O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti


- yilda Respublikamizda gandbol bo„yicha birinchi chempionat  o„tkazildi. 1960 -



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
-
yilda Respublikamizda gandbol bo„yicha birinchi chempionat 
o„tkazildi. 1960
-
yilgacha O„zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim 
yurtida ta‟lim oluvchi kursantlar orasida 11x11 gandbol musobaqalari 
o„tkazilgan. 1960-yili Xarkov shahrida yoshlar orasida gandbol bo„yicha 
Butunittifoq musobaqalari o„tkazildi va shundan so„ng sportning bu turi 
mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960-yilda O„zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya institutida ilk bor gandbol mutaxassisligi bo„limi 
ochildi. 1960-yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16
-
20 
jamoa qatnasha boshladi va O„zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq 
musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. 1962-yili Tbilisi 
va 
Sverdlov 
shaharlarida 
o„tkazilgan 
ikkinchi 
sobiq 
Ittifoq 
chempionatida 
erkaklar 
orasida 
O„zbekiston 
terma 
jamoasi 
muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo„llanma oldi.
O„zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, 
M.Jukov, 
B.Pikin, 
V.Ogirenko, 
M.Sirotenko, 
M.Magdullin, 


13 
A.Oleynikov, N.Rahmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O„zDJTI va 
Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq 
chempionatlarida 
jamoaga 
V.Sevastyanov 
va 
V.Lemeshkovlar 
murabbiylik qilgan.
O„zbekiston gandbolchilari 1972
-
1973-yillarda yuqori natijalarga 
erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o„tkazilgan 
chempionatda oltinchi o„rinni egalladilar. O„zDJTI jamoasi Butun
-
ittifoq talabalar o„rtasidagi musobaqalarda uch karra g„oliblikni qo„lga 
kiritdi.
O„zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983-yillarda sobiq 
Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o„rinni egalladi. 20 dan 
ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. Shular jumlasidan 
o„zbek qizi Marg„uba Artiqboyeva O„zbekistonda birinchi bo„lib shu 
unvonga ega bo„ldi.
Toshkentda dastlabki yoshlar va o„smirlar sport maktablari 60
-
yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o„quvchilari spartakiadalarida 
muntazam ishtirok etib, 1975-yili qizlar 3-o„ringa, o„smirlar esa 1979-
yili oltinchi o„ringa sazovor bo„lishdi. Keyinchalik ushbu sport 
maktablarida shug„ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor 
Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o„rtasida jahon chempionlari 
S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga 
qabul 
qilingan 
S.Orlov, 
V.Antonov, 
S.Kalmikov, 
G.Travkin, 
I.Axmadiyev, B.Proxorovlar “Xalqaro sport ustasi” unvoniga sazovor 
bo„lganlar.
O„zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun 
F.Abdurahmonov, 
V.Kaplinskiy, 
V.Ogirenko, 
E.Golovchenko, 
V.Konaplev, V.Izaaklar “O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan murabbiy” 
unvoni bilan taqdirlandilar.

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə