O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Iqtisоdiyot. Хalqarо munоsabatlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə22/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

2.Iqtisоdiyot. Хalqarо munоsabatlar.
Iqtisodiyotning gullab yashnashi. Misrning g’olibona yurishlari natijasida mamlakatga minglab asirlar haydab kelingan va qulga aylantirilgan. Qullar fir’avn, ibodatxona va zodagonlarning xo’jaliklari ekin yerlarida, ustaxonalarida ishlaganlar. Asirlardan tashqari Misrga juda katta moddiy boyliklar oqib kelgan. Misr bosib olingan hududlarda har yili belgilangan miqdorda xiroj to’lovini joriy qilgan. jumladan, Efiopiya oltin qumi, fil suyagi, Falastin va Suriya kumush, qo’rg’oshin, qalay, bo’yoq, gazlama, lazurit, qimmatbaxo toshlar, kemasozlik yog’ochi, noyob kedr yog’ochini yetkazib berish majburiyatini olganlar. Misrda qo’shimcha ishchi kuchi, turli xil xom ashyolarning mo’l-ko’lligi iqtisodiyotga ijobiy ta'sir qilgan. Xo’jalik ishlab chiqarishi va uning texnologiyasi takomillashgan. XIX sulola davridan boshlab jezdan foydalanish keng tarqalgan. Uning xom ashyosi Suriyadan o’zlashtirib olingan, metall ishlab chiqarish texnologiyasi ham bilan takomillashtirilgan. Vertikal ip yigiradigan to’quv dastgohi kashf qilingan. Bu vaqtda xira rangli shisha tayyorlash alohida xo’jalik sohasiga aylanadi. Omoch takomillashadi, suvni yuqoriga chiqarib beradigan mexanizm «shoduf» ixtiro qilingan. Yangi o’simliklar o’zlashtirilgan. (Chechevisa, smola daraxtlari). Chorvaning yangi zoti (xachir, tuya) yilkichilik mustaqil sohaga aylanadi.
Sun'iy sug’orish inshootlarini qurish, ta'mirlash va tartibga solish, yangi yerlarga suv chiqarish fir'avnlarning diqqat-markazida turgan. Fayum vohasida yangi yerlar ko’plab ochilib, voha Misrning g’alla omboriga aylangan. Eski kanal, to’gon va ariq-anhorlar tozalangan. Nil daryosining toshqin suvlarini chiqishi ustidan muntazam nazorat o’rnatilgan. Nil vodiysida uzumchilik, asalchilik va bog’dorchilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni ko’plab yetkazib bergan.
Fir'avnlar kuchli iqtisodiyotga tayanib tashqi siyosatda jiddiy yutuqlarga erishdilar, me'morchilik, qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Bir necha yangi shaharlar jumladan, Per-Ramzes nomli yangi shahar qurilgan. Noyob san'at namunalari hisoblangan me'morchilik inshootlari barpo qilindi: Luksor va Fivada Amon ibodatxonalari, fir'avn sog’ona-ibodatxonasi, Fir’avn Ramzes Abidosda Osiris ibodatxonasini qurgan. Nubiyada qoya toshda Abu-Simbel ibodatxonasi (balandligi 33 m., kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bunyod qilinadi. Bundan tashqari bu yerda Ramzes II ning balandligi 24 m. bo’lgan haykali va uning oyog’i ostida bolalarining 200 haykallari barpo qilingan.
Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti uchun qulay ichki va tashqi imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga sabab bo’lgan.Yangi savdo aloqasi tobora kengaygan. Suriyaning ayrim viloyatlari bilan Misrning savdo aloqalari mustahkamlangan. Misrliklar bu hududdan qishloq xo’jalik mahsulotlari: don, sharob,asal hamda chorva mollari olib kelganlar. Livandan binokorlik yog’ochlari keltirilgan. Misrga Suriya orqali uzoq mamlakatlardan, xett davlatidan Egey dengizlaridagi orollardan va Mesopotamiyadan juda ko’plab mahsulot olib kelingan. Suriya bilan savdo-sotiq ishlari quruqlikdagi yo’llar orqali ham olib borilgan.Bu davrda misrliklarning dengiz floti bo’lgan va shuning uchun ular mahsulotlarni Suriyadan yelkanli kemalarda olib kelganlar. Suriyadan keyin Misr savdosining eng muhim tayanch nuqtalaridan biri Bobil shahri bo’lgan.
Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlarga: Kipr, Kichik Osiyo, Mesopatamiyaga savdo ekspedisiyalari va istilochilik niyatida qo’shin yuborganlar. Bu vaqtga kelib Sinaydagi mis konlari xom ashyosi tugay deb qolganligi sababli misrliklar o’zlariga zarur bo’lgan misning yangi manbalarini qidirishga majbur bo’lganlar. Yangi podsholik davrida misrliklar o’zlariga zarur bo’lgan misni Kipr orolidan olib kelganlar. Kipr oroli qadim zamonlardan o’zining juda katta mis konlari bilan ham nom chiqargan. O’sha vaqtdan saqlanib qolgan ba'zi hujjatlarda Kipr orolidan Misrga juda ko’plab mis yuborilgani haqida malumot beriladi. Masalan: Kipr podshosi Misr fir'avniga bunday deb yozgan: «Men senga 500 talant(150000 kg) mis yubordim.Men buni birodarimga sovg’a qilib yubordim. Birodar misning kamligini ko’nglingga olma. Mening mamlakatimda egam Nergalning qo’li (vabo) mamlakatimdagi odamlarning hammasini qirib yubordi. Endi misni tayyorlaydigan hech kim yo’q».
Bu davrda Kichik Osiyodan, xususan uning xettlar joylashgan sharqiy viloyatlaridan Misrga temir keltirilgan. Temir o’sha vaqtlarda Misrda nodir hisoblangan.
Misr savdosi shimoli-sharqqa Mesopotamiya viloyatlariga kirib borgan. Ikki daryo oralig’ining shimoli-g’arbida joylashgan Mitanni davlatidan jez, lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, moy, jang aravalari ,otlar va qullar olib kelingan. Misrliklar Bobildan ham xuddi shunday tovarlar ya'ni kumush, yog’ochdan tortib oltin va fil suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar keltirganlar. Misr bilan Osuriya o’rtasida ham savdo aloqalari o’rnatilgan. Yozma manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda misrliklar Osuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltirganlar. Misrliklar Old Osiyodan olgan mahsulotlari evaziga bu mamlakatlarga asosan quyma oltin yoki tilla buyumlar,fil suyagi yoki lojuvard bilan bezatilgan buyumlar, gazmol, kiyim-kechak, asosan qimmatbaho metallar yuborganlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə