O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Ijtimoiy tabaqalanish va qulchilikning rivojlinishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə17/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Ijtimoiy tabaqalanish va qulchilikning rivojlinishi Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va ijtimoiy qadimgi qishloq jamoalarining tabaqalani- tabaqalanishini kuchaytirgan. Savdoning va harbiy boskinchilik siyosatining rivojlanishi natijasida Misrga juda katta boyliklar keltirilgan. Biroq bu boyliklar axoli o’rtasida nixoyatda notekis taqsimlangan. Bu esa axolining mulkiy jixatdan keskin ravishda tabaqalanishiga sabab bo’lgan. Quldor zodagonlar kundan-kunga boyib borgan, erkin axolining qadimgi jamoa tuzumi sharoitida yashagan keng ommasi esa soliqlarning asosiy og’irligini ko’tarishga va podsho qo’shinlarida ayniqsa tez-tez bo’lib turadigan harbiy yurishlar vaqtida harbiy xizmatning butun azob -uqubatlariga bardosh berishga majbur bo’lgan. Buning natijasida jamoa a’zolarnning bir qismi xonavayron bo’lgan, o’zining yer ulushidan ajralgan, yoki xatto, ehtimolki, qulga xam aylanib qolgan. Qishloq jamoalarining tabaqalarga ajralganligiga shu narsa dalilki, xuddi o’sha davrda mayda xususiy yer egalari vujudga kelgan. Ular o’sha davrning yozuvlarida «kichkinalar» (najis) deb atalgan. Mulkiy tabaqalanishning keyinchalik davom etib borishi natijasida najislar ham bir tomondan to’k xo’jaliklarga va, ikkinchi tomondan, kichik-kichik xo’jaliklarga ega bo’lgan juda mayda dehqonlarga bo’lina boshlagan.
O’rta tabaqa axolining boyib ketgan qismi: kohinlar, mayda amaldorlar, xattotlar, savdogarlar, extimolki, xat­to kattaroq yer egalaridan iborat xiyla katta bir gruppami tashkil etgan. O’sha davrdagi yozuvlarda bu gruppani «kuchli najislar» deb ataganlar. Bu yozuvlardan birida: «bu — kuchli baland, barmoqlari chiroyli uzuklar bilan to’lgan xattotdir. U xurmat va izzat egasidir. Uning mulki o’ziga uxshashlarnikidan kura ko’prokdir. U amr-farmonlar egasi­dir»,— deyiladi: «Kuchli najislar»ga qarama-qarshi o’laroq, qishloq jamoasining xonavayron bo’lgan va qashshoqlashib qolgan a’zolaridan iborat kambagal najislar bo’lgan. O’sha zamondan qolgan yozuvlarda ta’riflanishicha, bu kambagal najislar o’z yerlarini o’zlari xaydab ekkanlar, yer undirib bergan ozgina xosillarini qayiqlarga ortganlar, va, nixo­yat, youk ortilgan bu qayiqlarni, burlaklar singari, o’zlari sudrab ketganlar. Bu bechoralarda ozginagina mulk bo’lgan; ular gadoylarcha kun kechirishga, kechki ovkatini «xayr istab topganday topishga» majbur bo’lganlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə