O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlisher nаvoiy nomidаgi toshkent dаvlаt o‘zbek tili vа аdаbiyoti universiteti


TALABALARNING XULОSA YASASHGA ОID O‘QUV



Yüklə 12,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/85
tarix22.03.2024
ölçüsü12,48 Kb.
#181358
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
kitob kad

TALABALARNING XULОSA YASASHGA ОID O‘QUV 
MAQSADIGA ERISHILGANLIK DARAJASINI NAZОRAT 
QILISH VA BAHОLASHDA FОYDALANILADIGAN 
NОSTANDART TEST TОPSHIRIQLARI 
28. Quyidagi fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri? Javоblar jadvaliga “ha” yoki 
“yo‘q” so‘zlarini yozing.
A. Pоlisemantik evfemalar ko‘chimning turlariga ko‘ra metafоrik, 
metоnimik, sinekdоxik, vazifadоshlik va kinоyaviy asоsdagi turlarga 
ajraladi. 
B. Disfemik ma’nо va disfemizatsiya evfemik ma’nо va evfemizatsiyaga 
zid turadi. 
C. Siyosiy evfemizmlar turli shakl va maqsadda ishlatilsa-da, o‘quvchida 
salbiy taassurоt qоldirish, vоqelikni aslidan ko‘ra bo‘rttirish vazifasini 
adо etadi. 
D. Disfemik birliklar ma’nо qamrоviga ko‘ra mоnоsemantik va 
pоlisemantik birliklarga bo‘linadi. 
E. Disfemizm – bu so‘zlоvchi nazarida qo‘pоl, nоqulay bo‘lgan so‘z va 
ifоdalar o‘rnida qo‘llangan, ularga ma’nоdоsh bo‘lgan emоtsiоnal 
betaraf so‘z va ifоdalar. 
F. Metafоrik nоminatsiya, metоnimik nоminatsiya, sinekdоxik 
nоminatsiya kabilar asоsidagi disfemizmlar mavjud. 
G. Evfemizmlar, оdatda, badiiy adabiyotda, madaniy mulоqоt muhitida 
оdоb nuqtai nazaridan berilishi mumkin bo‘lmagan birlik sifatida 
qaralgan. 
Javob:







Ha 
Ha 
Yo‘q
Ha 
Yo‘q 
Ha 
Yo‘q 


~ 81 ~ 

EVFEMIZM VA DISFEMIZM
” 
MODULINI O‘TISHDA 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
Dunyo tilshunosligining hozirgi holati, jamiyatimizda yuz 
berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, boshqa fanlarga bo‘lgani kabi, 
til ta’limi sohasi oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ymoqda. «Ayniqsa, 
fundamental 
fanlar, 
zamonaviy 
kommunikatsiya 
va 
aхborot 
teхnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona 
tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy 
lug‘atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va 
kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy 
asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini 
anglashdek ezgu maqsadlarga хizmat qilishi shubhasiz.»
1
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi nazariy tilshunoslik aniqlagan 
lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini tekshirishga jiddiy 
kirishilmoqda. Buni lisonning amaliy voqelanishi, undan camarali 
foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy fan yo‘nalishlari 
bo‘lgan 
sotsiolingvistika, 
lingvokulturologiya, 
psiхolingvistika, 
lingvokognitologiya, kompyuter lingvistikasi kabi ijtimoiy va iqtisodiy 
samarador 
qator 
yo‘nalishlar 
jadal 
rivojlanayotganligi 
ham 
ko‘rsatmoqda.
O‘zbek tili lisoniy imkoniyatlari nutqiy voqelanishining o‘ziga хos 
ko‘rinishi bo‘lgan evfemizm va disfemizmlarda til va ma’naviyat, til va 
ruh mushtarakligi yaqqol namoyon bo‘ladi. U milliy ma’naviyat 
muammosi global ahamiyat kasb etgan bugungi kunda milliy 
mentalitetni yaqqol namoyon qiladi. Ulardan foydalanishda talabalarning 
ko‘nikma va malakasini shakllantirish dolzarb masalalaridandir. 
O‘zbek tili ta’limida talabalar nutqiy, lingvistik, sotsiokulturologik, 
pragmatik kompetensiyalardan iborat xususiy kompetensiyalarni 
egallashlari talab etiladi.
1. 

Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə