O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə51/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig’ish bilan shug’ullangan. Podsho hokimiyati og’ir qurollangan, (redum) yengil qurollangan jangchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi qonunlar to’plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun to’lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar.


3.Savdо, qulchilikning rivоjlanishi. Yer egaligi, huquq va sud qilish, Davlat hоkimiyati.
Savdo. Bobil jug’rofik jihatdan qulay joylashganligi rivojlanishiga qo’l kelgan. Afsuski, Hammurapi qonunlarida qaysi buyumlar savdosi ko’proq taraqqiy etgani haqida ma’lumot juda oz. Biroq agrar mamlakat bo’lgan Bobildan chetga, asosan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari chiqarilgan deb faraz qilish mumkin. Qonunning 104 - moddasida g’alla, jun va yog’, 237 - moddasida ana shu qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan birga xurmo ham mahsulot sifatida tilga olinadi. Bobilda savdo ishlari turli shakllarda yuritilgan, Tashqi savdo muhim o’rin tutgan. Muhim savdo markazlari - ikki eng yirik shahar, ya’ni Bobil va Sippardan qo’shni mamlakatlarga ko’plab turli mahsulotlar chiqarilgan. Sippar o’z davrining jun gazlama ishlab chiqarish markazi edi. Bu shahardan gazlama bilan bir qatorda, xususan, Elamga xurmo, moy va don jo’natilgan bo’lsa, Elamdan Bobilga metall rudalar (mis va kumush) olib kelingan. Bobil shaharlari Ossuriya bilan qizg’in savdo ishlari yuritib, shu bilan birga Ossuriyadan Bobilga asosan qo’rg’oshin va boshqa metallar keltirilgan. Krit harobalaridan Bobilning tsilindr shaklidagi muhri topilgan. SHundan kelib chiqib, Bobil va Finikiya shaharlari o’rgasida savdo aloqalari o’rnatilgan deyish mumkin. Qul savdosi alohida savdo turi hisoblanib. ba’zi hujjatlarga ko’ra qullar qo’shni tog’li Gutium mamlakatidan keltirilgan. Masalan, bir yozuvda bunday deyilgan: “Gutiumdan oq tanli qullar keltirish sharti bilan savdogarga yog’ beriladi”.
Tashqi savdo bilan keng miqyosda ichki savdo ham mavjud edi. Oziq-ovqat mahsulotlari, jun, yog’och, g’isht, metal kabi turli xil mahsulotlar daryo va kanallar orqali tashilgan. Bobil va Sippar bilan birga SHumerning ham yirik shaharlari, masalan: Larsa va Nippur ichki savdoda ishtirok etgan.
Yirik savdo asosan davlat qo’lida, qisman. “damkar” nomini olg’an ayrim boylar qo’lida jamlangan. Damkarlar podsho saroyining topshirig’i bilan va uning nomidan savdo qilganlar. Podsho saroyi davlat boshqarmasining bosh mahkamasi hisoblanib, yirik tashqi savdo uning ixtiyorida bo’lgan. Damkarlar savdoni maxsus amaldorlar nazorati osgida amalga oshirganlar. Keng tarmoqlangan davlat savdosi mamlakatdagi ko’plab mahsulotlar bilan xususan, jun va baliq savdosi bilan ham taraqqiy etgan. Mulkdor boylar manfaatini himoya qilgan Hammurapi savdo ishlarida yirik ulgurji savdo egalarining qonunda ko’rsatilgan katta foyda olishini ta’minlash uchun bir qancha choralar ko’rgan. Qonunning 101- moddasiga binoan, yirik savdogardan qarz olgan shaxs, savdodan foyda qilgan-qilmaganligidan qat’iy nazar, olgan pulini ikki hissa qilib qaytarishi lozim bo’lgan. Faqat harbiy harakatlarda qatnashgan kishigina olgan qarzini qaytarishdan ozod etilgan (103 - modda).
Qarzga olingan don uchun “shu kunning narxida” pul to’lashni ko’zda tutgan hujjatlarda ko’rsatilishicha, qishloq xo’jalik mahsulotlarining oldi-sotdisi mollarga narx belgilanadigan maxsus bozorlarda amalga oshirilgan. Turli mahsulotlar narxi umumiy xo’jalik sharoitlari, shuningdek, yil fasllariga qarab o’zgarib turgan. Masalan, Uruk podshosi Singashid davrida 3 gur (757, 8 litr) g’alla 12 min (6, 06 kg) jun yoki 10 min (5.05 kg) mis yoxud 30 ka (25,26 litr) o’simlik moyi, mamlakatda belgilangan narxga ko’ra 1 shekel (8,416 g) kumushga sotilgan. SHunday qilib, kumush misga nisbatan 600 barobar, junga nisbatan 720 barobar qimmatroq hisoblangan. 2 litr yog’ qiymati 1 kg junga teng bo’lgan. Podsho Hammurapi davrida qishloq xo’jalik mahsulotlari Singashid davriga nisbatan ancha qimmatlashib masalan, jun narxi ikki marta, o’simlik moyi narxi uch marotaba, g’alla narxi esa ikki marotaba baland edi. Hammurapi davridagi to’xtovsiz urushlar qishloq xo’jalik mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelib, mamlakat xo’jalik hayotiga ta’sir etgan.
Bobil davlatining o’sib kuchayishi bilan mamlakat savdogarlarining tashqi savdo aloqalari tobora kengayib borgan. Bobil asta-sekin butun Old Osiyoning eng yirik savdo markaziga aylangan.
Ammo Bobilning xo’jalik tuzumi asosan, natural xo’jalikligicha qolavergan. Hisob-kitobda g’alla kumush tanga bilan teng qadrga ega bo’ldi. Qishloq xo’jalik xodimlari, ho’kiz haydovchilar va podachilarga to’lanadigan mehnat haqi. ijaraga olingan arava, ho’kiz va eshak uchun to’lanadigan haq shuningdek, podsho amaldorlari va sudyalarning maoshlari galla bilan berilgan.
Bobil podsholigi gullab-yashnagan davrda savdo va sudxo’rlikning yanada rivojlanishi qishloq jamoalari ichidagi ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirdi. SHunga qaramay qadimgi urug’chilik tuzumining ba’zi belgilari saqlanib qoldi. Bu hol Hammurapi qonunlarining ayrim moddalarida namoyon bo’ldi. Masalan, yaqin qarindoshi bilan jinsiy aloqa qilgan kishiga alohida jazo berilib, bunday odam tug’ilib o’sgan joyi yoki uyidan haydalgan (154 - 158 moddalar). O’sha davrda odamlar o’z qishloq va oila jamoalariga bog’lanib qolganligi shubhasiz. SHuning uchun ham kishilarni o’zi yashab turgan va iqtisodiy bog’liq muhitdan zo’rlik bilan ajratish juda og’ir jazo sanalgan. Urug’chilik tuzumining alomatlaridan yana biri ijara haqi to’laydigan odam, ijara haqiga 1/2 shekel kumush qo’shib berishi lozim bo’lgan. Bu qo’shimcha haq g’alati nom bilan – “qo’y maydoni” deb atalgan. Bu qo’shimcha haq mol-mulk boshqa urug’ga berilganida urug’ homiylari foydasiga ota-bobolar ruhiga atab berilgan bo’lsa kerak. Bu nomning o’zi ham ushbu odat pul o’rnida qoramol ishlatilgan eng qadim zamonlardan saqlanib qolganini ko’rsatadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə