O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘


II. O’quv fanining maqsad va vazifasi



Yüklə 155,13 Kb.
səhifə2/7
tarix10.07.2023
ölçüsü155,13 Kb.
#119451
1   2   3   4   5   6   7
FAN DASTURI

3.

II. O’quv fanining maqsad va vazifasi
Xorijiy tilni o’rganishdan asosiy maqsad – bo’lg’usi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassisalrni tayyorlash. Shu bilan birga, ularda vatanparvarlik hissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va ko’nikmalarini darsdan tashqari, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish malakalarini hamda umumbashariy va sohaga oid ilmiy mavzularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar ilgari suriladi:

  • talabalarning nutqiy (o’qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik komententsiyalarini DTSi talablariga binoan rivojlantirish;

  • ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga bog’liq mavzular yuzasidan og’zaki va yozma ravishda bayon etish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • umumbashariy va milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, madaniyatlararo bag’rikenglik va millatlararo hamdo’stlik hislarini singdirish;

  • ilmiy va kasbiy faoliyatda qo’llaniladigan termin va atamalarni o’rgatish;

  • talabalarning ilmiy va sohaviy yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda mustqil ishlarini tashkil etish.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyida keltirilgan talablar qo’yiladi. DTSlariga ko’ra chet tili bo’yicha B2 va undan yuqori darajalarni egallagan bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar asosida quyidagi kompententsiyalarni egallash ko’zda tutilgan.
Lingvistik kompetentsiya
Nutqiy kompetentsiya:
Tinglab tushunish:
keng ko’lamli nuqt yoki qator murakkab fikrlar bayonini;
ma’ruza, nutq, bayonot, tafsilotli yo’riqnomalar, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlar, so’rov va fikrlarning mohiyatini;
e’lon va xabarlarni;
tanish va notanish konteksdagi murakkab autentik nutqni;
o’rganilayotgan til egasi bo’lgan so’zlashuvchilarning suhbat yoki munozarasining aksariyat qismini;
radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushuna oladi.

Yüklə 155,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə