O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Istilo qilingan mamlakatlarning ekspluatatsiya qilinishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə15/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Istilo qilingan mamlakatlarning ekspluatatsiya qilinishi Misrliklar Nubiyaning anchagina qismini istilo qilib, bu mamlakatning tabiiy boy liklarini, birinchi navbatda mashxur oltin konlarini ekspluatatsiya qilishga imkon topganlar. O’sha vaqtdan qolgan yozuvlarda Nubiyadan oltin olib kelish uchun podshoning farmoni bilan yuborilgan ekspeditsiyalar to’g’risida gapiriladi. Katta amaldorlar. ba’zida esa viloyatlarning hokimlari fir’avn saroyiga oltni olib kelish maqsadida kattagina qo’shin bilan janubga yuborilgan. SHu tariqa, Nubiyaning tabiiy boyliklaridan ochiqdan-ochiq vaxshiyona foydalanilgan, yerli xalq esa raxmsiz suratda talangan. Misr amaldorlari «boshliqlarni (Nubiya boshliklarini) oltin yuvishga majbur qilganliklari» to’g’isida ochiqdan-ochiq gapiradilar, «dushmanlar ustidan g’alaba va tantana qilgandan keyin podsho Nubiyadan olib olishni buyurgan» «oq oltin»ni yuqori sifatlnligini aytib ayniqsa faxrlanadilar.
Bu davrda misrliklar Sinay yarim orolida Vadi-Marxadagi va Serabntal-Xodimdagi mis konlarini juda zo’r berib ekspluatatsiya qilganlar. Bunga shu yerdan topilgan juda ko’p yozuvlar guvoxlik beradi. Bu yozuvlarda mis olib kelish uchun kattagina qo’shin bilan Sinayga jo’nab ketgan katta ekspeditsiyalar to’g’risida gapiriladi, eski mis konlarida qanday foydalanilgani va yangi mis konlari qidirib topilganligi to’g’risida gapiriladi. Bu yozuvlarning ko’pchiligi xam Amenemxet III davridan qolgandir, u podsholik qillgan davrda esa xo’jalik va madaniyat juda rivoj topgan (era avvalgi 1849—1801- yillar).
Sinay va Nubiyadagi tabiiy boyliklarning ishga solinishi qo’shni qabilalar bilan bo’lgan qizg’in savdo, shuningdek tez-tez qilinib turgan xarbiy yurishlar yo’q va odamlarni bir ikkinchi yerga tashishni keng miqyosda uyushtirishni talab qilgan. Suriyaga va Sinay yarim oroliga Suvaysh buyin orqali karvon yo’li o’tgan. Lekin misrliklar o’sha qadim zamonlardayoq dengiz yo’lidan kam foydalanganlar. Sinay orolida qadim zamondagi mis konlari yaqinida saqlanib qolgan bir yozuvda ekspeditsiya boshlig’i Xornaxt «saroy rgasi Gorning farmoni bilan oltin olib kela turib dengizni (Qizil dengizni bo’lsa kerak — V. A.) kesib o’tgani» to’g’risida gapiriladi. Daxshurda yaqindagina topilgan burtma rasmlarda katta kemalar tasvirlangan bo’lib, Misr dengiz bu kemalarda Qizil dengiz va O’rta dengiz bilan uzok. safarlarga borganlar. Nil daryosidan tovarlar va qo’shin tashishni ta’min etish uchun Senusert III birinchi ostonalar rayonida qoyalarni kesib maxsus kanal o’tkazishni buyurgan, bu kanal o’sha davrda iqtisodiy va xarbiy jixatdan katta axamiyatga ega bo’lgan. Sexel orolidagi qoyaga yozuvda bu voqea haqida bunday deyilgan: U «Xakau- : Senusert III ning—V. A.) yo’llari go’zal, iloyo abadiy tashasin» nomidagi kanalni Nubiya egasi ma’buda Anuket sharafiga o’z xotirasi uchun qildirgan. SHu fir’avn podsholigining 8-yilida Nubiyaga xarbny ekspeditsiya yuborilganligi munosabati bilan bu kanalni tozalash yuzasidan katta ishlar qilingan. Bu voqea hm o’sha Sexel orolidagi qoyaga abadiylashtirilgan.
Bu kanalni qazilishi natijasida Misr xarbiy va savdo ekspeditdiyalarining Nubiyaning xiyla olis janubiy viloyatlariga ilgarigidan ko’ra ancha osonlik bilan kirib borishlari uchun imkoniyat tug’ilgan. Misrliklar to Yangi Podsholik davrigacha bu kanaldan foydalanganlar. Ma’lumki, uni XVIII dinastiya vakillari fir’avnlar tiklagan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə