O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə49/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. T.1998 й.
Авдиев В.И. Қадимги Шарқ тарихи. T.1964 й.
Rajabov R.R. Qadimgi dunyo tarixi. T. 2009.
Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Т.2006.
Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. «Слово», ЭксмоЭ-М. 2004.
Mavzu:7. Qadimgi va Yangi Bobil podsholigi


Mavzu:7. Qadimgi va Yangi Bobil podsholigi
Reja:
1 Qadimgi Bobil hukumdorligi.
2.Hammurapi qоnunlari.
3.Savdо, qulchilikning rivоjlanishi. Yer egaligi, huquq va sud qilish, Davlat hоkimiyati.
4.Bоbilning kassitlar tоmоnidan istilо qilinishi.
5.Yangi Bоbil pоdshоligi. Iqtisоdiy va ijtimоiy tuzumi.
6. Qadimgi va Yangi Bobil madaniyati.

Tayanch tushunchalar.
Din. Yozuv. Qadimgi Bobil madaniyati va mafkurasi. II Isin sulolasi. Bobil kassit sulolasi davrida. “Vakil amurri”, “shakkanakku”lar Davlat hokimiyati. “Talion huquqi”. Huquq va sud. Yer egaligi, Qulchilikning rivojlanishi. Savdo. Chorvachilik. “Hammurapi kanali” Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. Hammurapi qonunlari. Mitanni davlati. Kassitlar, “kass” Samsuilun. Хurrit-amoriy, Uruk, Nippur, Issin va Larsa. Rimsin. Zimrilim. Sumuabum. Amoriylar sulolasi. Eshnunna, Bobilning yuksalishi.
1 Qadimgi Bobil hukumdorligi.
Bobil Mesopotamiyaning o’rtasida – Dajla va Frot daryolari oralig’ida, Kichik Osiyo va Kavkazortidan Fors qo’ltig’iga va Suriya qirg’oqlaridan Eronning yassi tog’ligiga o’tadigan muhim savdo yo’llari tutashgan yerda joylashgan.
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko’chmanchi qabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asr oxirida amoriy hukmdori Shamshiadad (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o’rtasida uzoqqa cho’zilgan urushlar bo’lib o’tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to’la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo’lboshchisi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi.
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig’ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug’orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo’llarini tutashgan joyda o’rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi.
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750 yillar) davriga to’g’ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Isin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o’ziga bo’ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Ossuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar.
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topadi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga sig’inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o’z ichiga olgan viloyatga bo’ladi.
Hammurapining vorisi Samsuilun (er. avv. 1749-1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda avval noma’lum bo’lgan “kass” etnonimidagi hind-yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o’zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo’lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam, janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Isin shaharlarida qo’zg’olon ko’tariladi.
Shimoliy-g’arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’iga boradigan yo’llardan to’sib qo’yadi. Buning ustiga eramizdan avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə