O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə39/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Xo’jalik hujjatlari. Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o’qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo’jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII-XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujjatlar. Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko’pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. avv. III ming yillikning oxiri), er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid Osuriyaning yoki o’rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Diplomatik hujjatlar. Eng qadimgi dpilomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjali to’grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to’g’risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə