O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə23/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

3.Exnaton islоhatlari.
Exnatonning diniy-siyosiy isloxati (er. avv. 1365-1348 - yillar). Qaram yerlar va Misr aholisini talanishi natijasida hukmron tabaqa, ayniqsa ko’p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ketgan. Ibodatxonalar minglab gektar yerlar, chorva mollari, qullar va boshqa moddiy boyliklarga egalik qilganlar. XVIII sulola davrida fir'avnlarning homiysi Amon ibodatxonasi Misr bosh xudosi sifatida alohida ta'sirga ega bo’lgan. Xudo Amon bayrog’i ostida Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar. Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obru – e'tiborga ega bo’lgan. Fir’avnlar tomonidan bu ibodatxonaga fir'avnlar o’n minglab qullar, yer, minglab bosh qoramol, oltin-kumushlar hadya qilganlar. Karnak va Luksorda xudo Amon sharafiga hashamatli ibodatxonalar qad ko’targan. Mamlakatda Amon ibodatxonasi kohinlarining mavqei kuchayib ketgan. Ular Misr iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotiga kuchli ta'sir ko’rsata boshlaganlar. Jumladan, Amon ibodatxonasining oliy kohinlari taxt vorisining nomzodini ko’rsatishdek,imtiyozli huquqni olganlar. Boy Amon ibodatxonasining oliy tabaqa koxinlarini kuchayib ketishi hukmron tabaqani noroziligiga sabab bo’lgan. Bu holat davlat hokimiyatiga katta muammolarni tug’dirgan. Natijada Amenxotep IV hukmron tabaqaga suyanib, Amon kohinlarining kuch-qudratini sindirishga jur'at kiladi. U diniy islohot o’tkazgan. Amenxotep IV (er. avv. 1372-1354) davrida Misr xudolaridan “quyosh shu'lasi” xudosi Aton birinchi o’ringa qo’yila boshlangan. Bu fir’avnning o’z nomini o’zgartirishida ham o’z ifodasini topgan. Fir'avn Exnaton degan yangi nom olgan. Shu bilan birga Exnaton Fiva koxinlari bilan uzil-kesil suratda aloqani uzib, Fivadan chiqib ketgan. Go’zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri)ga Exnaton o’zining butun saroy amaldorlari va yangi quyosh xudosining kohinlari bilan birga ko’chib kelgan.
Exnatonning hukmronligini oltinchi yilida Aton Misrning yagona va oliy xudosi deb e'lon qilinadi. Exnaton o’zini Atonning yagona o’g’li deb Amenxotep («Amon rozi») ismini Exnaton («Amonga yoqadigan») degan ismga almashtirgan.
Aton butun dunyoni va Misrni yaratuvchisi hisoblanib, odatdagidek, hayvon qiyofasida emas, balki quyoshning yerga nur sochayotgan shu'lasi sifatida ifodalangan. Yangi xudoga sig’inishni istamagan zodagonlar qatl etilib, ularni jasadlari yoqilgan. Faqat Exnaton quyosh xudosini yagona va sevimli o’g’li sifatida Atonni bevosita o’zidan vaxiy olishi mumkin edi va fuqaro, kohinlarga amr-farmon qilishi mumkin edi.
Exnaton tomonidan o’tkazilgan bu diniy islo hot ko’ngildagidek natija bermagan. Exnaton Fiva kohinlari va nomlaridagi quldor zodagonlarni qudratini vaqtincha bo’shashtirishga muvaffaq bo’lgan. Exnatondan keyin taxtga o’tirgan fir'avnlar uni diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Ulardan biri Tutanxamon Fiva kohinlariga yon berib, Amon e'tiqodini qaytadan tiklashga va hatto o’z ismini ham shunga yarasha o’zgartirib «Tutanxamon» deb atashga majbur bo’lgan. Shunday qilib bu diniy islohot qattiq qarshiliklarga uchragan. Exnatonning vafotidan keyin poytaxt Memfisga ko’chirilgan.
4.Ijtimoiy munosabatlar
Avvalgidek Misr jamiyati uch qatlamga bo’lingan edi: hukmron tabaqa quldorlar, ustaxonalar,uy egalari: kichik mayda ishlab chiqaruvchilar, o’z mehnati bilan kun kechiruvchi hunarmand va dehqonlar: o’z mulkiga ega bo’lmagan qaram qullar. Yangi podshohlik davrida ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy tizimda ularning ichida ko’pgina o’zgarishlar yuz bergan. Quldorlik munosabatlari mustahkamlangan. Yuz minglab asirlar qullarga aylantiril. 1-3 qulga esa bo’lgan mayda quldorlar paydo bo’lgan. Hukmron tabaqa va uning tarkibida keskin o’zgarishlar yuz bergan. Aslzoda bo’lmagan, ma'muriyatda o’rta va kichik lavozimlarni egallagan, fir'avnga qaram bo’lgan kichik va o’rta quldorlar paydo bo’ldi. Ular fir'avn hokimiyatini asosiy tayanchi edilar.
Hukmron tabaqa ichida xizmatdagi zodagonlar, qo’shinning qo’mondon tarkibi, merosiy zodagonlar, xudo Amon boshchiligidagi oliy kohinlar alohida o’rin egallaganlar. Nom zodagonlari va oliy kohinlar XVIII sulola davrida istilochilik urushlaridan ulkan boylik orttirdilar. Yillar davomida moddiy boyliklarni to’plab olgan. Fiva kohinlari davlat hokimiyatiga kuchli ta'sir o’tkazib fir'avnlarni siyosatiga faol aralashganlar. Fiva kohinlari bilan nom zodagonlari va xizmatdagi zodagonlar o’rtasida kuchli qarama-qarshilik paydo bo’lgan. Natijada bu kurash Exnatonning diniy islohatlari bilan tugagan.
Misrdagi ijtimoiy vaziyat ziddiyatli edi. Istilochilik yurishlari davrda iqtisodiy o’sish ma'lum holda barqaror bo’lgan, ammo, mehnatkash aholining ahvoli og’ir bo’lib qolavergan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə