O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Suyuqlanish temperaturasi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

Suyuqlanish temperaturasi.
Moddaning qattiq holatdan suyuq holatga 
(fazaga) o`tish vaqtidagi temperaturasi 
suyuqlanish temperaturasi 
deyiladi.
Moddalarning ingichka shisha kapillyarda suyuqlanish temperaturasini 
aniqlash eng qulay va ko`p qo`llaniladigan usul bo`lib, bunda juda oz miqdorda 
faqat bir necha milligramm modda sarf bo`ladi.
Modda solingan kapillyar naycha rezina xalqa yordamida termometrga 
shunday biriktiriladiki, bunda modda termometrning simobli sharchasi bilan 
barobar tursin. Tele asbobida yoki mis – latundan yasalgan maxsus metall 
bloklarda aniqlanadi.
Toza modda juda kichik temperatura oraligida (0,5-1
0
C) suyuqlanadi. 
Ba`zi organik moddalar parchalanish bilan suyuqlanadi, bunda modda qorayib 
ketadi, ba`zida gaz pufakchalari hosil bo`ladi. Agar modda tarkibida ozroq 
aralashma bo`lsa, ya`ni modda toza bo`lmasa, uning suyuqlanish temperaturasi 
pasayib ketadi. Ko`p hollarda har xil moddalar bir xil yoki bir-biriga yaqin 
temperaturalarda suyuqlanishi mumkin. Shuning uchun, faqat moddalarning 
suyuqlanish temperaturasiga asoslanib tekshirilayotgan modda bilan ma`lum 
moddaning bir xil ekanligini isborlash mumkin emas. Isbor uchun 
aralashmaning suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi. Agar bu modda bir xil 
bo`lmasa, ularning suyuqlanish temperaturasi toza moddaga nisbatan pasayib 
ketadi, ya`ni 
depressiya 
sodir bo`ladi. Agar moddalar bir xil bo`lsa, 
aralashmaning suyuqlanish temperaturasi dastlabki ma`lum moddaning 


10 
suyuqlanish temperaturasi bilan bir xil bo`ladi, ya`ni depressiya bermaydi. 
Shunday qilib, ma`lum va yangi moddalarning suyuqlanish temperaturasi 
aniqlanadi. 
Qaynash temperaturasi. 
Suyuq moddaning to`yingan bug` bosimi 
atmosfera bosimiga tenglashgandagi temperatura 
qaynash temperaturasi
deyiladi. Suyuqliklarning qaynash temperaturasini aniqlashda oddiy haydash 
asboblaridan foydalaniladi. Bunda termometrning simobli uchi kolbadan 
chiqarilgan naycha og`zidan kamida 0,5 sm pastroqda joylashtiriladi. Suyuq 
modda isitilganda uning bug`lari kolbaning yuqori qismiga ko`tarilib, 
termometrning simob ustuni yuqoriga ko`tariladi va temperatura moddaning 
qaynash temperaturasiga yetganda termometrning simob ustuni o`zgarmaydi. 
Termometrning ana shu ko`rsatgichi ayni suyuqlikning 
qaynash temperaturasi
deyiladi.
Agar haydalayotgan modda toza bo`lsa, haydash vaqtida termometrning 
simobli ko`rsatgichi o`zgarmaydi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə