O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Ilmiy bilimlarning vujudga kеlishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə35/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

4.Ilmiy bilimlarning vujudga kеlishi.
Ilmiy bilimlar. Misr madaniyatida fan yetakchi o’rin tutadi. U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo’nalishlarida rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosi rejimi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to’rt oyga bo’lindi. Oy un kunlik dekadani tashkil etgan. Yilda 36 dekada bo’lgan, oxirgi oyga 5 kun qo’shilib kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo’linib yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa bo’lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini tuzganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin hisobni yaratdilar. Ular qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirishni bilganlar.
Misr vrachlari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Vrachlar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to’g’risida bilimga ega bo’lganlar. Misrliklar qadimgi so’z ensiklopediyalarini tuzganlar.
Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari. Qadimgi misrliklar tuzilishi bo’yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat yaratdilar. Bu madaniyat ko’pgina yaqin sharq xalqlarining madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta'sir ko’rsatdi.
Misr madaniyati to’rt ming yil davomida shakllandi. Qadimgi Misr madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladi? Birinchi navbatda, Qadimgi Misr ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari, Nil vodiysining o’zlashtirilishi, dehqonchilikning oqilona tashkil qilinishi, umummisr iqtisodining yuksak taraqqiyoti madaniy o’sishning moddiy asosini yaratdi. Shu bilan birga madaniyat sohasidagi yutuqlar, ta'lim, fan qadimgi misrliklarning umumiy ma'naviy taraqqiyoti yuksalishi bu ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyotni va davlatni takomillashtirishning asosiy sabablaridan biri bo’ldi.
Qadimgi Misr madaniyatida qator o’ziga xos xususiyatlar borki, bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi. Uning o’ziga xosligi va betakrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatni kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq geografik joylashuvi natijasida boshqa xalqlarning madaniy yutuqlarini o’zlashtirishning q iyinligi bo’ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun Misr madaniyatida chuqur iz qoldirdi. Xo’jalik hayotida Nil daryosining yetakchi o’rni, dengizdan uzoqlik, Nilni o’rab turgan jonsiz sahro, o’zining qumli bo’ronlari, jazirama issig’i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyo qarashini va diniy e'tiqodini, qadriyatlarining butun tizimining xususiyatini belgiladi.
Fir'avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umum jamoa mehnati bilan misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratdilar. Shu bois tabiatning dahshatli kuchlari oldidagi qo’rqinch, fir'avnning qudratli hokimiyati, dahshatli xudolar, ularning ulug’vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyo-qarashiga singib ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va yanada qudratli fir'avnlar,ularni amaldorlari oldida o’zini juda zaifligi va kuchsizligini his qilgan.
Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an'anaviylik xos. Misrliklar o’zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik kiritishdan qochdilar. Aksincha ularda o’zlariga ma'lum g’oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil bo’lib qoldi. Albatta bu hol yangi unsur, g’oya va uslublarni inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr ustalari doimo rioya qilgan an'anaviylik va konservatizm Misr san'ati uchun xos bo’lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg’unlikni o’zida aks ettirib nihoyasiga yetkazib ishlangan. Bu sof Misr qonun va obrazlarini yaratilishiga olib keldi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə