O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə47/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

So’z janri. Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston, ertak va maqollar to’plami bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini qo’shni qabilalar hujumlari natijasida halokati to’g’risida ma'lumot beradigan asarlar alohida o’rin tutadi. “Ur shahri aholisining falokati motam yig’isi” (er.avv. XX asr oxiri) asarida ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi, yong’indan qolgan uylarda halok bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan.
Shumer adabiyotining eng mashhur-namunasi afsonaviy qahramon Gilgamesh to’g’risidagi epik afsonalar to’plamidir. Bu asar akkad tilida qayta ishlangan nusxada to’laroq ko’rinishda Ashshurbanipal kutubxonasida topilgan. Er.avv. II ming yillik oxirida Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy mavzudagi “ha men donolik ilohini sharaflayman” asari saqlanib qolgan. U aybsiz, mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to’g’risida hikoya qiladi.
Shu mavzuga yaqin «Bobil teodisiyasi: (so’zma-so’z tarjimasi, “xudoni oqlash”) poemasi er.avv. IX asrda paydo bo’lgan. Uning muallifi podsho saroyida kohin bo’lib xizmat qilgan, Esagil kuni-Ubbib nomli kishi bo’lgan. Asarda bobilliklarning qiziqtirgan diniy-falsafiy g’oyalar o’z aksini topgan. Er.avv X asrga oid “Qul menga bo’ysun” asari hayotga umidsizlik ruhida yozilgan. U xo’jayinning o’z qo’li bilan dialogi tarzida yozilgan.
Katta badiiy qiymatga ega bo’lgan Osuriya annallari osur jangchilari bo’lgan begona davlatlar tabiati to’g’risida ritmik tilda yozilgan. Eng mashhur Osuri asari bu Osuriya podsholarining dono kotibi va maslahatchisi Axikar to’grisidagi qissadir. Kissa to’liqroq holda suriya tilida saqlanib qolgan.
Din. Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida din hukmron o’rin egallagan. Er.avv. IV-III ming yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik Bobilda o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Har bir shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan. Bundan tashqari, umumshumer shaharlari sig’ingan xudolar bo’lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat stixiyasi kuchlarini aks ettirganlar. Ko’pincha ular koinot jismiga o’xshatilgan. Har bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi, quyosh xudosi Utu (Akkad mifologiyasida Shamash), Oy xudosi Ninnar, Enlilning o’g’li sevgi va hosildorlik xudosi Innana (Bobil va Osuriya panteonida Ishtar) abadiy hayot, tabiat xudosi Dumuzi (Bobilda-Tammuz) keng tarqalgan.
Urush xudosi kasallik va o’lim xudosi Nergal (Marsen) sayyorasiga o’xshatilgan. Bobil bosh xudosi Marduk - Yupiter bilan Nabu (Mardukning o’g’li) donolik, yozuv va hisob xudosi Merkuriy sayyorasiga o’xshatilgan.
Xudolardan tashqari, ko’p sonli ezgulik devlariga sig’inilgan. Turli xil kasalliklar sababchisi bo’lgan yovuz devlarni rahmdil qilishga harakat qilganlar. Devlar yarim odam, yarim hayvon tarzida tasvirlanganlar. Odamlar o’zlarini odam boshli, qanotli ho’kiz sifatida ifodalaganlar. Qanotli ulkan haykallar Osuriya podsholari saroylari kirishini qo’riqlaganlar.
Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasavvurida u dunyo soyalar podsholigi qaysiki, o’liklar ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar. Loy, chang bilan ovqatlanadilar. Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga qurbonlik keltirishga majburdirlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə