O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Qulchilikning asosiy manbai urushlar bo’lgan. Nubiya va Suriyadagi boskinchilik urushlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə18/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Qulchilikning asosiy manbai urushlar bo’lgan. Nubiya va Suriyadagi boskinchilik urushlari vaqtida Misr qo’shinlari juda ko’p asir olganlar va bularni, odatda, qulga aylantirganlar. Bu qullar podshoning va ibodatxonalarnnng xo’jaligida, shuningdek yirik quldorlarning mulklarida ishlagan. Quldorlar qullarga ish xayvonlari deb qaraganlar va ularni xayvonlarni sanagandek bosh xisobida sanaganlar. Masalan. o’sha vaqtdan qolgan bir xujjatda: «Men unga amu (osiyoliklar — V. .4.) qabilasidan bo’lgan 4 bosh qul topshirdim» deyiladi. O’sha davrda aristokratlar qullarni va xayvonlarni mulkning asosiy turi deb xisoblaganlar. Sinuxetning xikoyasida (bu xikoyada o’sha zamondagi xayot va maishiy turmush jonli qilib ta’riflangan) badavlat kishi mulkining asosiy turlari «qullar va poda» deyiladi. O’rta Pod­sholik davrida mamlakatda qullar sonnning ko’payganligiga Kaxundagi qazishlar vaqtida topilgan ko’pdan-ko’p rasmiy xujjatlar ham guvoxlik beradi. Bu xujjatlar orasida statistika ro’yxatlarining parchalari bo’lib, ularda erkak kishilar va ularning ixtiyoridagi erkak va ayol qullar birma-bir sanab ko’rsatilgan. Boshqa bir xujjatdan ko’rini- shicha, davlat amaldorlarga ularning ko’rsatgan xizmatlari uchun mukofot tariqasida erkak va ayol qullar bergan. Qabr ustiga quyilgan yodgorliklarning ko’pida, buqa suyayotgan yoki ovqat olib kelayotgan kishilar tasvirlangan va bular o’lgan kishilarning qullari deb yozib quyilgan. O’sha zamonning adabiy asarlarida qullar ko’p tilga olinadi. Masalan, «So’zamol dehqon qissasi» da bir dehqonning to’g’onda bir katta aristokratning qullarini uchratgani to’g’risida gapiriladi.
Shaharlar Qishloq jamoalarining sekin-asta bo’linib ketishi natijasida jamoa a’zolari yaing kattagina qismi ko’pchiligi badavlat kishilardan ibo­rat to’g’li-tuman xunarmandlar va savdogarlarga, yeri va uyalari bo’lgan mayda xususiy mulk egalariga aylangan. Xunarmandlik va savdoning rivojlanishi shaxarlarning vujudga kelishi va o’sishiga sabab bo’lgan. O’rta Podsholik davrida xam, xali natural xo’jalik asosiy urin tutishiga qaramay, yangi shaxarlar, ma’muriy va xo’jalik markazlari vujudga kela boshlagan, bu shaxar va markazlarning xayoti ijtimoiy turmushning yangi shakllariga kirgay. Fayum voxasida o’tkazilgan qazishlar vaqtida shunday shaxarlardan biri (Kaxun) ning koldiqlari topilgan edi. Bu shaxar Se­nusert II zamonida vujudga kelgan. Bu yerda podsho dastlab piramida bino qildirgan va bu piramida atrofida tez muddat ichida muayyan bir plan asosida qurilgan shaxar vujudga kelgan. SHahar, asosan, to’g’ri geometrik shaklda qurilgan, ko’chalar tuppa-tug’ri bo’lib, bir-birini tikka kesib o’tgan; shahar g’isht devor bilan o’ralgan. Uylarning xajmi va ichki to’zilishi shahar axolisining ijtimoiy jixatdan keskin ravishda tabaqalanganligini ko’rsatadi. Bu shaharda boylar bilan bir qatorda shahar axolisining o’rta tabaqalari, ya’ni xunarmandalar va mayda savdogarlar, nixoyat, harob kulbalarda kambag’al-qashshoqlar yashagan. Kambag’allar maxallasi shaxarning g’arb tomonida bo’lib, ularning kulbalari 240X105 metr keladigan maydonga juda zich bo’lib joy­lashgan. Bu yerda odamlar chumoli singari tiqilishib yashagan va qashshoklik xukm surgan Bu shaharda kambarallarning shu harob kulbalari bilan bir qatorda aristokratlarning ko’pincha katta-katta (45x60 m) maydonni egallagan qo’rg’ronga uxshagan xashamatli uy-joylari qad kutarib turgan. Bunday uylarning har biri kambaralning kulbasiga nisbatan taxminan 50 xissa kattalik qiladi. Boylarga karashli uylarning har birnda 70 tacha xona va yo’lak bo’lib, bu uylar shaxarning sharq tomonidagi aristokratlar maxallasida joylashgan. SHaharning harobalarida kambag’allarning kulbalaridan sal kattaroq, lekin aristokratlarning xashamatli binolarnga qaraganda ancha kichkina bo’lgan uylar ham topildi. Bu uylarda axolining erkin o’rta tabaqasidan bo’lgan, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullanuvchi kishilar yashagan. Abidosdagi mozorni qazish vaqtida topilgan juda ko’p yozuvlar, o’sha vaqtda xaqiqatan ham axolining o’rta tabaqasi, ya’ni xunarmandlar «poyabzal ustalari», «oltindan buyumlar yasaydigan zargarlar», «miskarlar» yoki yozuv­larda o’zlarini «shaxarliklar» deb atagan kishilar paydo bo’lganligini tasdiqlaydi.
Kaxunda boylar maxallasi kambag’allar maxallasidan maxkam devor bilan ajratilgan. Saroy (podshoga qarashli bo’lsa extimol) ayniksa mustaxkam devor bilan o’ralgan. Aftndan, atroflarini juda qashshoqlikdan kun kechiruvchi mexmatkash omma qurshagan ko’chinlar bilan amaldorlar qo’rg’onlarida o’zlarini tinch xis qilmagan bo’lsalar kerak. Kambagal va qullar og’ir mexnat qilib, qashshoqlik za ochlikda kun kechirgan. U zamonlarda jismoniy mexnatning har qandayiga xam xudoning qarg’ishi deb qaraganlar. Dexkon va xunarmand juda ogir va uqubatli mexnatga duchor qilingan. «Duaufning nasixatnomasi»da bir odam o’g’liga bergan nasixatida, agar u xayotning birdan-bir oson va sharafli yo’lidan bormasa, ya’ni mirzalik yoki amaldorlik qilmasa, xayotda katta muxtojlikka uchrashi va azob-uqubatlarga duchor bo’lishi xaqida uni ogoxlantirgan. Uning aytishicha, temir- chi, toshtarosh, sartarosh, kosib, kirchi, baliqchi, qush ovchisi va dehqoniing butun umri og’ir mexnatda o’tadi. Faqat mirzagina zo’r xayot kechiradi. «Qara, hech bir ish yo’qki, birov tepangda nazorat qilib turmasin, faqat mirzagina bundan xolidir, chunki mirzaning o’zi nazoratchidir... Agar kattalarnipg so’zini kulog’ingga olsang, sen ko’plarga xukmingni o’tkazasan... bironta xam mirza yo’qki, podshoning nematidan baxramand bulmasin. Tug’ilish ma’budasi mirzaning martabasini baland qiladi, uni suddan yuqori qo’yadi. Uning ota-onasi xudodan minnatdor buladi, chunki u xayot yo’liga solib yuborilgan». Mana shu qisqagina, lekin ma’nodor «Nasixatnoma» chuqur ijtimoiy adovat xukm surganligini hamda qullar bilan kambarallarninggina emas, balki Misr axolisi o’rtasidagi o’rta tabaqalarning xam og’ir axvolda yashagailigini ko’rsatadi.
Asta-sekin axolining mayda xunarmandlardan, savdogarlardan va mirzalarning eng pastki tabaqalaridan iborat o’rta shahar tabaqasi vujudga kelgan. Bu tabaqaga mansub bo’lgan kishilarning eng kambagallari ijtimoiy xarakatlar vaqtida qo’zg’olon ko’targan qullar va kambagallarga ko’shilib, ular bilan birgalikda boylarning xokimiyatini yiqitganlar.
SHunday qilib, o’sha vaqtda qadimgi Misr jamiyati misoli bir jonli piramidaga o’xshagan. Bu piramidaning negizini qattiq ekspluatatsiya qilinuvchi qullar va kambag’allar ommasi tashkil etgan. Piramidaning o’rta qismi axolining erkin o’rta tabaqasi bo’lgan dehqonlar, jamoa a’zolari va xunarmandlardan iborat bo’lib, bular iqtisodiy jixatdan quldor zodagonlarga qaram bo’lgan, ogir soliq va tulovlar bilan juda ezilgan va deyarli tamomila asoratga tushib qolgan. Piramidaning eng yuqori qismini davlat xokimiyati bilan diniy xokimiyatni o’z ko’liga olgan mustabid fir’avn boshliq amaldorlar va koxinlardan iborat quldor aristo­kratiya tashkil qilgan. Bu ijtimoiy tuzumning mustaxkam- ligi mexnatkashlar ommasini juda qattiq ezish yo’li bilan markazlashtirilgan va byurokratik davlatning kuchli appa­rata vositasi bilan, shuningdsk podshoni xudo deb, butun ijtimoiy tuzumni esa xudolar tomonidan o’rnatilgan va din uni azaldan muqaddas bilgan deb e’lon qiluvchi diniy ideo­logiya yordami bilan ta’min etilgan. Lekin eski urug’chilik tuzumining sarqitlari xali kuchli bo’lgan bu eng qadimgg quldorlik jamiyati ichida iqtisodiy jipslik bo’lmagan Axolining o’rta tabakalari barqaror bo’lmagan, ular o’zgarib turgan, shu sababdan butun sinfiy tuzum xam beqaror bo’lgan. Biroq zamon o’tishi bilan qadimgi Misr jamiyatining sinfi sostavi ham murakkablashgan va shu bilan bir­ga ijtimoiy ziddiyatlar ham keskinlashib borgan. Borgan sari katta boyliklar bir tuda boylar quliga to’plangan. Juda ko’pchilikni tashkil qilgan kambagallar bilan qullar va xatto axolining o’rta tabaqalari ham kattik ekspluata­tsiya qilingan. Bularning hammasi sinfny kurashning keskinlashuviga sabab bo’lgan. Misrda O’rta Podsholik davrining oxirida mexnatkash omma mavjud sinfiy tuzumg'a qarshi quldorlar aristokratiyasiga va podshoga qarshi qo’zg’olonlar ko’targan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə