O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171
 
 


23 
2-bo„lim. O„YIN TEXNIKASI TASNIFI 
 
O„yin texnikasi:
Gandbol o„yinida to„p bilan va to„psiz usullar 
bajariladi. Qo„yilgan maqsadga erishmoq uchun o„yinda qo„llaniladigan 
xilma
-
xil maxsus usullar yig„indisi gandbol texnikasini tashkil etadi. 
Gandbol o„yin texnikasi maydon o„yinchisi va darvozabon 
texnikasiga ajratiladi. 
Har qaysi bo„lim harakatlanish texnikasi va to„pni boshqarish 
texnikasi bo„limchalariga ajratiladi. Kichik bo„limlar turli usullarda ijro 
etiladigan aniq texnik usullardan – harakatlanish texnikasi uslublari va 
usullaridan iborat. Bulardan maydon o„yinchilari va darvozabon 
foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy 
bo„lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari 
gandbol texnikasini yanada turli
-
tuman qiladi (6
-
jadval).
Gandbol o„yini texnikasi ikkita asosiy katta qisimga “hujum” va 
“himoya texnikasi”ga ajratish mumkin. Hujum texnikasida “harakat” va 
“to„pga egalik qilish” usullari, timoya texnikasida esa “harakat” va 
“to„pga qarshi egalik qilish” usullariga ajratiladi. Har bir tarkibiy qism 
o„yin faoliyatini o„z ichiga oladi, ular o„z navbatida bir necha usulda 
amalga oshiriladi.
1) texnikani bajarayotganda qo„l va oyoq harakatlarining soni 
(bitta yoki ikkita); 
2) qo„lning to„p bilan yelka holatiga nisbatan harakati (yuqori, yon, 
pastki); 
3) to„pni uzatish usulllari harakati (siltash, zarba). 
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda 
aldamchi harakatlar usuli o„yin texnikasining asosini tashkil etadi. 
Dastlabki holat – turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. 
Baland va past holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat 
belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko„pincha baland holatda turish 
(oyoqlar ozgina bukilib), oralig„i yelka kengligida, gavda sal oldinga 
egilib, qo„llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o„yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o„sha 
o„yinchi ko„proq foyda keltiradi. Shuning uchun har bir o„yinchi tez 
start olishni, yugurayotib yo„nalishni o„zgartirishni, to„xtash va 
sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni 
bilishi shart. 
Gandbol texnikasini tasniflash o„yin texnikasini obyektiv prinsipga 
muvofiq 
taqsimlashga asoslangan. Hujumdagi 
o„yin texnikasi 


24 
quyidagilarni o„z ichiga oladi: to„pni harakatlantirish, qabul qilish va 
o„tkazish, yerga urib olib yurish va to„pni tashlash.
6
-
jadval 
O„rganilayotgan 
materialni 
surunkalashtirish 
usul 
turlarini 
tuzukroq tushunishga, ularni to„g„ri tahlil qilishga, ta‟lim va olingan 
bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga 
yordam beradi. 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə