O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Qulchilikning rivojlanishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə52/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Qulchilikning rivojlanishi. Xufiya (yashirincha) qullikning eng qadimgi ko’rinishlari tarkib topgan patriarxal oila hali o’sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo’lgan hamda shunga bog’lik ravishda zulm qilish va hukmronlikning eng qadimgi shakllari vujudga kelgan. Patriarhal oilada ota va er doimo xo’jayin hisoblanib, oilaning barcha a’zolari unga so’zsiz itoat qilganlar. Ham ota, ham er o’z oilasining a’zolariga nisbatan tug’ma quldor huquqiga ega bo’lgan. Ko’p xotinlilik ayolni xor qilgan.
Hammurapi qonunining 129 - moddasiga ko’ra, er – “xo’jayin” (bel ashshatim) bo’lib, xotin erining izmida edi. Er xotin olishda qaynataga ma’lum haq to’lagan va ayol erining cho’risi hisoblangan. Bu qonunga ko’ra, er-xotindan biri bevafolik qilganida, erga bir jazo, xotiniga esa boshqacha jazo tayinlangan. Er vafo qilmasa, xotin sepini olib otasining uyiga ketishi mumkin bo’lgan, ammo bevafolik qilgan ayolni suvga tashlash lozim bo’lgan. Nikoh ahdida aytilishicha, o’z eridan yuz o’girgan xotiniga eri qullik tamgasini bosib, sotib yuborish huquqiga ega bo’lgan. Ayolning mol-mulk huquqi cheklab qo’yilgan. Beva ayol mol - mulkiga o’zi to’la-to’kis egalik qila olmagan. Qonun chiqaruvchi turli yo’llar bilan oila mulkini imkon qadar bir oila qo’lida saqlab qolishga uringan. Hammurapi qonunining bir qancha moddalarida beva qolgan xotin o’z mulkini ajratib olish huquqiga ega bo’lmagan, chunki bu mulk bolalar merosi hisoblanib, uning asosiy qismi, katta ulushi katta o’g’ilga tekkan. O’sha davrga oid ko’plab hujjatlarda bolalarni qul qilib sotib yuborish hollari yuz berganligi ko’rsatiladi. Ba’zi hujjatlarga ko’ra, oilada bunday qullarning tegishli narxi bo’lgan. Bir qancha yozuvlarda ota va erning o’z oilasiga nisbatan cheksiz huquqqa egaligi va barcha oila a’zodarini qul qilib sotishi mumkinligi bayon etiladi. Masalan, hujjatlardan birida SHamash Dayyan ismli odam butun oila a’zolari hamda o’ziga qarashli erkak va ayol qullarni qarzi badaliga sotib yuborganligi aytiladi. SHamash Dayyan faqat shu yo’l bilan o’z ozodligini saqlab qolgan. Bola otasining mulki hisoblangan. Hammurapi qonunining 14 - moddasiga ko’ra, ozod odamning yosh bolasini o’g’irlab ketgan kishi qatl qilingan.
So’nggi mol-mulkidan ajrab, qullikka tushish xavfi qarshisidagi kambag’allar bilan qudratli va birlashgan quldorlar sinfi - boylar o’rtasida sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni yumshatish maqsadida Hammurapi qarzdorlik tufayli asoratga tushishi mumkin bo’lgan kishining shaxsi va mol-mulkini qarz beruvchining haddan tashqari siquvchi jabridan qisman himoyalashga uringan. Masalan, 117-moddasida aytilishicha, agar qarzdor qarz badaliga xotini, o’g’li yoki qizini bergan bo’lsa, qarz beruvchi kishi ular mehnatidan uch yildan ortiq foydalana olmagan. To’rtinchi yilga o’tganda qarz beruvchi ularni ozod qilishga majbur bo’lgan. SHunday qilib, qarz bergan kishi qarzdorning qarindoshlarini uzoq vaqt qullikda ushlab tura olmagan, hatto qarzdor qarzini to’lamagan taqdirda ham uning qarindoshlarini butunlay qulga aylantirish huquqi yo’q edi.
SHu bilan birga, Hammurapi qonuni qarzdorning qarz badaliga garovga berilgan o’g’lini qarz beruvchining o’zboshimchaligi va shafqatsiz muomalasidan asragan. Qonunning 116-moddasiga ko’ra, agar erkin kishining qarzi badaliga qarz beruvchi tomonidan garovga olingan va ishlab, otasi qarzini uzishga majbur bo’lgan o’g’il qarz beruvchining uyida uning kaltagidan yoki yomon munosabati oqibatida o’lib qolsa, evaziga qarz berganning o’g’li o’ldirilishi mumkin edi. SHunday qilib, qarz bergan kishi qonunni buzib, qarz olgan kishiga zarar yetkazsa, o’ziga ham xuddi shunday zarar yetkazilishi shart bo’lgan.
Hammurapi qonuni qarz beruvchi boy va qudratli kishilarning o’zboshimchaligini cheklashga uringan bo’lishiga qaramay, 115-modda bilan qonunga ma’lum sharh kiritadi. Bu modda qarzdorni majburiy ishlatish huquqiga ega bo’lgan qarz beruvchiga ma’lum jihatdan erkin harakat qilish imkoniyatini bergan. Mazkur moddada: “Agarda garov qilib olingan kishi garovga olingan kishining uyida o’z ajali bilan vafot etsa, buning uchun da’vo qilish mumkin emas” deyilgan. Ammo Hammurapi qonuni, har holda, quldorlar manfaatini himoya qilganligini ham aslo unutmaslik kerak.
Kambag’allarning xonavayron qilinishi, ularning qarz tufayli qullik asoratiga tushishi hamda urushlar oqibatida mamlakatda qullar soni tobora ko’paygan. O’sha davrga oid qonun va rasmiy hujjatlarga qaraganda. Bobilda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Qul narhi arzon bo’lib, ijaraga olingan ho’kiz haqiga, ya’ni 168,3 gr kumushga teng edi. Qullarga buyum sifatida qarar, ularni sotish va ayirboshlash, tortiq qilish va meros qilib qoldirish mumkin bo’lgan. Bordi-yu, qul mayib qilib qo’yilsa yoki o’ldirilsa, aybdor qul egasiga qulning bahosini to’lashi lozim bo’lgan. Hammurapi qonunining ayrim bir moddalari faqat bir maqsadni - quldorlarning manfaatini himoya qilishni nazarda tutgan. «Qochoq qulni uyida yashirgan kishini qonun va hokimiyat o’lim jazosiga hukm qilgan. Agar qul qochib ketsa, quldor har vaqt davlat hokimiyatiga uni tutish va qaytarib berishlarini so’rab, murojaat qila olgan. Birovning qulini yollab ishlatgan odam qo’lidan qul qochib ketgan taqdirda zararni qulning egasiga to’lashi kerak edi. Qulni garovga qo’yganda, garovga olgan odam ham huddi shu darajada javobgar bo’lgan. Qullarga shafqatsiz muomala qilinishi tufayli ularning qochib ketish hollari ro’y berib turgan. Qulni sotishdan avval, uning qochoq emasligini aniqlash uchun uch kunlik muddat belgilangan. O’z egasiga bo’ysunmagan qul uchun jazo belgilaydigan 282-modda, ayniqsa, o’ziga xos deyish mumkin. Bu moddaga ko’ra o’jar qulning qulogi kesilgan. Hammurapi qonunida ko’rsatilishicha, Bobilda qullar tamg’alangan va tamg’ani o’zgartirgan odam qonunga ko’ra qattiq jazoga mahkum qilingan.
Biroq Bobilda quldorlik ishlab chiqarish usuli to’la rivojlanmagan. Urug’chilik tuzumiga xos xususiyatlar uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan, bu hol ko’p jihatdan qadimgi Mesopotamiyadagi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga sabab bo’lgan. Masalan, 23-moddaga ko’ra, bosqinchi o’g’ri qo’lga tushmasa, yetkazilgan barcha zararni u yashaydigan jamoa to’lashi lozim bo’lgan. Demak jamoada uning barcha a’zolari uchun umumiy kafillik joriy etilgan. O’sha davrga oid rasmiy hujjatlarda ayrim yerlar oila ixtiyorida bo’lganligini, bundan oldin esa bu yerlar jamoa yer fondidan ajratib berilganligi qayd etilgan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə