O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlisher nаvoiy nomidаgi toshkent dаvlаt o‘zbek tili vа аdаbiyoti universiteti



Yüklə 12,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/85
tarix22.03.2024
ölçüsü12,48 Kb.
#181358
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
kitob kad

Pragmatik kompetensiya
kundalik hayotda o‘zbek tilidan 
egallagan bilim, ko‘nikmalari asosida muayyan nutqiy vaziyatda 
mustaqil muloqotga kirisha olish qobiliyatini, o‘zaro suhbatlashish, 
suhbatga qo‘shilish, suhbatdoshining nutqini sekinlashtirishga undashga 
oid muomala odobi vositalarini, tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda 
qayta so‘rash, uzr so‘rash orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta 
olish, tilning amaliy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalana olish qobiliyatini 
shakllantirishni nazarda tutadi.
Qayd etilgan kompetensiyalar ta’lim oluvchilarda shaxsiy, 
ma’naviy, ijtimoiy, kasbiy ko‘nikma-malakalarini tarkib toptirishga va 
egallagan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga 
qaratilgan layoqatlarini shakllantirishga olib keladi. Biroq ko‘zda 
tutilgan provard natijaga erishish uchun har bir ta’lim bosqichi 
bitiruvchilari uchun belgilangan kompetensiyalarning me’yoriy darajasi 
talablarini bajarilishini ta’minlash kerak bo‘ladi.
Leksikologiya bo‘limida evfemizm va disfemizm modulini joriy 
etishning
 
ahamiyti
Milliy ma’naviyat muammosi globallashgan bugungi kunda milliy 
mentalitetni ifodalaydigan evfemik va disfemik vositalarni o‘rganish 
muhim ahamiyatga ega.


~ 83 ~ 
Evfemizmning paydo bo‘lishi insoniyat tafakkuri va axloqiy 
qadriyatlar rivoji bilan bog‘liq. U nafaqat til hodisasi (ifoda etayotgan 
shaxs nuqtai nazaridan noqulay bo‘lgan birliklar o‘rnida qo‘llangan so‘z, 
so‘z birikmasi yoki gap), balki insonning nutqiy vaziyatni qaysidir 
ma`noda o‘zgartirishga moyilligi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Maqbul 
so‘z qo‘llana turib, so‘zlovchi tomonidan man etilgan (tabu) birliklar 
qo‘llanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosoz muhit 
yumshatiladi. Man etilgan so‘zlar esa insoniyat bilan tengqur deyilsa, 
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tabu va evfemizatsiya hodisasi haqida diniy manbalarda ham 
qimmatli ma’lumotlar bor. Masalan, Qur’on oyatlarida ayni jarayon 
(ya’ni tabu o‘rnida boshqa bir til birligini qo‘llash — evfemizatsiya) 
mavjudligi kuzatiladi. Arab tilidagi 
maoriz
atamasi 
evfemizm
tushunchasiga nisbatan mos keladi. 
Maoriz
muloqot madaniyati muhitida 
«ishora qilib gapirish» ma’nosida tushuniladi. Bir so‘z o‘rniga boshqa 
so‘z ishlatilib, asl maqsad ochiq aytilmay, ma’noning yashirin 
ifodalanishi ba’zan 
ta’riz
ham deyiladi. Ular – o‘zakdosh. Shunday 
hadisi sharif bor: 
«Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘z safarlaridan birida 
edilar. Sarbon хirgoyi boshladi. ShHunda Nabiy sollallohu alayhi 
vasallam: 
«Muloyim bo‘l! Hoy Anjasha! Sho‘ring qurg‘ur! Billurlarni ehtiyot 
qil!» dedilar». Hadisning mazmuni shunday: Rasululloh sallallohu alayhi 
vasallam vidolashuv haji safariga ketayotganlarida sarbon − karvonni 
boshlab ketayotgan tuyakash, хirgoyi qilib qolibdi. Bu arab 
karvonboshilariga хos odat bo‘lib, karvondagi tuyalar o‘sha хirgoyining 
maromiga qarab qadam tashlashga o‘rganar ekan. Sarbonning 
хirgoyisiga qarab, tuyalar tezroq yoki sekinroq yurishi ham mumkin. 
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam 

Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə