O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Sargоn I va uning vоrislari davrida Mеsоpatamiya



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə44/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Sargоn I va uning vоrislari davrida Mеsоpatamiya.
Akkadning yuksalishi. Kishning fitna qurboni bo’lgan podshosi Lugalzagissining kichik saroy amaldori, kelib chiqishi oddiy odamlardan bo’lgan akkadlik (rivoyatlarga ko’ra tashlandiq bo’lgan va keyinchalik Kish saroyida tarbiyalangan) Kishning bir qism aholisi bilan ko’rimsiz Akkad shaharchasiga yashirinadi. O’zini Sharrum-ken (“haqiqiy podsho” zamonaviy aytilishi Sargon) Sargon I, (er. avv 2316-2361-yillar) deb e’lon qiladi. Sargon I ommaviy yengil qurollangan qo’shin tuzdi. Shumer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi. U kuchli qo’shin bilan 34 jangdan keyin butun Shumerni istilo qildi. Sargon I o’zining 55- yillik podsholigi davrida (er. avv. 2316-2261 yillar) butun Mesopotamiyani Akkad davlati qo’l ostiga birlashtiradi. Bundan tashqari u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qiladi. Sargon I davlati hududiga ahmoniylarga bo’lgan bir yarim yil davomida hech kim teng kela olmadi.
Sargon I davlati oldingi Mesopotamiya davlatlaridan farq qilgan holda markazlashgan davlat edi. Sargon I va uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, pul-tovar munosabatlari, sun'iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik yuksaladi. Podshoning mustabid hokimiyati urug’ zodagonlarining, oqsoqollar kengashining kuchli qarshiligiga uchraydi. Podsho ularning qarshiligini sindirish, o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun xizmatdagi zodagonlar, amaldorlar qisman kohinlarga tayanib ish ko’radi. Ba'zi shaharlarning merosiy «Ji»lari (hokimilari) o’rniga podsho o’z kishilarni tayinlaydi. Sargon I muntazam qo’shinni tashkil qilib, harbiylarga xizmat uchun yer ajratib beradi. Natijada podsho («Sharrum») ning qudratli hokimiyati vujudga keladi.
Sargon I va uning merosxo’rlari Rimush, Naramsuen (er. avv. 2236-2200-yillar) podshoning mustabid hokimiyatini mustahkamlash uchun isyonchi shaharlar, «ensi»lar, urug’ zodagonlariga qarshi muntazam kurash olib borishga majbur bo’lganlar. Podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun merosiy «ensi»larni, o’z o’g’illari bilan almashtirganlar, merosiy hokimlar oddiy amaldorlar darajasiga tushirilgan. Podsho ichki siyosatda kohinlarga suyanadi. Kohinlarga ko’plab imtiyozlar berilgan. Podsho va uning o’g’illari ibodatxona kohinlari lavozimini bajarganlar. Kohinlar Naramsuenni «akkad xudosi» deb tan oladilar.
Naramsuen faol tashqi siyosat olib boradi. Subartu, Elam, Fors qo’ltig’igacha, Zagros tog’larida lulubeylarga nisbatan g’olibona yurishlari va tashqi siyosatdagi yutuqlari uchun «dunyoning to’rt iqlimi podshosi» unvoniga ega bo’ladi.
Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros tog’laridan bostirib kirgan tog’li qabilalardan bo’lgan qutiylar chek qo’yganlar. Boshida Naramsuen ularni og’ir janglarda yengib haydab chiqardi va o’zi urushda halok bo’ldi, ammo ular yana bostirib kirdilar. Mamlakat qutiylar tomonidan talon-taroj qilindi, Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj to’ladilar. Lagash hokimlari qutiylar yordamiga tayanib boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik qildilar. Janubiy Mesopotamiyada Lagashning zo’ravonligi boshqa shahar-davlatlarning qahr-g’azabiga uchradi va qutiylardan ozod bo’lish vaqtida qo’shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash shahri shafqatsiz buzib tashlanadi. Qutiylar davridagi Lagash hokimlaridan biri Gudea (er. avv. 2137-2117-yillar) o’zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum. Uning davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida yagona ibodatxona xo’jaligi tashkil etilgan edi. Gudea bu xudo uchun olinadigan maxsus soliq joriy qiladi va qurilish majburiyatini kiritadi. Gudea Hind daryosi havzasi viloyatlari bilan savdo qiladi va Elam bilan urush olib boradi.
Qutiylar Mesopotamiyada yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. Er. avv. 2109-yil qutiylar Ur podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi va III Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi. Utuxengalning safdoshi Ur-Nammu (er. avv. 2106-2094-yillar) va uning o’g’li Shulgi (er. avv. 2093-2046-yillar) o’z davlatlarini misli ko’rilmagan darajada mustahkamladilar va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirdilar.
Buzilgan sun'iy sug’orish tizimi to’liq qayta tiklanib, yangi-yangi kanal, to’g’onlar ko’riladi. Katta hajmdagi chorvachilik, dehqonchilik xo’jaliklari tashkil qilinadi, hunarmandchilik bilan shug’ullanadigan podsho ustaxonalari ishi yo’lga qo’yiladi, tashqi savdo kengaytiriladi. O’lchov birliklari tartibga solinadi. Ibodatxona zikkuratlari, podsho sog’onalari quriladi. III sulola davrida asosiy yer zahirasi podsho qo’lida to’plandi. Jamoa yerlari xususiy qo’llarda o’ta boshlaydi. Podsho jamoachilarni xonavayron bo’lishi jarayonini sekinlashtirish uchun jamoa yerlari oldi-sottisini ta'qiqlaydi. Ammo yersizlanish kuchayib ketadi. Kambag’allarning o’z bolalarini qul qilib sotishi, qarz uchun vaqtincha qul bo’lish odatdagi hol bo’lib qoladi. Qullar ko’payib ketadi, qul 9-10 sikl turgan. Shumer-akkad podsholigining davlat boshqaruvi III sulola davrida qadimgi sharq podsho hokimiyatining tugallangan shakli edi. Podsholar cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lib «Ur podshosi, Shumer podshosi va Akkad podshosi» unvonlariga ba'zida «dunyoning to’rt iqlimi podshosi» unvonlariga ega bo’lganlar.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə