O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix30.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

1-
 
jadval 
 
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining 
o‘zgarish dinamikasi
6
 
 
№ 
Asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar 
2012-yil 
2013-yil 
2014-yil 

Yalpi ichki mahsulot 
108,2 
108,0 
108,1 

Sanoat 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarish 
108,6 
108,4 
108,3 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish 
105,8 
106,0 
106,9 

Kapital qo‘yilmalar hajzmi 
109,3 
109,3 
109,0 

Chakana savdo hajmi 
113,4 
113,8 
114,3 
 
5
T.Malikov, «Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari», Toshkent-2002, 162-bet. 
6
O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. www.stat.uz


22
Endi soliqlarning o‘ziga xos hususiyatlariga to‘xtalsak.
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ularga:
majburiylik 
xazinaga tushushlik 
qat’iylilik va doimiylik 
aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjud. 
Birinchi belgi bu majburiylik. Ya’ni soliq va yig’imlar majburiy bo‘lib, 
bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadini majburiy to‘lov sifatida 
budjetga olib qo‘yadi. Ushbu majburiylik O‘zbekiston Respublikasining soliq 
kodeksi tamoyiliga asosan amalga oshiriladi.
Ikkinchi belgi bu soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Ya’ni soliqlar 
albatta xazinaga – davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi.
Soliqlarning uchunchi belgisi, bu qat’iy belgilanganligi va doimiy harakatda 
bo‘lishidir. Ya’ni soliqlarni ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, soliqlar shuncha 
qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi. 
To‘rtinchi belgi bu soliqlarni ekvivalentsizligidir. Bu erda shuni tushunish 
kerakki to‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib 
keladi, lekin davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining shaxsan o‘ziga to‘liq 
qaytib kelmaydi. Masalan, soliq to‘lovchi bu yili davlatning sog’liqni saqlash va 
maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo‘lishi mumkin, lekin bozor 
iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to‘lovchilarning to‘lagan soliqlari davlatning 
ularga ko‘rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-
intizomni ta’minlash va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali o‘zlariga qaytib 
keladi. 
Soliq nazariyasining mumtoz asoschilari soliq yig’imlarini amalga 
oshirishda tenglik, aniqlik, qulaylik, adolatliylik, o‘zgaruvchanlik, bir martaliylik 
va faoliyat imkoniyatlari tamoyillari ustivorligida qonun va qoyida normalarini 
belgilash zarurligiga alohida e’tibor berishgan. Bu tamoyillarning 
umumlashtirilgan ifodasini quyidagicha ta’riflash mumkin: 


23
Davlat soliqlarni xo‘jalik sub’ektlari faoliyati natijasida yaratilgan yangi 
qo‘shimcha yalpi mahsulotning milliy daromad sifatida shakllangan mablag’ining 
ya’ni daromadning bir qismini to‘lov ko‘rinishida undiradi.
O‘zbekiston Respublikasi soliqlari ham, erkin bozor iqtisodiy 
munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyillari bilan soliqqa tortishning 
yuqoridagi mumtoz tamoyillari asosida qabul qilingan Oliy Majlis qarori asosida 
joriy etilgan. Umumdavlat va mahalliy soliqlar shaklida amalga kiritilgan soliqlar 
va yig’imlarning asosiy to‘lov manbai ularning soliqqa tortiladigan ob’ektlarining 
turlaridan qat’iy nazar xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining natijasi bo‘lmish yalpi 
ishlab chiqarilgan mahsulot xisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi tushunchasida bu 
hosila yalpi ichki mahsulot mazmunida yuritiladi va YaIM so‘z birikmasi shaklida 
ifodalash rasmiy xujjatlarda qo‘llaniladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə