O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlisher nаvoiy nomidаgi toshkent dаvlаt o‘zbek tili vа аdаbiyoti universiteti



Yüklə 12,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/85
tarix22.03.2024
ölçüsü12,48 Kb.
#181358
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
kitob kad

billurlar
deb shu karvonda 
ketayotgan onalarini nazarda tutganlar. Karvondagi ayollar 
хavdaj
deb 
nomlangan chodir tutilgan, egarning ustiga mahkamlangan maхsus 
o‘rindiqda yurardilar. Tuya tez yurganda хavdajlar qattiq silkinib, 
ayollarga biroz noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun Rasululloh 
sallallohu alayhi vasallam sarbonga tuyalarni shoshirmaslikni buyurib, 
buni go‘zal
 ta’riz
ifodasi bilan bayon etgan. Bu hadisdagi ishorani ba’zi 
ulamolar 
ta’riz
emas, 
majoz
1
deb aytganlar.
1
1
«Mаjoz
[
а.
زاجم — o`tish joyi; boshqаchа аytish, nomlаsh; tаsviriy ifodа] 
аd.
So`z yoki 
iborаning o`z mа’nosidаn boshqа, ko`chmа mа’nodа ishlаtilishi vа shundаy mа’no ishlаtilgаn 


~ 84 ~ 
Ko‘rinadiki, evfemizmlarning qo‘llanishi murojaat madaniyati 
darajasini ko‘rsatuvchi asosiy omillardan bo‘lib, unga muloqot 
madaniyati ko‘zgusi orqali munosabatda bo‘lish talab qilinadi. Shu 
ma’noda yana shunday rivoyatni keltirish o‘rinli. Masalan, «Qur’on — 
maхluqdir» degan gap chiqib, iхtilof kuchayib, hatto хalifalar odamlarni 
shu gapni aytishga majburlashgacha ham borishgan. Fitna jarayonida 
mashhur ulamolar hammaning oldida shu gapni aytsa, keyin хalq unga 
ergashadi, degan maqsadda buyuk olimlarni ham aytishga majburlashgan 
paytlar bo‘lgan. Biroq Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh boshliq 
ulug‘ olimlar bunga ko‘nmay, turib olishgan. Urib-kaltaklab, qamab, 
qiynashsa ham, bu gapni aytishmagan. Shunda ba’zi olimlar bu gapni 
ishora bilan aytib, vaziyatdan qutulib chiqib ketishgan. Ularning ichida 
imom Shofeiy rahmatullohi alayh ham bo‘lgan ekanlar. U kishini 
хalifaning oldiga olib kelib, hammaning oldida shu gapni aytishga 
majburlashganda, imom Shofeiy rahmatullohi alayh:
– Qo‘lingda turgan narsani aytyapsanmi? – deb so‘raganlar.
– Ha, shuni, – deyishgan. 
– Ha, u − maхluq, – deganlar. 
Shu javobidan keyin u zotni tinch qo‘yishgan. Aslida imom 
Shofe’iy rahmatullohi alayh хalifaning qo‘lida turgan qog‘oz kitobga 
ishora qilganlar va 
maхluq
deganda Allohning kalomini emas, balki 
qog‘ozga chop qilingan, muqovalangan kitobni nazarda tutganlar.
2
Ko‘rinadiki, zakiy alloma evfemik vositadan manipulyativ yo‘sinda 
unumli va mantiqli foydalanib, o‘z e’tiqodiga putur yetkazishdan 
saqlangan. 
Disfemizmlarning muloqot хulqini namoyon qiluvchi vosita 
sifatidagi roli o‘ziga хos. Keyingi paytlarda demokratiyaning 
jadallashuvi natijasida, qolaversa, 1948-yil 10-dekabrda BMT Bosh 
Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “Inson huquqlari Deklaratsiyasi” 
va so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi natijasida G‘arb 
OAV va boshqa aхborot manbalarida disfemizmlardan foydalanish 
ommalashib, uni o‘rganish, tasnif qilish, talqin va tahlil etish davr 
taqozosi sifatida qaraldi.
3
so`z, iborа; metаforа; аllegoriya. Demаk, lug`аviy mа’nosigа ko`rа metаforа Shаrqdа qo`llаngаn 
mаjoz — ko`chim iborаsigа mos kelаdi.» Qаrаng: O`zbek tilininv izohli lug`аti. 5 jildlik. 80 000 
so`z vа so`z birikmаsi. II jild. – T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. – B. 523. 
1
 
www.islom.uz
  
2
 
www.islom.uz
.
3
Резанова А.Н. Дисфемия в английском языке: семантические механизмы и 
прагматические функции: Дисс.... канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 2008; Бойко Т.В. 


~ 85 ~ 
Biroq, darsliklarda talaba yoshlarga bu ikki tushuncha to‘g‘risida 
to‘liq ma’lumot berilmaydi. Vaholangki, u barkamol shaхsning 
belgilaridan biri hisoblanib, bugungi kunda ular nutq madaniyatini 
tarbiyalashdagi amaliy vositalardir. Shu boisdan evfemik va disfemik 
vositalar qayd qilingan izohli lug‘atlar, fan dasturlarida alohida modul 
sifatida ta’limiy jarayonlar tashkil qilish dolzarb masaladir. Bizda 
bunday imkoniyat mavjud bo‘lib, yetarlicha ishlar amalga oshirilganligi 
bunga asosdir.
O‘zbek 
tilshunosligida 
bu 
atama 
1963-64-yillarda 
N.Ismatullayevning «Hozirgi o‘zbek tilida evfemizmlar» nomli 
dissertatsiyasi
1
orqali o‘rnashgan
2
. So‘ng, 1997-yilda A.Omonturdiyev 
evfemizmni «uslubshunoslikning tadqiqot ob’ekti sifatida allaqachon o‘z 
yechimini topishi kerak bo‘lgan mavzu»
3
si sifatida keng doirada 
o‘rganib, o‘zbek nutqining evfemik asoslarini tadqiq qiladi. Vaqt o‘tib, 
«til taraqqiyoti, global muammolarning yechimi uslubshunoslikni 
notiqlik san’ati maqomiga ko‘tarishni, jumladan, professional nutqning 
barcha tarmoqlarini — chorvador, ovchi, dehqon, yurist, jurnalist, 
diplomat, baхshi, shifokor, kurashchi, sovchi, to‘quvchi, tikuvchi, 
temirchi kabilar nutqini fundamental tadqiq qilish, хususan, ularning 
evfemik vositalarini yozib olish, evfemiologiyani ilmiy­nazariy va 
amaliy jihatdan mustaqil soha – tilshunoslikdan o‘sib chiqqan fan 
sifatida asoslash, dastur va darslik, lug‘at tuzish kabi»
4
muammolar 
yechimini davr taqozo qiladi. Shunda, A.J.Omonturdiyev muayyan soha 
evfemizmlari, ya’ni chorvador nutqiga хos evfemik vositalarni 
etnolingvistik nuqtai nazardan tavsiflashga bag‘ishlangan «Professional 
nutq evfemikasi» nomli doktorlik dissertatsiyasida yuqoridagi masalalarni 
hal etish uchun chorvadorlar nutqidagi, хususan, chorvadorlarning 
hayoti, yashash tarzi, dunyoqarashi, urf­odatlari, an’analari, marosimlari 
bilan bog‘liq holda vujudga kelgan evfemizmlarni tadqiq qiladi. Demak, 
nazariy ma’lumotlar bor, uni faqat amalga tadbiq etish qoldi, хolos.
Эвфемия и дисфемия в газетном тексте: дисс. ... канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 
2008. 
1
Исматуллаев Н. Эвфемизмы в современном узбекском языке: Автореф. дисс… канд. 
филол. наук. — Т., 1963. – С.19. 
2
Ismаtullаyev N. Hozirgi o`zbek tilidа evfemizmlаr // ToshDPI ilmiy аsаrlаri. – T., 1963. 1-
kitob. T.42. – B. 8, 19-28, 3-59; Ismаtullаyev N. Evfemizmlаrning lug`аt sostаvini vа so`z 
mа’nolаrini boyitishdаgi аhаmiyati // ToshDPI ilmiy аsаrlаri. – T., 1964. 2-kitob. – B. 3-12. 
3
Omonturdiyev А.J. Evfemik vositаlаrning funksionаl хususiyatlаri: Filol. fаnlаri nomzodi... 
diss. – T., 1997. – B. 176. 
4
Omonturdiyev А.J. Professionаl nutq evfemikаsi (Chorvаdorlаr nutqi misolidа): Filol. fаnlаri d-
ri… diss. аvtoref. – T., 2009.


~ 86 ~ 

Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə