O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Misrda Efiopiya va Osuriya hukumronligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə27/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

2. Misrda Efiopiya va Osuriya hukumronligi
Liviyaliklar hukmronligi ostida kuchsizlanib, parchalanib borayotgan Misrda hokimiyatni qo’lga olish uchun nubiyaliklar Fiva kohinlari bilan aloqani tiklaydilar. Napate hokimi Pianxi(er. avv. 729-728-yillar) tashqi siyosat sohasida otasi olib borgan ishni davom qildirib, zo’r g’ayrat bilan Misrni istilo qilishga kirishadi. Pianxi bu istiloni o’zining batafsil yozuvida aks ettirgan. Napatadan topilgan bu yozuv hozirda Qoxira muzeyida saqlanadi. Bu qimmatli tarixiy ma'lumotga qaraganda Sais hokimi Tefnaxt Pianxini asosiy raqibi bo’lgan. Tefnatx delta bilan yuqori Misrning anchagina hududlarini o’z atrofiga birlashtirishga muvaffaq bo’lgan. Pianxi esa, o’zini Misr fir'avnlarining qonuniy merosxo’ri «O’zim podshoman, xudo Atumning jonli siymosi marhamatli xudoman» deydi. Tefnatx esa, «G’arbning boshlig’i» va o’rta delta o’lkalaridan birining hokimi hisoblangan.
Pianxi yozuvida o’zini ko’p sonli qo’shinga boshchilik qilib, janub tomonga qarab kelayotgan Tefnatxdan Misrni ozod qiluvchi deb ko’rsatadi. Tefnatx va Pianxi o’rtasida janglar bo’lib, Pianxi g’alabasi bilan tugaydi. Pianxi o’zini Misr fir'avni deb e'lon qiladi. Shunday qilib, er. avv. 715-yilda Misr Kush tomonidan to’la bosib olinadi. 715 - yildan 664 - yilgacha Misr Kush fir'avnlari tomonidan boshqarilgan. Efiopiya sulolasi poytaxt qilib, Memfis shahrini tanlaydi. Pianxi o’limidan so’ng, uning o’g’li Shabaka Misr taxtiga chiqib, 15 yil hukmronlik qiladi. Misr nisbatan tinchlikka ega bo’ladi, Shabaka davrida qishloq xo’jaligi,hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo biroz jonlangan.
Ammo, toboro qudrati oshib borayotgan Osuriya Misrga qo’shni hududlarni bo’ysundirib, Misr chegaralariga yaqin kelib qolgan. Pianxtning taxt vorislaridan biri Taxarka Misrni Osuriyadan himoya qilishga majbur bo’lgan. Taxarka foydali ish qilganini ta'kidlab, bu mamlakat «butun borliq sultoni» zamonida hamma narsa mo’l-ko’l bo’lganligi kabi mening vaqtimda ham farovon hayot bo’ladi, deb g’urur bilan gapirgan.Biroq, Taxarka osuriyaliklarning Misrga bostirib kelishini to’xtata olmagan. Osuriya podshosi Asarxaddon 671- yilda Misrni istilo qiladi. Taxarka esa, qochib ketishga majbur bo’lgan. Asarxaddon Arabiston ustidan o’z hokimiyatini mustahkamlagandan so’ng, Misrni bosib olgan va Taxarka to’plagan Misr-efiop qo’shinlariga bir necha marta zarba bergan. Asarxaddon o’z yozuvlarida ulug’ Misr podsholigining eng qadimgi poytaxti Memfis shahrini yarim kun ichida bosib olib, uni xarobazorga aylantirib,Misrdan efiopiyaliklarning ildizini sug’urib tashlaganini ta'riflagan. Misrda osuriyaliklar bir qancha qiyinchilikka duch kelganlar. Er. avv 663-yilda osurlar bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi. Bu jangda efiopiyaliklar yengilgan va XXIV efiop sulolasi tugatilgan. Mamlakat 20 nomga bo’lib tashlangan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə