O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Kambag’allar va qullar qo’zg’oloni



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə19/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

6. Kambag’allar va qullar qo’zg’oloni
Хalq qo’zg’оlоnlari va fuqarо urushi. Misrda kambag’allar va qullar ko’targan ko’zgolonlarni biz to’g’li manbalardan bilamiz. Olag’ovur yillarda shaharlarda qo’zg’olonlari ko’tarilib, ularning qurama axolisini o’z ichiga olgan. SHaharda ko’tarilgan qo’zg’olonlar xaqida o’sha zamondan qolgan adabiy yodgorliklarda gapiri­ladi. Masalan, bir papirusda qo’zg’olondan «xoli harob» bir shaxar to’g’risida gapiriladi.
Juda kuchli sinfiy tabaqalanish va sinfiy ziddiyatlarning g’oyat kuchayib ketganligi ba’zi adabiy asarlarda juda yorkin tasvir etilgan. Masalan, «Gerakleopol podshosining nasixatnomasi»da «farosatli odam birovning mulkiga ki» qiziqmaydi» deb yozilgan. Quldorlik tuzumining ashaddiy tarafdori bo’lgan o’sha «Nasixatnoma» avtori, birovlarning boyligini ko’rib: «Voy-vo, o’sha menda bo’lsa edi!» deb, shu boylikni tortib olish niyatida bo’lgan kambag’al to’g’risida qattiq g’azab va nafrat bilan gapiradi. Gerakleopol podshosi tilidan qilib yozilgan, eng qadimgi quldorlik «axloqi»ning negizini tashkil etuvchi shu «Nasikatnoma» da pod­sho xaligi kambag’al to’g’risida: «Insofsiz u!» deydi.
Bu davrda endi keskin sinfiy kurash qizib ketgan va kambag’allar manfur boylarga— quldorlarga qarshi qo’zg’olonlar ko’targanlar. SHuning uchun «Nasixatnoma» avtori shaxarda qo’zg’olonga undovchi kishiga nisbatan qattiq jazo berilishini talab qilgan. «Notiq — shahar uchun ofatdir». Avtorning fikricha, agar xalq qo’zg’olon ko’targuday bo’lsa, podsho isyonchilarga sira raxm-shafqat qilmay, juda qattiq choralar ko’rishi lozim bo’lgan. «Olomonni bug’ib ol, undan chiqadigan alangani o’chirib tashla. Dushmanlik munosabatidagi (kishini) qo’llama, chunki u kambag’al... u dushman!».
Gerakleopol podshosi o’z o’g’liga quldorlar o’zlari uchun eng yovuz dushman deb bilib, shuning uchun jinoyatkorlar deb ata- gan va bu «xudoning o’ziga ham ma’lum» bo’lgan isyonchilarni qoralashni va shafqatsiz jazolashni nasixat qilgan.
Ipusеr nutqi” va “Nоfеrti nutqi”. Lekin O’rta Podsholik davrining oxirida bo’lgan yirik xalq qo’zg’olonlari hammadan ko’ra ikkita adabiy asarda: «Ipuser nasixatnomasi»da (344-sonli Leyden papirusi teksti) va Leningraddagi Ermitajda saqlanayotgan «Noferrexu nasixatnomasi»da yorkiroq tasvirlangandir. u ancha keyingi zamonga oid bu adabiy asarlarda xalq ommasi tomo­nidan ko’tarilgan katta qo’zg’olon shu qadar ravshan va jonli qilib, xayotning o’zidan olingan manzaralar shu qadar xaqqoniy tasvirlanganki, bu asarlarda tasvir etilgan voqealarning xaqiqatan xam tarixda bo’lgan voqealar ekaniga iqror bo’lmasdan iloj yo’q.
Podsholik davrining oxirida, ya’ni Misrga Osiyodan seiyn-asta begona qabilalar kirib kelib, deltaga o’rnasha boshlagan davrda ayniqsa katta qo’zg’olon ko’tarilgan bo’lsa kerak. Misrga ajnabiy xalqlar asta-sekin kirib kela boshlagan va Misr davlatining zaiflashganidan foydalanib, osiyolik qabilalar mamlakatning ayrim qismlarini bosib ola boshlagan vaqtda sinfiy kurash xam avj olgan. Masa­lan, Leyden tekstining avtori bunday deydi: «Butun mamlakat cho’lga aylandi. Nomlar xuvillab qoldi. Misrga tashqaridan ajnabiy qabila keldi... Xech qayerda endi misr­liklar kelgani yo’q». Misrni tobora egallab borgan ajnabiylarning yopirilib kelishiga mamlakatning muqarrar xalok bo’lishiga sababchi bir balo deb qaralgan. Old Osiyoning bepoyon dasht va cho’llaridan chikib kelgan osiyolik ko’chmanchilar deltaning boyliklarini, unumdor yerlarini, mo’l- ko’l bo’lib oqqan suvini egallab ola boshlaganlar hamda o’zlarining ko’chmanchilik chodirlarini dexqonchilik omochi va hunarmandchilik asboblari bilan almashtirganlar. «Nasixatnoma»ning avtori, badavlat va baland martaba egasi bo’lmish Ipuver achinib bunday deydi: «Cho’l qabilalari hamma joyda misrliklarga aylanmoqdalar... osiyoliklar delta xunarmandchiligida tajriba orttirmoqdalar».
Yirik xalq qo’zg’olonining xarakatga keltiruvchi kuchi erkin kambag’allar bo’lib, ularga qullar hamda o’zining moddiy axvolini yaxshilashga xarakat qilgan o’rta tabaqalar qo’shilgan. Xalq qo’zg’oloni boylarga qarshi qaratilgan. Keskin sinfiy kurash avj olib ketgan. Mamlakat bir-biri bilan sira kelisha olmaydigan ikki lagerga bo’lingan. Sabr kosasi to’lgan keng meknatkashlar ommasi: dexdonlar, xunarmandlar va qullar zodagonlarga va boylarga qarshi bosh ko’targan. Xokim sinf bilan qo’zg’olon ko’targan xalq o’rtasidagi chuqur ziddiyatni tasvirlovchi Ipuverning so’zlaridan yaqqol ko’rinmasa-da, ijtimoiy nafrat sezilib turibdi. U bunday deydi: «Xalq shod-xurram bo’lgan vaqtda knyazlar u bilan birodarlashmaydi... Boyning xafsalasi pir bo’lgan, kamba­g’al esa xursand». Biroq xalqning g’azabi boylarni kambag’allardan ajratib turgan g’ovni vayron qilgan.Bekaning bolasi oqsoch bolasi bo’lib qoladi». SHu «Nasixatnoma»lardan birida juda o’xshatib aytilganidek, qo’zg’olon ko’targa mexnatkash omma «kechagi kishilar»ga qarashli bo’lgan boy liklarni bosib oladi. SHunday qilib, mulklar xiyla qayta boshdan taqsimlanadi, natijada «kambagal boylik egas bo'lib qoladi, ilgari o’ziga chorik xam tikib ololmaydiga kishilar xazina egasiga aylanadi».
Qo’zg’olon qishloqlarda xam, shaharlarda xam bo’lgan. SHaharda ko’pchilikni tashkil qilgan xunarmandlar va kambag’allar qo’zg’olon ko’tarib, «o’z oralaridan kuchlilarini haydab yuborganlar». Bularning ketidan qullar ham ko’ta­rilgan va Misr tekstida aytilishicha, «qullarning egalariga aylanganlar». Biroq mexnatkashlar ommasining qo’zg’oloni boylarning mol-mulkini bosib olish va mulkni qayta boshdan taqsimlash bilan cheklanib qolmagan. Kambag’allar bilan qullar vaqtincha birlashib turib, davlat xokimiyatini xam o’z qo’llariga olganlar. Papirusda «kambag’allar podshoni xaydab yubordilar» deb ochiq aytiladi. Qo’zg’olon ko’targanlar davlat idoralarini, arxivlarni va sud palatalarini egallab olganlar. Boylarning xuquq va imtiyozlari yozilgan xujjatlar yo’q qilingan.»Nasixatnoma»ning reaktsion kayfiyatda bo’lgan avtori qo’zg’olon manzarasini va qo’zg’olonchilar obrazini yoqimsiz va xunuk tarzda tasvirlab, qo’z­g’olon ko’targanlarni yomon qilib ko’rsatishga uringan. U qo’zg’olonning mikyosi va axamiyatini kamaytirib ko’rsatishga harakat qilib «qonunni bilmagan ozgina kishilar mamlakatni podsho xokimiyatidan maxrum etdi», deb yozgan. Avtor vu­judga kelgan «tartibsizlikni» bo’rttirib tasvirlaydi: «Mansablar endi joyida yo’q. Odamlar podachisi yo’q, xurkib ketgan podaga o’xshaydi»,— deydi.
Keskin kurash qulchilik jamiyatining negizini tashkil etgan patriarxal oilaga ham kirib borgan. Leyden papirusida aytilishicha, «Ota o’z o’g’liga dushmanga qaragandek qaraydi». Sinfiy jamiyat va quldorlik davlatining butun negizi larzaga keladi. Qo’zg’olonchilar koxinlar va boylarni oqlab kelgan dinga xam qarshi musht ko’gtaradilar. Ipuver kishilar orasida «xudolarga ishonmaslik»ning paydo bo’l ganligi to’g’risida vaxima bilan gapiradi. Uning gapigaku xovlqsma odamlar: «Agar xudoning kayerdaligini bilsamda qurbonlik qilardim»,— deb aytishar ekan. Bu qo’zg’olon Misrdagi quldorlik tuzumi va quldorlik davlatining asoslarini juda ham larzaga keltirsada, tarixiy protsess taraqqiyoini tubdan o’zgartirib yubora olmangan. Qo’zg’olon ko’targan mehnatkashlar ommasi uncha xamjixat bulmagan xamda o’z oldida turgan vazifalarni anglamagan va anglay olmasdi xam. Afsuski o’sha vaqtdan qolgan uvlarda bu qo’zg’olonning qanday qilib bostirilgani to’g’risida xech narsa deyilmaydi. Biroq keyincha yana o’sha avvalgi tartib tiklanganligiga qarab xukm qilganda, qo’zg’olonchiarning kuchi sindirilgan, deb o’ylash mumkin.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə