O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Qadimgi Mesopotamiya manbashunosligi va tarixnavisligi. Manbalar. Arхеоlоgik tеkshirishlar tariхi. Miхsimоn хatlarning o’qib chiqarilishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə38/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Qadimgi Mesopotamiya manbashunosligi va tarixnavisligi. Manbalar. Arхеоlоgik tеkshirishlar tariхi. Miхsimоn хatlarning o’qib chiqarilishi.
Davrlashtirish. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi.
Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo’ldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko’chib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli Akkad podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigiga o’tadi.
Er. avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig’ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi: Qadimgi Bobil yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, o’rta Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik davri (er. avv.XII-VII asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg’onish (er. avv. VII-VI asrlar ) davri va Eron tomonidan malakatni bosib olinishi.
Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari. Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo’yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari. Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo’jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan er. avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muxrlar ko’plab topilgan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə