O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Giksoslarning Misrni istilo qilishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə20/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

7. Giksoslarning Misrni istilo qilishi
Giksоslar istilоsi va Misr davlati parchalanishi. O’rta Podsholik davrining oxirida eramizdan avvalgi XVIII asrda «giksoslar» deb atalgan osiyolik qabilalar Misrga bostirib kirgan: keyinroq paydo bo’lgan va antik dunyo avtorlarining asarlarida saqlanib qolgan tarixiy ma’lumotlar qabila nomi bo’lmish bu «giksoslar» degan so’zni «cho’ponlarning xokimlari» degan misrcha so’zning buzib aytilganidir, deb ta’riflaydi. Bunday ta’rif xaqiqatdan ham bo’lmasa xam extimol.Giksos qabilalari O’rta Podsholik davri bilan Yangi Podsholik davrn o’rtasida Misrga juda ko’plab bostirib kirganlar, mamlakatning anchagina qismini ishg’ol qilganlar. Misrda ular yuz yildan ortiqroq hukmronlik qilganlar. Giksoslar butun alomatlarga ko’ra, ko’chmanchi qabilalar guruhi bo’lib, xo’jalik va madaniy taaqqiyot darajasi jixatidan misrliklarga qaraganda ancha past turganlar «Giksoslar» degan nom xaqiqatan ham misrcha so’zlardan kelib chiqqan, masalan, cho’l mamlakatlarining xukmronlari» («xekau xasut») degan so’zlardan kelib chiqqandir, deb o’ylash uchun hama asoslar bor. Misrliklar Misrning shimoli-sharqiy tomonida yashagan osiyolik ko’chman- qabilalarning hokimlarini shunday deb atagan bo’lsalar ham extimol.
Giksoslarning Misrga bostirib kirib, mamlakatning anchagina qismini istilo qilish protsessi ancha uzoqqa cho’zilgan. Misrning ichki zaifligidan mamlakatda borayotgan keskin ijtimoiy kurashlar natijasida, davlat bir qancha mayda mustakil knyazliklarga bo’linib ketgan; bu knyazliklar orasida bar qadar ko’zga ko’ringani faqat Fiva bo’lib, unda «ja­nub podsholari» dinastiyasi mustaxkamlangan. Osiyolik qabilalar mana shu axvoldan foydalanib, asta-sekin deltaga kirib kela boshlagailar va u yerdagi yaylovlarni bosib ola boshlaganlar. Osiyolik askarlar otryad-otryad bo’lib, Quyi Misrdagi mayda podsholarga xizmatga qilib, ular qo’shinining asosini tashkil etganlar. Osiyolik qabilalarning boshliqlari bu mayda podshochalardan katta-katta yer uchast kalari va xatto butun-butun viloyatlarni boshqarishga olganlar. Giksoslar Misrga dastlab tinchlikcha kirib kelga bo’lsalar, keyin uni xarbiy yo’l bilan bosib olganlar. Ichidan zaiflashib qolgan Misr osiyolik istilochilarga, giksoslarga yem bo’lgan. XIII sulоla. Bu voqea XIII dinastiyatsыng oxirgi podsholari zamonida bo’lgan bo’lsa kerak. Antik ma’lumotlarda giksos podsholaridan oltitasining nomi saqlanib qolgan. O’sha vaqtdan qolgan Misr yodgorliklarida, asosan skarabeylarda saqlangan nomlar bundan ko’ra xiyla ko’proq lekin o’sha vaqtdan qolgan va dalil bo’la oladigan yozma ma’lumotlarning juda ham kamligi giksoslar istilosi davrini to’la- to’kis ta’riflashga imkon bermaydi. Giksos podsholarining nomlariga qarab hukm qilganda, giksoslar to’g’li-tuman qabilalarning birlashmasidan iborat bo’lib, bu birlashma semit qabilalari va xurrit naslidan bo’lgan qabilalar kirgan. Giksoslar SHimoliy Misrda maxkam o’rnashib olganlar va deltaning sharqiy qismida o’zlarining bosh shaxri Avarisni qurganlar, keyinroq vaqtdagn Misr tarixiy ma’lumotlari va antik dunyo ma’lumotlari bunga dalildir. «Avaris» degan nom «Xat-uarit» degan misrcha nomga juda to’g’ri kelsa kerak, «Xat-uarit» degan nom giksos podsholarining yozuvlarida va yana «Salle I papirusi»da, cho’llar va ajna­biy mamlakatlar xudosi Setuga bag’ishlangan shaxar nomi sifatida uchraydi. Giksoslar deltaning sharqiy qismini ayniqsa qattiq, mustaxkamlaganlar. Vodi-Tumilatda, Telal- Yaxudiya yaqinida topilgan lashkargox harobalari bunga dalildir. Bu yerda o’tkazilgan qazishlar vaqtida Petri skarabeylarga, giksoslarga xos sopol buyumlar va bronzadan yasalgan yaroq topgan. Bu lashkargox giksoslar harbiy texnikasini qanday o’zgarib borganligini o’rganish nutqai nazaridan ayniqsa katta akamiyatga egadir. Dastlab, lash­kargox, tuproqdan uyib yasalgan kattakon gov bilan mustaxkamlangan; lashkargoxning bunday mustaxkamlanganligi shu narsadan guvolik beradiki, mudofaachilar asosan kamonchilar va jang aravalaridan foydalanganlar, ular lashkar yaqinida yuzma-yuz jang bo’lishiga yoki lashkargoxning shturm qiliniishga yo’l qo’ymasligi lozim bo’lgan. Lekin keyinchalik bu tuproq; tepa o’rniga qo’rgon devori qurganlar, bu narsa giksoslarning qadimgi misrliklardan qal’a qurish ilmining ba’zi elementlarini o’zlashtirib olganligini ko’rsatadi. Fayum voxasiga kiravsrishda Abusiral-Malikda xam giksoslarning yana xuddi shunday bir istexkomi bo’lgan bo’lsa ajab emas. Tanis shaxarida o’tkazilgan so’nggi kazishlarning natijalari osiyolik qabilalar deltaning juda ichkarisiga kirib borganliklaridan guvoxlik beradi, bu shaharning devorlari Falastindagi xananay qabilalari ishlatgan binokorlik texnikasining qoidalariga asosan qu­rilgan.
Giksos podsholaridan ko’zga ko’ringani Xian degan pod­sho bo’lgan, shu podsho ismining grekcha talaffuzi saqlanib qolgan bo’lib, greklar uni Iannas deb yuritganlar. Xiandan qolgan juda ko’p muxrlarda uning «chet mamlakatlar podshosi», ezgu podsho», «ezgu xudo» degan unvonlari saqlanib qolganki, bular chetdan kirgan unvonlarning asta-sekin Misr fir’avnlarida rasm bo’lgan unvonlar bilan almashtirib borilganligini ko’rsatadi. Xian butun Misrga xukmronlik qilgan deb o’ylash mumkin. Uning ismi Quy i va Yuqori Misrdan chiqqan turli xil yodgorliklardan topilgan. Bu davrda savdoning bir qadar kengayganligidan shu narsa guvoxk beradiki, Nil vodiysidan juda uzoqda bo’lgan yerlardan Suriyadan va xatto Krit orolidan Xianning ismi yozilgan Misr buyumlari topilgan. Xianning podsholik qilgan davri giksos davlatining va Misrda xukmronlik qilgan giksos podsholarining eng kuchaygan davri bo’lgan bo’lsa kerak. Avaris. Хian. Apоpi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə