O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə30/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Sais davri madaniyati. Misrliklar bir qancha qo’shni xalqlar bilan aloqa qilib, madaniy jihatdan ularga ancha ta'sir ko’rsatganlar va o’z navbatida ulardan ham ko’p narsalarni o’rganganlar. Shunday qilib, Misr bilan Egey dunyosi Old Osiyo va Nubiya o’rtasida o’zaro madaniy aloqa va ta'sir tobora kuchayib borgan. Misrning siyosiy ta'siri kamayib, Misr o’zining chet ellardagi yerlaridan mahrum bo’ldi. Misr boshqa mamlakatning ta'siriga uchrab, istilo qilingan so’nggi davrda ham uning qo’shnilar bilan madaniy aloqalari saqlanib qolgan.
Liviyalik osuriyalik va efiopiyalik istilochilar Misrning yuksak qadimgi madaniyatini bir qadar ta'siriga tushmasligi mumkin emas edi. Madaniy jihatdan qoloq bo’lgan luviyaliklar va efiopiyaliklar Misrni istilo qilganlaridan so’ng,bir vaqtlar giksoslar singari Misr madaniyati ta'siriga tushib qolganlar.
Misrni istilo qilib, u yerda o’z sulolalarini barpo etgan liviyaliklar va efiopiyalik podsholar Misr fir'avnlari unvonlarini qabul qilganlar. Misr xudolariga sig’inganlar, o’z yozuvlarini misrliklarnikiday yozganlar. Ular o’zlaridan oldin o’tgan Misr fir'avnlarining rasm-rusmlariga taqlid qilganlar.Chunonchi,Taxarka o’zini «Gorgon-ikki tojning egasiman»,deydi,Nubiya ilgari vaqtda xam Misrning madaniy ta'siri ostida edi. Efiopiyaliklar Misrni bosib olgan vaqtda esa,bu ta'sir yanada kuchaydi. Misr ibodatxonalarining Nubiya hududlarida saqlanib qolgan ko’pgina xarobalari Misr madaniyati Nubiyaga naqadar kuchli ta'sir qilganligidan dalolat beradi.So’nggi Meroit alifbosi ham Misrning «demotik» yozuvi asosida vujudga kelgan.
Misr madaniyati Old Osiyo o’lkalariga asosan, Falastin, Finikiya va Suriyaga hattoki, Kipr oroligacha yetgan. Finikiya va Falastin hududlaridan misrliklar san'atidan dalolat beradigan ko’pgina madaniy yodgorliklar topilgan. Finikiyaga Misr xudolarining xususan, Tot, Ptax, Xatxor, Gor va asosan, Osiris xudolarining ta'siri kuchli bo’lgan. Aytishlaricha xudo Osirisning jasadi solingan tobutni yoki uning boshini dengiz to’lqinlari, Bobil shahri devoriga olib kelib qo’ygan emish. Qadimgi yahudiylarning «Tavrot»ida to’plangan dunyoviy va diniy manbalarda qadimgi Misrning ta'siri g’oyat kuchlidir. Aton sha'niga aytilgan bir madhiya Dovud surasidagi oyatlardan biriga o’xshaydi. Misrliklarning lirikasi tavrotdagi «Qo’shiqlar qo’shig’i» ga yaqin keladi. Misrliklarning «Nasihatnomalari va Karomatlari» Tavrot adabiyotidagi unga o’xshash asarlarda aks etgan.
Misrning qadimgi madaniyati yunon qabilalarining endigina yuzaga kelayotgan yosh madaniyatiga juda kuchli ta'sir ko’rsatgan. Yunonlar Misr kohinlarining qadimgi donishmandligiga, Misrdagi dabdabali ibodatxonalari tilsimlariga va zeb-ziynatlariga maftun edilar.
Yunon dostonlaridan biri «Iliada»da Misrning Fiva shahrining 100 ta eshigi bo’lib, har bir eshikdan ot mingan va jang aravasi haydagan 20 ta botir yonma-yon bir qator tizilib, bemalol chiqib ketishi mumkinligi aytiladi.Yunon xudosi Apollonning oldingi haykallari gavdasining old tomoni va shu davrdagi boshqa haykallarga xos kulib turish jihatdan Misr haykallariga xususan, Sais davri haykallariga juda mosdir. Yunonlarning Misrga kelishiga keng yo’l ochgan Sais fir'avnlari yunon madaniyatiga ham Misr darvozalarini ochib berganlar.
Yunon rassomlari, hunarmandlari o’zlari ishlagan buyumlari, san'at asarlari bilan Misrni to’ldirib yuborganlar. Hunarmandchilik ayniqsa,Navkratisda avj olgan. San'atdagi badiiy realizm er.avv.VI asrda o’zining yuqori cho’qqisiga yetgan.Misrning shu zamonga xos o’ymakor rasmlarida rassom odam gavdasini yon tomonini tasvirlab,yuza qismiga odamlar va buyumlarni erkin joylashtirgan. Bu davrda Misrda portret haykaltaroshligi badiiy jihatdan yuksak rivojlangan.Imxotep haykalining bosh qismi va kohin haykalining yashil shiferdan yasalgan bosh qismi portret haykaltaroshligining eng nodir namunalaridan hisoblanadi.
Shu davrda Misrda boshqa diniy e'tiqodlarning kirib kelishi ham keng quloch yoygan. Masalan,Misrga Xanaandan otashkada qurbonlik-kuydirish odati kirib kelgan. Finikiyalik va yahudiy kolonistlar Misrda o’z xudolariga atab ibodatxonalar qurganlar. Bularning hammasi ba'zi bir jihatdan misrliklarning diniy e'tiqodlarini o’zgaririshiga olib kelgan. Misrda liviyaliklar hukmronlik qilgan davrdan boshlab, liviyaliklarning qadimgi ma'budasi Neyt qulti kuchayib, liviyalik podsholar va ularning vorislari Saisda o’rnashib qolgan XXVI sulola fir'avnlari bu ma'budani izzatlaganlar. Sokolli, pakana xudo Besga sig’inish Misrda so’nggi vaqtlarda keng yoyilib, to xristianlik davrigacha saqlangan.
Misr bilan qo’shni davlatlar o’rtasida o’zaro madaniy aloqalar chuqurlashib borayotgan davrda Misr davlati asta-sekin holdan ketib kuchsizlanib borgan.Bu holat Misrga chet elliklarni kirib kelishi, ularni ta'sirining kuchli to’lqini ichida Misr madaniyatining singib ketishi tufayli, uning qadimgi dini va an'analari unutilib yuborilishi Misr tushkunlikka qarab ketmoqda degan fikrni tug’dirdi. Xuddi shu davrda Sais sulolasi vaqtida chet elliklar ta'siriga qarshi kurash boshlangan. Misrning ilk gullagan davridagi qadimgi davlat ko’rinishlarini, shu davrdagi til, yozuv, san'at va dinni tiklash xullas, hamma sohada Misrni qayta tiklash boshlanib ketgan. Misr kohinlari din va turmush sohasida bir qancha taqiqlar kiritish yo’li bilan Misr xalqini va birinchi galda o’zlarini chet elliklar ta’siridan himoya qilishga urindilar. Gerodotning yozishicha: «Misrning na erkagi, na xotini hech qachon yunon bilan labini-labiga qo’yib o’pishmaslik, yunon odamining pichog’i, qoshig’i, qozonini tutmas, hattoki yunon odamining pichog’i bilan chopib, so’yilgan halol mol go’shtini ham yemas edi». Urf-odatlarning ado etilishidagi qattiq talablar ba'zi bir ovqatlarni yeyishni man qilinishi misrliklarni chet elliklardan uzoqlashtirgan. Ko’pdan-ko’p unutilgan urf-odatlarni atayin tiklash o’ziga xos orqaga qaytish ya'ni, to’la-to’kis eskilikka taqlid qilish o’sha davr yozuv va adabiy yodgorliklarda, san'at asarlari va diniy rasm-rusumlarda ochiq sezilib turadi. Alifbe yozuvi alomatlarining keng tarqalishiga va ish hujjatlarini yozishga qulay bo’lgan yozuvning ya'ni, demotikaning soddalashgan bo’lishiga qaramasdan, murakkab va qadimgi qo’pol iyeroglif yozuv tizimi atayin saqlangan va hatto bir muncha murakkablashgan. Diniy matnlarda qadimgi podsholik davridagi piramidalardan olingan matn parchalari uchraydi. Qadimgi misrliklarning xudolari bo’lgan Isida va Osirisga sig’inish keng tarqala boshlaydi.
Yaxmos II zamonida yashagan va bir qancha yuqori mansablarni egallagan Pefnefdineyt nomli bir mansabdor yigit o’zini Abidosda Osiris ibodatxonasini tiklash va kengaytirishda ko’rsatgan xizmatini batafsil yozib qoldirgan: «xarob bo’lib ketgan muqaddas yozuvlar uyini yana qaytadan tikladim va Osiris sharafiga qilinadigan nazr-niyozlar ro’yxatini, hamma yozuvlarni tartibga soldim»,-deb g’urur bilan so’zlaydi. Ammo Misrda turli hayvonlarga sig’inish jumladan, Bubastisda izzat qilingan ma'buda Bastitga bag’ishlangan muqaddas xo’kiz (Apis)lar bilan muqaddas mushuklarga sig’inish so’nggi vaqtlarda keng tarqalgan. Muqaddas hayvonlarning katta qabrlari va hayvonlarning hozirda misrshunoslik muzeylarida saqlanadigan ko’pdan-ko’p haykalchalari va tasvirlari undan dalolat beradi.
Bu davrda sehrgarlik ham keng yoyilgan. San'at va adabiyotda uzoq o’tmishni qayta tiklash, eski zamondagi an’analarga narsalarga taqlid qilish harakati boshlangan. Tasviriy san'at sohasida Qadimgi podsholik zamonidagi badiiy asarlarga taqlid qilish ba'zan esa, to’ppa-to’gri ulardan nusxa olishga intiladilar. Bularning barchasi qadimgi madaniyatni sun'iy ravishda tiriltirish bilan mazkur davrdagi madaniy iqtisodiy shakllari o’rtasida katta ziddiyatlarni tug’ilishiga sabab bo’lgan.
Keyinchalik Misr davlati Eron davlati tarkibiga kiradi. Biroq, Misr madaniyati yo’q bo’lib ketmaydi, bu madaniyat qo’shni xalqlarning ayniqsa yunonlarning madaniy taraqqiyotiga juda kuchli ta'sir qildi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə