O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171
-
rasm). 


38 
18
-
rasm 
Harakatda otish uchun qo„l va oyoqlarning ishini muvofiqlashtirish 
juda muhimdir. Texnikani amalga oshirish o„yinchi birinchi qadamni 
qarama
-
qarshi oyoq bilan, otishga hech qanday tayyorgarlik 
harakatlarini qilmasdan boshlaydi. Keyin qo„lini uzatib, gandbolchi 
yugurish yo„nalishi bo„yicha bir chetga o„girilib, oyoqni shu tomonga 
burchak ostida qo„yib, ikkinchi qadamini qo„yadi. Qarama
-
qarshi 
oyoqning o„rnatilishi bilan otish tugaydi. 
Darvozadan qaytgan to„pni qayta otish. Darvoza ustunlariga urilib 
yoki darvozabondan qaytgan to„pni bir yoki ikki qo„llab darvozaga otish 
mumkin. Bu harakat sakrab, keyin esa yiqilgan holda bajariladi. 
Keyingi vaqtlarda darvozabonning to„p otayotgan o„yinchiga 
peshvoz chiqishi amalda ko„p qo„llanilmoqda, Bunday holatda, tepsinib, 
yuqoridan baland trayektoriyada to„p otishlar (darvozabon ustidan 
oshirib), ma‟lum bo„lishicha, juda sermahsul hisoblanadi. To„p otishning 
bajarilishi odatdagi usulda boshlanib, oxirida esa to„pning trayektoriyasi 
o„zgartiriladi. 
To„pni yerga urib sapchitib otish – darvozabonlar uchun eng 
murakkab to„p otishdir. Ayniqsa, otgandan so„ng sapchib, aylanib, o„z 
trayektoriyasini o„zgartiradigan to„pni olish darvozabonlar uchun juda 
katta qiyinchilik tug„diradi. Odatda, bu usul burchakdan hujum qilish 
paytida qo„llaniladi. To„pni otish joyiga qarab o„ngga yoki chapga 
aylantirib otish mumkin. To„pni aylantirishga bilak va kaftning tezkor 
harakatlari va barmoqlarning faolligi tufayli erishiladi. 
Chalg„itishlar (fint).
Bu usulni to„psiz va to„p bilan bajarish 
mumkin. To„psiz chalgitishlarda ko„proq uni qarshiliksiz qabul qilish 
uchun himoyachilaming yaqinida turganda ta‟qibdan qutilish maqsadida 
foydalaniladi. To„p bilan chalg„itishlar uzatishni, otishni yoki yerga urib 
yurishni qarshiliksiz bajarish uchun qo„llaniladi. 


39 
Chalgitishlar 
murakkab 
harakatlar 
yordamida 
bajariladi, 
hammasidan ko„proq bir
-
biriga bog„liq bo„lgan bosqich (faza): 
anchagina sekin chalg„itish harakati texnik usulining qulay paytida 
qo„llanilishi va tez asosiy usulni amalga oshirishga bog„liqdir. 
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan chalgitishlar ikki 
turga bo„linadi: oddiy va murakkab. Bir harakatdan ikkinchi harakatga 
o„tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o„tishga shuncha 
imkoniyat yaratiladi. 
To„pni uzatishda usullarni o„zgartirib to„p yo„nalishini va to„p 
uzatishda to„xtab qolish paytlarida chalg„itishlar qo„llaniladi. Eng ko„p 
tarqalgan chalg„itish – bu to„pni otmoqchi bo„lib, so„ng to„pni uzatishdir 
(bosh orqasidan, orqa va yon tomondan). 
To„p otishda to„pni uzatayotganday harakat qilish yoki bir usulda 
to„p otmoqchi bo„lib, ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to„p 
otmoqchi bo„lib yerga tushib, himoyachini aldab o„tish juda foydalidir. 
Chalg„itishlarni, ayniqsa, himoyachini aldab o„tishda qo„llash 
muhimdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo„lishi mumkin. Chalg„itish 
sifatida qadam qo„yish va to„p uzatishlardan foydalaniladi. 
To„siq.
Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutilishi 
uchun qo„llaniladigan foydali vositadir. Gandbol o„yinida to„siqlarni 
yakka holda va o„yinchilar guruhi tomonidan qo„yilishi mumkin. 
Guruh bo„lib to„siq qo„yish 9 metrli erkin to„p tashlash chizig„idan 
to„p otishda qo„llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin 
turib, to„p egallamoqchi bo„lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan 
himoyachilar yo„lini to„sishdan iboratdir. 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə