O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


XX sulola hukmronligi (er.avv.1200-1085 yillari). Yangi podsholikning so’ngi davri



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə25/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

XX sulola hukmronligi (er.avv.1200-1085 yillari). Yangi podsholikning so’ngi davri. XX sulola asoschisi Setnaxt (er. avv. 1192-1190-yillar) mamlakatni tartibga keltiradi, uning vorisi Ramzes III (er. avv. 1192-1175-yillar) qo’shinni qayta tiklaydi, uning sonini ko’paytiradi. Luviyaliklarni va dengiz xalqlarining hujumlari qaytariladi. Ramzes III Falastin va Suriyada qisqa vaqtga bo’lsada, Misrning ta'sirini qayta tiklaydi. Ramzes III kohinlarning ma'naviy siyosiy qo’llab-quvvatlashiga erishish uchun mamlakatdagi yirik ibodatxonalarga ko’plab yer-suv, oltin, qimmatbaho toshlar va qullarni in'om qilgan. Misr ibodatxonalari katta yer-mulkka ega bo’lib, savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa xo’jalik sohalari bilan shug’ullanganlar. Katta miqdorda iqtisodiy qudratga ega bo’lgan kohinlar tabaqasi davlat ishlariga aralashganlar, saroy zodagonlarining noroziligiga sabab bo’lgan.
Ramzes III vorislari davrida Misr zaiflasha boshlaydi. Er. avv. 1075-yillar atrofida XX sulolaning so’ngi vakili Ramzes XI vafoti bilan Misr ikki qismga bo’linadi va Quyi Misrni birlashtirgan markazi Tanis bo’lgan ikkinchi davlat paydo bo’ladi. Shu bilan qadimgi Misr tarixidagi oltin davr tugab III O’tish davri (er. avv. 1075-656-yillar) boshlanadi.
Mavzu: 4.Kech shohlik davrida Misr
Mavzu: 4. Kech shohlik davrida Misr
Rеja:
1. Misr chet elliklar hukmronligi ostida.
2. Misrda Efiopiya va Osuriya hukumronligi
3.Sais sulolasi. Misr davlatining so’nggi yuksalishi.
4.Iqtisodiy - ijtimoiy munosabatlar.


1. Misr chet elliklar hukmronligi ostida.
Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi. Yangi podsholik davri yagona davlatni yemirilishi bilan Misr III O’tish davri (er. avv. 1075-656-yillar)ga kirdi. Bu davrda Misr yoki rasman yagona podsho hokimiyati bo’lsada kuchli tarqoq holatida bo’ldi. Yoki bir necha nomlar o’rtasida bo’lingan holda turdi.
Bu davrning boshlarida Quyi va O’rta Misrda Tanis shahrida o’rnashib olgan (er. avv. 1075-945-yillar) XXI sulola hukmronlik qildi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon-Ra ibodatxonasi oliy kohinlari boshqaruvi ostida edi. Bu vaqtda alohida nomlar kuchayib ketdi. XXI sulola va Amon-Ra ibodatxonasi oliy kohinlari nomlarni merosiy nomarxlari separatizmiga qarshi tura olmadilar. Ichki kurashlar sababli parokandalikka yuz tutgan mamlakat tez orada chet elliklarga qaram bo’la boshladi. Bu chet elliklardan biri liviyaliklaredi.
Liviyaliklar deltaning g’arbiga va Nil daryosining shimoliga tutashgan joylarida hamda g’arbiy vohalarda qadimdan yashab kelganlar. Bu qabilalar, mustaqil bo’lib, lekin madaniy jihatdan qoloq bo’lganlar. Yangi podsholik fir'avnlari zamonida Misr gullab yashnagan davrda liviyaliklar Misrga ko’plab kelib o’rnashganlar.
Fir'avnlar liviyaliklarni yollanma askar sifatida xizmat qabul qilib, ularga asosan, deltadan chek yerlarni ajratib berganlar. XX va XXI sulola vakillari davrida liviyaliklarning ko’chib kelishi yanada jadallashgan. Luviya zodagonlaridan ba'zi birlari asta-sekinlik bilan kohinlik lavozimlarini egallaydilar. Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari ayrim hududlarni bosib olganlar.
Harbiy qo’mondon va Gerakleopoldagi Xerilfe xudosining ibodatxonasi bosh ruhoniysi bo’lgan bir liviyalik yozma ma'lumotida ta'kidlashicha, bu odamning o’zidan avval o’tgan ota-bobolaridan 15 tasi shu yerda umr kechirib o’tganligi aytiladi. Bu yozuvga qaraganda uning ajdodi «liviyalik Byuvava XXI sulola davrida Gerakleopolga ko’chib kelgan. Uning avlod-ajdodlari liviyalik qo’shinlarning «ulug’ boshliqlari» va Gerakliopol ibodatxonasining kohinlari lavozimini egallagan, bu liviyalik aslzodalar urug’idan biri podsho oilasi bilan qarindosh ham bo’lib olgan.
Ana shu liviyalikning avlodi Bubastis nomining nomarxi Sheshonk podsholik taxtini egallab XXII sulolaga asos solgan. Kelib chiqishi liviyalik bo’lgan yangi hukmdorlar Fiva kohinlari bilan maslahatlashib va ularga tayanib ish ko’rganlar. Yangi sulola podsholari, eski podsho xonadoni bilan qarindosh bo’lib, o’z bolalarini Fivadagi ibodatxonaga bosh ruhoniy qilib tayinlaydilar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə