O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti


- yilda I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o„tkazilgan.  Gandbol o„yini Olimpiada o„yinlari dasturiga dastlab 1936 -



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
-
yilda I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o„tkazilgan. 
Gandbol o„yini Olimpiada o„yinlari dasturiga dastlab 1936
-
yilda 
kiritildi (Germaniya, Berlin). O„shanda musobaqalarda faqat 6 ta 
erkaklar jamoalari qatnashgan edilar. Olimpiada o„yinlari davrida 
Xalqaro Gandbol federatsiyasining 4
-
kongresi bo„lib o„tdi. Bu 
kongressida 7x7 va 11x11 ko„rinishda gandbol bo„yicha jahon 
chempionatlarini o„tkazish to„g„risida qaror qabul qildi. 1938
-
yildan 
boshlab gandbol bo„yicha Jahon chempionatlarining o„tkazilishi 
rejalashtirildi va shu yildan boshlab o„tkazila boshladi. Chempionatlar 
birinchi navbatda erkaklar jamoalari ishtirokida o„tkazildi. Jahon 
chempionatida Germaniya terma jamoasi g„olib bo„ldi. 
1941
-
1945-yillardagi Ulug„ Vatan (Ikkinchi jahon urushi) urushi 
uzoq vaqt davomida jahon sportining rivojlanishini to„xtatib qo„ydi. 
Gandbol ham bundan mustasno emas edi. Urushdan keyingi yillarda 
1946
-
yilda Xalqaro Gandbol Federatsiyasi (IGF) tashkil etilishi bilan 
o„yin rivojlanishida yangi yuksalish boshlandi. U jahon gandbolini qayta 
tiklashga qaratilgan harakat dasturini tasdiqladi, erkaklar va ayollar 
jamoalari ishtirokida gandbol bo„yicha jahon chempionatlarini 11x11 
ko„rinishda o„tkazdi.
1948
-
yilda Fransiyada 11
×
11 gandbol bo„yicha erkaklar 
o„rtasidagi jahon chempionatida 12 ta jamoa ishtirok etdi, unda shvedlar 
terma jamoasi g„olib bo„ldi. 
1949
-
yilda Vengriya terma jamoasi Budapeshtda ayollar 
o„rtasidagi jahon chempionatida g„olib bo„ldi. Kelajakda jahon 
chempionatini har to„rt yilda bir marta o„tkazishga qaror qilindi. Jami 7 
ta erkak va 3 ta ayollar gandbol chempionati 11x11 formatida o„tkazildi. 
1966
-
yilda 11x11 gandbol bo„yicha yettinchi va oxirgi jahon 
chempionati bo„lib o„tdi, u xalqaro o„yin darajasida mavjud bo„lib, 7x7 
gandbolini rivojlantirish imkoniyatini berdi. 1954
-
yilda Shvetsiyada 
erkaklar jamoalari o„rtasida gandbol bo„yicha jahon chempionati bo„lib 
o„tdi. Shvetsiyaliklar g„alaba qozonishdi va ayollar Yugoslaviyada 7x7 
gandbol bo„yicha birinchi chempionatni 1957
-
yilda o„tkazdilar. Birinchi 
o„rinni Chexoslovakiya jamoasi egalladi. 



1972
-
yilda Myunxen shahrida o„tkazilgan XX Olimpiada o„yinlari 
dasturiga gandbol o„yini yana kiritildi. Musobaqalar yopiq sport 
inshootlarida o„tkazildi va musobaqada faqat erkaklar jamoalari 
qatnashib, unda Yugoslaviya gandbolchilari g„alaba qozondi.
1976
-
yilda Monreal shahrida o„tkazilgan XXI Olimpiada o„yinlari 
dasturidan gandbol o„yini to„laqonli ravishda joy oldi. Musobaqalarda 
erkaklar jamoalari bilan bir qatorda ayollar jamoalari ham ishtirok etish 
huquqini olishdi. Musobaqada SSSR ayollar jamoasi gandbolchilari 
g„alaba qozondi. 
Gandbol taraqqiyotida tamomila yangicha yo„nalish yuz bera 
boshladi. Mazkur vaziyatni Olimpiada o„yinlari, Jahon chempionatlari, 
Osiyo 
chempionatlari 
musobaqalari 
davomida 
turli 
mamlakat 
jamoalarining erishgan yutuqlari misolida ko„rish mumkin (1,2,3
-
jdavallar). 
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 174 
davlati a‟zo bo„lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan 
shug„ullanadi.
O„yinning rivojlanish tarixida bir necha bosqichlar mavjud bo„lib, 
ular quyidagilar: 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə