananing har qanday morfologik xususiyati o'zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi.
Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.
Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə