O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi


ORGANIK MODDALARNI AJRATISH, TOZALASH VA FIZIK



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

ORGANIK MODDALARNI AJRATISH, TOZALASH VA FIZIK 
KONSTANTALARINI ANIQLASH USULLARI 
 
Har bir talaba organik moddalarni olish, ajratish, tozalash ishlarini 
bajarishdan avval, laboratoriyada ishlash qoidalarini, ishlatiladigan idishlar va 
reaktivlarni, shuningdek erituvchilarning xossalarini yaxshi bilish kerak, bu esa 
ish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz xodisalarning oldini 
oladi. 
Shunday qilib talaba ish boshlashdan oldin xalat kiyib, suv, elektr 
energiya va gaz borligini tekshirib, mo’rili shkafning ishlayotganligiga 
yig’ilgan asbobning to’g’riligiga ishonch xosil qilgandan so’ng tajriba boshlashi 
kerak. 
Organik birikmalar tabiatda doimo harakatchan ekanligini va bir shakldan 
ikkinchi shaklga o’tib turishini tushungan holda, ularning kimyoviy 
o’zgarishlarini boshqaruvchi qonunlarni o’rganish va bilish lozim. Buning 
uchun organik moddalarni olish va tozalash usullarini o’rganish kerak. 
Organik birikmalar asosan ikki hil usulda olinadi. 
1.
Tabiatda (o’simlik hayvonot olamida va h.k) to’plangan tayyor organik 
birikmalarni ekstraksiya qilish yo’li bilan olinadi. 
2.
Sintez yo’li bilan, bunda ikki yoki undan ortiq ma’lum moddalarning 
ta`sirlashishidan yangi organik birikmalar olinadi. 
Yuqoridagi ikki usulda organik birikmalar aralshma holida ajratib 
olinadi.so’ngra ularni sof holda tozalab, ajratib olish uchun quyidagi usullardan 
foydalaniladi. 



Haydash.
Organik moddalarni ajratib olishda va tozalashda haydash 
usuli eng ko`p qo’llaniladigan usuldir. Bu usul qaynash temperaturasi turlicha 
bo’lgan suyuq moddalar aralashmasini bir-biridan ajratishda foydalaniladi. 
Haydash ikki hil sharoitda-oddiy sharoitda va past bosimda, ya`ni vakuumda 
olib boriladi. 
Suyuq moddalar aralashmasi qaynash temperaturasida o’zgarmaydigan va 
parchalanmaydigan 
bo’lsa 
birinchi 
usul 
qo’llaniladi. 
Qaynash 
temperaturasigacha qizdirilganda parchalanib, o`zgarib ketadigan suyuq 
moddalar aralashmasini tarkibiy qismlarga ajratishda vakuumda haydash 
usulidan foydalaniladi. Bosim qancha kam bo`lsa, organik moddalar shuncha 
past temperaturada qaynaydi. Haydash uchun ishlatiladigan asbob 7-rasmda 
tasvirlangan bo`lib u yumaloq tubli kolba – Vyurs kolbasi, termometr, 
sovutgich, forshtos (alonj) va yig`gich kolbadan iborat. 
Agar aralashmadagi suyuq moddalarning qaynash temperaturasi bir-biriga 
juda yaqin bo`lsa, u holda qo`shimcha deflegmator (4- a, b, v rasmlar) yoki 
rektifikatsion kolonkalardan foydalaniladi.
Haydashning yana bir usuli suv bug`i bilan haydashdir. Bu usulda maxsus 
qaynatgichdan chiqayotgan suv bug`i shisha naycha orqali modda aralashmasi 
solingan kolbadan o`tkaziladi, bunda suv bug`i o`zi bilan ayrim moddalarni olib 
chiqadi va sovutgichda kondensatlanib, yig`gich kolbaga yig`iladi. Bu usul 
kimyo sanoatida o`simliklardan efir moylarini, ko`mir smolasidan har xil 
mahsulotlarni va boshqa organik moddalarni sof holda ajratib olishda keng 
foydalaniladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə