Vaqt: 80 daqiqa
|
Talabalar soni:50 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Muammoli ma’ruza mashg‘uloti
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy metodikasi masalalari.
2. Yuzlik konsentrida birinchi bosqich amallarini o‘rgatish metodikasi.
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi:
Yuzlik konsentrida birinchi bosqich amallarini o‘rgatish metodikasi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish. Talabalarga mavzuni ongiga singdirish jarayonida mehribonlik, sahovatlilik, bir-biriga yordam berish, g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash. Yuzlik konsentrida o`quvchilarda birinchi bosqich amallarini xossalarini amalda qollay olish malaka va ko‘nikmani shakllantirish
|
Pedagogik vazifalar:
1. Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy metodikasi masalalari to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
2. Yuzlik konsentrida birinchi bosqich amallarini o‘rgatish metodikasini tushuntirish;
3. Yuzlik konsentrida birinchi bosqich amallari xossa (qoida) larini o`rganish tartibining ma’nosini ochib berish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
1. Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy metodikasi masalalarini gapirib beradi;
2. Yuzlik konsentrida birinchi bosqich amallarini o‘rgatish metodikasini tushuntirib beradilar;
3. Yuzlik konsentrida birinchi bosqich amallari xossa (qoida)larini o`rganish tartibining ma’nosini ochib beradilar.
|
O‘qitish metodlari
|
Muammoli ma’ruza, “Tezkor savol-javob”, “Tushunchalar tahlili”, “Chalkashlikni aniqlang”, “Blits so`rov”.
|
O‘quv faoliyatini tashkillashtirish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy, guruhlarda ishlash
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, texnika vositalari, tarqatma materiallar.
|
O‘qitish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
|
Qaytar aloqaning yo‘l va vositalari
|
Og‘zaki nazorat: tezkor-so‘rov.
|