Trenajyor – bu butun bir mashqni yoki ularning asosiy
elementlarini harakatlar rejimi reglamenti va ularning maqsadli
ishlatilishini ta‟minlovchi maxsus yaratilgan sun‟iy sharoitlarda bajarish
imkonini
beruvchi
qurilma
hisoblanadi.
Ammo
gandbol
trenajyorlarining ustunligini inobatga olgan holda mutlaqo aniq
harakatni samarali ishlab chiqishga yordamlashuvchi mashg„ulot
anjomlarining ishlab chiqishidan voz kechib bo„lmaydi.
Gandbolchilarning o„zlari va ularning murabbiylari uchun tezkor
axborot olish imkoniyati bo„lishi lozim, masalan, kuchli trenajyorlar bir-
biridan, asosan, o„z kuchini rvojlantirish qobiliyati bilan farqlanadi.
Tezkor aloqa kanali orqali o„yinchiga o„z harakatlarini nazorat qilish
imkonini beruvchi kuch, tezlik, tezlanish ko„rsatkichlari bilan
jihozlangan kuch turniklari bo„lsa, o„yinchilarning takrorlanuvchi
harakatlarini bajarishga bo„lgan qiziqishi ortadi.
Bunday imkoniyatli mashqlarni televizor monitoriga o„zgaruvchan
o„yin vaziyatlari ko„rinishida namoyon qilishda mashqlarni bajarish
jarayonini dasturlash imkonini beradigan hisoblash texnikasi vositalari
va o„yin dasturlari bilan jihozlangan o„yin trenajyor vositalarini qo„llash
muhim sanaladi.
Trenajyorlar yordamida sportchi mushaklar harakatini majburiy
amalga oshirishini ta‟minlash muhim. Bunday holatda xatoliklar bo„lishi
mumkin emas, chunki trenajyor sportchi harakatlaridan mustaqil
ravishda harakatlarining optimal dasturini bajaradi. Sportchining,
208
ayniqsa, qo„l va oyoqlariga ta‟sir etadigan ”biomexanik stanok” deb
nom olgan trenajyorlar, ayniqsa, kompyuterlashtirilgan variantlardagilar
gandbolchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi (190
- rasm).
190